Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Yangi Oʻrgimchak-odam
Qiyofa
- Nominator(lar): Just Khumoyun (munozara) 09:14, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)
Assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari va administratorlari. Ushbu maqola Marvel Studiyasi hamda Sony Pictures kompaniyasi hamkorligida yaratilgan film haqida. 2019-yilda yaratilgan chala maqolani inglizcha Vikipediyadan tarjima qildim. Maqola ingliz tilida YM statusini olgan. Oʻzbekcha Vikipediyada esa TM statusiga nomzod qilib koʻrsatilmoqda. Maqola bilan tanishib chiqib, undagi kamchiliklarni fikrlar boʻlimida yozib qoldirishingizni va ovoz berish jarayonida faollik koʻrsatishingizni soʻrayman. Just Khumoyun (munozara) 09:14, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- „Izohlar“ boʻlimidagi qoʻshtirnoq vikifikatorlanmay qolgan. Hasan Xamidovich (munozara) 09:30, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)
- Tuzatildi. Just Khumoyun (munozara) 09:34, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)
- Rollar boʻlimi va Marc Webb intervyu bergan gap ham vikifikatorlanmagan. Ibrohimjon 02:48, 2024-yil 1-oktyabr (UTC)
- Tuzatildi. Just Khumoyun (munozara) 08:46, 2024-yil 2-oktyabr (UTC)
- Rollar boʻlimi va Marc Webb intervyu bergan gap ham vikifikatorlanmagan. Ibrohimjon 02:48, 2024-yil 1-oktyabr (UTC)
- Manbalarning qaralgan sanasi enwikidagi boʻyicha qolib ketgan. Manbalarni tekshirib, ishlayotganlarining qaralgan sanasini yangilash, ishlamayotgan manbalarni olib tashlash kerak. Hasan Xamidovich (munozara) 08:21, 2024-yil 14-oktyabr (UTC)
- Tuzatildi. Just Khumoyun (munozara) 08:06, 2024-yil 15-oktyabr (UTC)
- Avvalo maqola uchun muallifga tashakkur. Lekin unda eng asosiy status qoidalardn biri bajarilmagan. Bu har bir hatboshidagi gapni manba bilan tasdiqlash. Bu shart bajarilmas ekan maqola statusga loyiq koʻrilmaydi. PanPanChik #yozish 09:29, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)
- Tuzatildi 8 ta paragraf manbalarsiz ekanligi aniqlandi va shu paragraflar 10 ta manbalar bilan boyitildi. Just Khumoyun (munozara) 08:08, 2024-yil 1-noyabr (UTC)
- Maqolaning faqatgina birinchi abzasini oʻqib chiqdim. Kamchiliklar yetarli. Film soʻzining oʻzi bir gapda 3 martagacha qoʻllanilgan. Masalan, Bu film Sam Raimi tomonidan 2002—2007-yillarda suratga olingan Oʻrgimchak-odam trilogiyasidan keyin chiqarilgan toʻrtinchi Oʻrgimchak-odam filmi boʻlib, film yangi aktyorlar guruhi bilan qayta ekranlashtirilgan. Uzun gaplarni 2, kerak boʻlsa 3 ga boʻlib ham tarjima qilish mumkin. Bu gapning oʻquvchi uchun tushunarliroq boʻlishiga yordam beradi. Masalan, Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan boʻlib, film ssenariysi James Vanderbilt, Alvin Sargent hamda Steve Kloves tomonidan yozilgan gapida aynan film ssenariysi emas ssenariy muallifi deb ham keltirish mumkin. Yoki Filmda bosh rollarni Andrew Garfield, Emma Stone, Rhys Ifans, Denis Leary, Campbell Scott, Irrfan Khan, Martin Sheen, va Sally Fieldlar ijro etishgan gapida filmda bosh rollarni emas, shunchaki bosh rollarni deb yozish mumkin. Statusga nomzod sifatida qoʻyiladigan maqolalarning preambula qismida asosan koʻk havolalar bilan berish kerak. Yuzaki tarjima qilinib ketgan gaplar bor: 2010-yil 10-fevral kuni Sony film 2012-yil 3-iyul kuni premyera qilinishi eʼlon qilgan. Tahrirlanishi kerak boʻlgan qismlar hali yetarli.
- Bundan tashqari Panpanchik tomonidan bildirilgan fikrlarga amal qilmay turib, paragraflar manbalar bilan tasdiqlandi degansiz. Holbuki, eng asosiy preambula qismida birorta ham manba berilmagan. Shartlarni bajarmay turib, yolgʻon maʼlumot bermang. Sitora Oblakulova (munozara) 11:54, 2024-yil 4-noyabr (UTC)
- It is the fourth theatrical Spider-Man film, serving as a reboot following Sam Raimi’s 2002–2007 Spider-Man trilogy, and was followed by a second The Amazing Spider-Man film. Ushbu gapni Bu film Sam Raimi tomonidan 2002—2007-yillarda suratga olingan Oʻrgimchak-odam trilogiyasidan keyin chiqarilgan toʻrtinchi Oʻrgimchak-odam filmi boʻlib, film yangi aktyorlar guruhi bilan qayta ekranlashtirilgan deya tarjima qilgandim. Filmning navbatdagi qismi haqida maʼlumotni keyingi gapda keltirganman. Olib tashlash mumkin boʻlgan yagona narsa bu verguldan keyingi „film“ soʻzi boʻlishi mumkin. Aks holda gapning asosiy maʼnosi chiqmay qoladi. Oʻylaymanki filmda bosh rollarni va bosh rollarni jumlalarida unchalik ham katta farq yoʻq. Film soʻzi koʻproq takrorlanganligi uchun olib tashlayman. 2010-yil 10-fevral kuni Sony film 2012-yil 3-iyul kuni premyera qilinishi eʼlon qilgan jumlani toʻgʻirladim.
- Statusga nomzod sifatida qoʻyiladigan maqolalarning preambula qismida asosan koʻk havolalar bilan berish kerak. Ushbu gapingizni Tanlangan maqolalar uchun qoʻyilgan talablar orasidan topa olmadim shu sabab bu iddao oʻrinsiz deb hisoblayman.
- Panpanchik yozgan fikrlarga tuzatildi deb yozganimni sababi bu yerda foydalanuvchi maqola ichidagi paragraflarni manba bilan boyitishni nazarda tutgan. Maqola ichidagi paragraflar manba bilan boyitilganidan soʻng „tuzatildi“ deya izoh berdim. Undan tashqari maqola enwikida status olgan ammo maqola preambulasida hech qanday manba yoʻq. Agar foydalanuvchi maqola preambulasini ham nazarda tutgan boʻlsa unda yaqinda status olgan Buxoro qamali maqolasi hamda Panpanchik nominatorligidagi Qizil Panda maqolasi ham Tanlangan maqola statusidan mahrum qilinishi hamda bundan avvalgi status olgan maqolalar preambulasi tekshirib chiqilishi kerak. Bu maqolalar shunchaki misol tariqasida taqdim etildi. Nominatorlarga hech qanday adovatim yoʻq. Just Khumoyun (munozara) 07:24, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- Hormang.
Statusga nomzod sifatida qoʻyiladigan maqolalarning preambula qismida asosan koʻk havolalar bilan berish kerak. Ushbu gapingizni Tanlangan maqolalar uchun qoʻyilgan talablar orasidan topa olmadim
. Maʼlumot oʻrnida shuni ayta olamanki Vikipediya:Ichki havolalar ga koʻra ichki havolalar oʻquvchi va foydalanuvchilarga maqola mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi. Odatda ichki havolalar matn mazmuniga qarab, intuitiv qoʻyiladi. deyilgan. Shuning uchun bir joyda fikr bildirishdan avval qoidalar bilan tanishib chiqing. Va yana ichki havolalar boʻlishi kerak maqolada. Maqolaning Voqealar rivoji va Dizayn boʻlimlarida umuman ichki havola qoʻymagansiz. Bu talablar Tanlangan maqolalar uchun qoʻyilgan talablarda aynan yozilmagan boʻlishi mumkin. Ammo umumiy maqolani rasmiylashtirishda ichki havola boʻlishi kerak. Yuqorida aytilganidek ichki havolalar maqolani chuqurroq tushinishga va siz keltirgan VP:Tanlangan maqola nima?dagi „Yaxshi yozilgan“ – matn tuzilishi chiroyli, oʻqilishi qulay. shu boʻlimga menimcha mos keladi. – Yoqimli tahrirlar. Axadjon1Munozara 17:43, 2024-yil 18-noyabr (UTC)- Assalomu alekum. Fikrlar uchun tashakkur. Maqolaning Dizayn boʻlimiga ichki havolalar qoʻshildi. Voqealar rivoji bu filmning syujeti boʻlgani uchun unga ichki havola qoʻshmagandim. Unga ham qoʻyilishi kerakmi? Yoki syujetga qoʻshilmaydimi. Just Khumoyun (munozara) 11:04, 2024-yil 19-noyabr (UTC)
- Hormang.
Fikrlarni erkin beravering. Panpanchik tomonidan berilgan fikrga yolgʻon maʼlumot bermang deganingizga biroz qizishibman. Uzr. Yana fikrlar kutib qolaman va qoʻldan kelgancha toʻgʻirlashga harakat qilaman)Just Khumoyun (munozara) 05:19, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- Iddao? Maqola haqida fikr bildirish iddao hisoblanadimi? Men koʻzimga koʻringan kamchiliklarni imkon qadar sizga tushuntirishga harakat qildim va bu fikrlarga amal qilingan taqdirda maqolaga salbiy emas, aksincha ijobiy tuzatishlar kiritilgan boʻlardi. Maqolaning qolgan qismiga ham tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida yana batafsil yozmoqchi edim, biroq maslahat va fikrlarni iddao deb qabul qilarkansiz, mayli, oʻz bilganingizcha yozing. Omad! Sitora Oblakulova (munozara) 12:02, 2024-yil 16-noyabr (UTC)
- Fikrlarni erkin beravering. Panpanchik tomonidan berilgan fikrga yolgʻon maʼlumot bermang deganingizga biroz qizishibman. Uzr. Yana fikrlar kutib qolaman va qoʻldan kelgancha toʻgʻirlashga harakat qilaman) Just Khumoyun (munozara) 05:53, 2024-yil 18-noyabr (UTC)
- Ushbu maqolani inglizchadan tarjima qilgan ekansiz va inglizcha Vikipediyadagi kabi status olishni xoxlasangiz menimcha boshqa tildagi bilan manbalar sonini bir xil qilish kerak. Oʻzbekcha Vikipediyada 113 ta, inglizchada esa bu koʻrsatkich 316 tani tashkil etar ekan.
- film yarim tundagi premyeralaridan degan jumla gʻaliz chiqibdi.
- Yuqoridagi fikrlarda har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanishi kerakligi haqida eslatma qoldirishibdi sizga, ammo Voqealar rivoji boʻlimida manba keltirilmagan. Xoqoni Said yozish 06:13, 2024-yil 3-dekabr (UTC)
- Statusli maqola talabida manbalar soni originali bilan bir xil boʻlishi kerak degan qoida yoʻq. Eʼtibor berilsa, ushbu maqolada ishlamaydigan manbalar olib tashlanganligini, bu orqali songa emas manbalarning sifatiga diqqat qilinganligini koʻrish mumkin.
- Enwikida ham voqealar rivoji boʻlimida manba keltirilmagan.
- Hasan Xamidovich (munozara) 16:23, 2024-yil 8-dekabr (UTC)
- "yarim tundagi premyeralari" "midnight run" jumlasining tarjimasi. Yaʼni kino yarim tunda (Tungi 12dan keyin masalan) premyera qilingan. Menimcha xato emas bu jumla ham. Hasan Xamidovich (munozara) 16:30, 2024-yil 8-dekabr (UTC)
- Yarim tundagi premyeralarni jumlasini Yarim tundagi namoyishlarga oʻzgartirdim. Oʻylashimcha jumla endi tushunarliroq chiqdi. Voqealar rivoji boʻlimi haqida yuqorida ham savol qoldirgan edim. Lekin siz taʼkidlaganingizdek Voqealar rivoji boʻlimida manba keltirilmagani sabab manba qoʻymagan edim. Just Khumoyun (munozara) 08:07, 2024-yil 21-dekabr (UTC)