Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Fraktal
Qiyofa
- Nominator(lar): Divergent08 (munozara) 17:09, 2024-yil 19-dekabr (UTC)
Assalamu alaykum. Fraktal bu cheksizlikka oʻxshash takrorlanuvchi geometrik shakl. U tabiatning deyarli barcha hodisalari va qismlarida uchraydi. U orqali zamonaviy dizayn va modellashtirish ishlarida loyihalar tayyorlanadi. Divergent08 (munozara) 17:09, 2024-yil 19-dekabr (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Maqolani toʻliq oʻqib chiqqanim yoʻq. Tuzilishini koʻrib chiqish jarayonida Fraktal tabiat hodisalari boʻlimida ichki havola bilan bogʻliq jiddiy xatolikni kuzatdim. Nominator qaysi soʻzni „Yosinlar“ deb tarjima qilganini maqolaning originalini koʻrib ham topa olmadim. Lekin shu „Yosinlar“ga avtomat tarjima uskunasi tomonidan Yosin surasi maqolasiga havola berilgan. Mazkur maqolaning esa mavzuga umuman aloqasi yoʻq, menimcha. Bu xatolikdan koʻrinib turibdiki, ichki havolalarning hammasi birma-bir tekshirilishi kerak. Oʻzi umuman maqolani statusga nomzodlikka qoʻyayotgan tahrirchi nima haqida yozayotganini va nimaga ichki havola bersa, qaysi maqolaga olib borishini his qilishi shart.
Eng kamida ichki havolalar bilan bogʻliq shu va boshqa kamchiliklar tuzatilmagunicha mazkur maqolaga TM statusi berilmasligini soʻrayman. Hasan Xamidovich (munozara) 21:15, 2024-yil 19-dekabr (UTC)
- Maqolaning inglizchasini oʻqib, Fraktal tabiat hodisalari (Natural phenomena with fractal features) boʻlimini Google translatega qoʻyganimda, Algae (yoki Suvoʻtlar) Yosunlar deb tarjima qilinganini koʻrdim. Oʻzim toʻgʻrilab qoʻymoqchi edim. Lekin inglizchadan Fraktal hodisaga misol boʻladigan hamma hodisalar tarjima qilinmagani, Proteinlar nega roʻyxatda borligini koʻrib, nominatorning oʻzi toʻgʻrilab qoʻyar deb tahrirlamay qoʻya qoldim Janob Mirzaolim (munozara) 17:08, 2024-yil 21-dekabr (UTC)