Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/Yer yoriqlari
Qiyofa
- Nominator(lar): Usmonov Gayrat (munozara) 16:21, 2024-yil 18-dekabr (UTC)
Assalomu alaykum, oʻzbekcha vikipediya administratorlari va faollari. Ushbu geologik yoriqlar haqidagi maqolani tanlangan maqola statusiga nomzod sifatida koʻrsatmoqdaman. Bu maqolaning salmoqli qismi oʻzbekcha geologik kitoblarga asoslangan holda yozildi. Shuningdek, maqolaning oʻzbek tilda mavjud boʻlmagan qismlari boshqa tillardagi vikipediya maqolalaridan tarjima qilindi. Maqolani oʻqib chiqib, oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Hurmat bilan Usmonov Gayrat (munozara) 16:21, 2024-yil 18-dekabr (UTC).
- Hormang! Maqolaning „Galareya“ qismidagi togʻ jinsini
Ispaniyadagi yoriq
deb olgansiz. Ispaniyadagi yoriq demak toshmi? Rasmda tasvirlangan brekchiya (breccia) yirik burchakli tosh boʻlaklaridan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi hisoblanadi. „Ispaniyadan keltirilgan yoriq brekchiyasi“ deyilsa xato boʻlmasa kerak. Komilkhuja 05:04, 2024-yil 19-dekabr (UTC)- Assalomu alaykum, hurmatli @Komilkhuja, agar maqolani toʻliq oʻqib chiqan boʻlganizda – "Ispaniyadagi yoriq demak toshmi?" – degan savolni bergan boʻlmas edingiz. Ammo, sizning fikringizni mamnuniyat bilan qabul qildim va maqolaga tuzatish kiritdim. Hurmat bilan Usmonov Gayrat (munozara) 16:18, 2024-yil 19-dekabr (UTC)