Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Tirik insonlar biografiyalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tirik inson biografiyasi haqida shikoyatingiz boʻlsa va Vikimedia Jamgʻarmasi bilan aloqaga chiqishni istasangiz, biz bilan aloqa sahifasiga oʻting.

Istalgan Vikipediya sahifasiga, jumladan, munozara sahifalari hamda loyiha sahifalariga tirik insonlar haqida maʼlumot qoʻshayotganda alohida ehtiyot boʻlish kerak[izoh 1]. Bunday materiallar oʻta ehtiyotkorlikni talab qiladi hamda AQSh qonunlari, ushbu sahifada keltirilgan siyosat hamda Vikipediyaning kontent boʻyicha asosiy tamoyillariga qatʼiyan amal qilishi shart:

Vikipediyadagi maqola toʻgʻri yozilgan boʻlishi kerak. Maqolalarni tahlil qilayotganda nufuzli manbalarga tayanishga jiddiy harakat qiling. Har qanday iqtibos yoki munozarali yoki munozarali boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday material nufuzli, chop etilgan manbalarga tayanishi va bu manbalar maqola matnida koʻrsatilishi zarur. Tirik (yoki, ayrim holatlarda, yaqinda vafot etgan) insonlar haqidagi manbalar bilan tasdiqlanmagan munozarali material — ijobiy, salbiy, neytral yoki shunchaki shubhali ekanligidan qatʼiy nazar — muhokamani kutib oʻtirmay zudlik bilan oʻchirilishi kerak[1]. Ushbu siyosatni qayta-qayta yoki qoʻpol ravishda buzgan foydalanuvchilar chetlashtirilishlari mumkin.

Tirik insonlar biografiyalari („TIB“) bosiqlik bilan hamda subyektning shaxsiy hayotini hurmat qilgan holda yozilishi kerak. Vikipediya — ensiklopediya, tabloid emas. Vikipediya maqolalari shov-shuvli boʻlmasligi yoki insonlar hayotlari haqidagi qiziqarli iddaolarni tarqatish vositasi rolini oʻynamasligi kerak. Tahrir qilayotganda subyektlarning hayotiga keltirilishi mumkin boʻlgan zarar doim yodda tutilishi zarur. Ushbu qoida biror shaxs maqola mavzusi boʻladimi, yoʻqmi, TIBda hamda boshqa maqolalarda va sahifalarda, jumladan, munozara sahifalarida tilga olingan har qanday shaxs haqidagi materialga tatbiq qilinadi. Manbalarni koʻrsatish uchun maʼlumotni qoʻshayotgan yoki tiklayotgan foydalanuvchi masʼuldir.

Yozilish uslubi

[manbasini tahrirlash]

Yashayotgan insonlar biografiyalari mas’uliyat bilan, ehtiyotkorlik bilan va betaraf ohangda yozilishi kerak. Bunday holatda ham kamaytirmaslik, ham ortiqcha gapirishdan qochish kerak. Maqolalar sub’ektlar toʻgʻrisida ishonchli ikkinchi darajali manbalar va baʼzi hollarda sub’ektlarning oʻzlari haqida oʻzlari va boshqalar nimalar nashr etgani toʻliq hujjatlashtirilgan boʻlishi kerak. Soʻnggi voqealarga ortiqcha oʻrin bermasdan, harakatlar va yutuqlar ishonchli manbalar asosida qanday tavsiflanganligi umumlashtirilishi kerak. Odamlarni bahsli nomlar yoki aniq boʻlmagan atamalar bilan tavsiflamang. Shaxs ishonchli manbalarda qanday tasvirlangan boʻlsa, shunday yozilishi kerak. Noaniq nomlar va tushunchalar oʻrniga aniq, toʻgʻridan-toʻgʻri atamalardan foydalaning va faqat faktlar gapirsin.

Tanqid va maqtov, agar ular ishonchli ikkinchi darajali manbalardan olingan boʻlsa, material masʼuliyatni his qilgan holda konservativ va befarq ohangda taqdim etilsa, kiritilishi kerak. Muayyan nuqtai nazarlarga nomutanosib oʻrin bermang. Kamchilikning shaxsiy qarashlari mutlaqo kiritilmasligi shart. Preambula va boʻlim sarlavhalari umuman neytral boʻlishini taʼminlash uchun maqola tuzilishiga ehtiyot boʻlish kerak. Assotsiatsiya tomonidan aybdorlikka asoslangan daʼvolardan, noxolis va zararli yoki haddan tashqari reklama mazmunidan qochish kerak. Eventualizmda ifodalangan fikr — Vikipediyadagi har bir maqola davom etayotgan ishdir. Shuning uchun maqola vaqtinchalik muvozanatsiz boʻlishi mumkin. Chunki u sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu qoida tarjimai holga taalluqli emas. Tarjimai hol subyektlari hayotiga potentsial taʼsirni hisobga olgan holda, biografiyalar har doim oʻz subyektlari uchun adolatli boʻlishi shart.

Hujum maqsadini koʻzlagan sahifalar

[manbasini tahrirlash]

Manbasiz va salbiy ohangda boʻlgan sahifalar, ayniqsa, sahifa kamsitish maqsadida yaratilgan boʻlsa, qayta tiklash siyosatiga mos boʻlmasa, darhol oʻchirib yuborilishi kerak. Quyida § Xulosaviy oʻchirish, yaratishning oldini olish va xushmuomalalik bilan oʻchirishga qarang. Administrator boʻlmaganlar ushbu turdagi sahifalarga {{delete}} andozasini qoʻyib ketishlari kerak. Bunday sahifalarni yaratish, ayniqsa takroriy yoki yomon niyatda yaratish darhol chetlashtirish uchun asos boʻla oladi.

Ishonchli manbalar

[manbasini tahrirlash]

Nufuzli ekanligi nomaʼlum yoki shubha ostiga olinishi mumkin

[manbasini tahrirlash]

Vikipediyaning manbalar boʻyicha siyosati, Tasdiqlash imkoniyatining mavjudligida aytilishicha, barcha iqtiboslar va tekshirilishi mumkinligiga eʼtiroz bildirilgan yoki eʼtiroz bildirilishi mumkin boʻlgan har qanday materialda uni toʻgʻridan-toʻgʻri tasdiqlaydigan ishonchli manbaga ishorat boʻlishi kerak. Ushbu standartga mos kelmaydigan materiallar olib tashlanishi mumkin. Ushbu siyosat mazkur tamoyilni kengaytirib, manbasiz yoki ishonchsiz manbaga ega boʻlgan yashayotgan odamlar haqidagi bahsli materiallar darhol va munozarasiz olib tashlanishi kerakligini anglatadi. Bu qoida material salbiy, ijobiy, neytral yoki shunchaki shubhali boʻladimi va material biografiyada yoki boshqa maqolada boʻladimi, barchasida amal qiladi. Maʼlumot keltirilgan yagona manbalar tabloid jurnalistikaga oid boʻlsa, material maqolaga qoʻshilmasligi kerak. Materiallar tekshirilishi imkoni bor va diqqatga sazovor boʻlsa, albatta ishonchliroq manbalarda ham chop etiladi.

Asosiy manbalardan notoʻgʻri foydalanishdan saqlaning

[manbasini tahrirlash]

Asosiy manbalardan foydalanishda juda ehtiyot boʻling. Yashayotgan shaxs toʻgʻrisidagi daʼvolarni tasdiqlash uchun sud stenogrammasi va boshqa sud hujjatlari yoki boshqa ommaviy hujjatlardan foydalanmang. Tugʻilgan sana, uy qiymati, yoʻl harakati haqidagi maʼlumotlar, transport vositalarini roʻyxatga olish va uy yoki biznes manzillari kabi shaxsiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ommaviy maʼlumotlardan foydalanmang. Agar birlamchi manba materiali ishonchli ikkinchi darajali manbada ham aks etgan boʻlsa, ushbu siyosatning cheklovlari, mustaqil tadqiqotlar oʻtkazilmagani va boshqa manba siyosatlari hisobga olinsa, ikkilamchi manbani koʻpaytirish uchun unga tayanish maqbul boʻlishi mumkin[izoh 2].

Oʻzi nashr qilgan manbalar

[manbasini tahrirlash]

Oʻzingiz nashr qilgan manbalardan foydalanishdan saqlaning

[manbasini tahrirlash]

Hech qachon oʻzingiz chop ettirgan manbalardan, jumladan, kitoblar, jurnallar, veb-saytlar, bloglar va ijtimoiy tarmoq postlaridan tirik insonlar haqidagi material manbalari sifatida foydalanmang (maqola subyekti tomonidan yozilgan yoki nashr qilingan materiallar bundan mustasno). Ushbu kontekstdagi „oʻzingiz nashr etgan manbalar“ shaxsiy va guruh bloglarini nazarda tutadi. Baʼzi yangiliklar tashkilotlari bloglar deb ataladigan onlayn ruknlarni ham joylashtiradilar. Ushbu ruknlar muallif professional boʻlsa hamda blog toʻliq nashriyot tahririyati nazorati ostida boʻlsa, manba sifatida qabul qilinishi mumkin. Blog oʻquvchilar qoldirgan xabarlar hech qachon manba sifatida qabul qilinmaydi. Oʻzingiz chop etgan rasmlarga nisbatan siyosatimizni bilish uchun quyidagi § Tasvirlar boʻlimiga qarang.

Mavzuga olib chiqilgan shaxs nashrlaridan foydalanish

[manbasini tahrirlash]

Oʻzlari haqida maʼlumot nashr etadigan tirik insonlar bor. Ular oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni press-relizlar yoki shaxsiy veb-saytlarda nashr etishlari mumkin. Bu turdagi materiallardan faqat quyidagi hollardagina manba sifatida foydalanish mumkin:

  1. Maqtashga xizmat qilmagan hollarda;
  2. Material uchinchi shaxslarga nisbatan daʼvolarni oʻz ichiga olmagan hollarda[izoh 3];
  3. Material bevosita mavzu bilan bogʻliq boʻlmagan hodisalar haqida daʼvolarni oʻz ichiga olmasa;
  4. Maʼlumotning haqiqiyligiga hech qanday asosli shubha yoʻq boʻlgan hollarda;
  5. Maqolaning asosiy qismi asosan bunday turdagi manbalarga asoslanmagan boʻlsa.

Gʻiybat va shaxsiy fikr-mulohazalardan saqlaning

[manbasini tahrirlash]

Gʻiybatni kiritishdan saqlaning. Manba ishonchli yoki yoʻqligini tekshiring; berilgan material haqiqat sifatida taqdim etilmoqdami; agar haqiqat boʻlsa ham, mavzu doirasida xolisona maʼlumot berilganmi kabi savollarga javob izlang. Mish-mishlarni yozadigan va manbasi anonim boʻlgan materiallarga tayanishdan ehtiyot boʻling. Shuningdek, Vikipediya maqolasidagi materiallar manba kiritilib, keyinchalik asl tahrirni tasdiqlash uchun Vikipediya maqolasida keltirilgan aylanma maʼlumotlardan ehtiyot boʻling.

Manbaga ega boʻlmagan yoki tasdiqlash imkoni yoʻq manbali bahsli materiallarni olib tashlang

[manbasini tahrirlash]

Tirik odam haqidagi materialda mavjud boʻlgan quyidagi mezonlarga mos har qanday bahsli materiallarni darhol olib tashlang:

  1. manbasiz yoki ishonchsiz manbaga ega boʻlgan;
  2. manbaning original talqini, tahlili yoki manbalar sintezi (yana qarang Mustaqil tadqiqotlarning taqiqlanganligi)
  3. muallif yozgan manbalarga tayangan, TIB mavzusi tomonidan yozilgani mustasno (qarang § Oʻzingiz nashr qilgan manbalardan foydalanishdan saqlaning)
  4. Tasdiqlash boʻyicha qoidalarga boshqa biror sabab tufayli javob bermaydigan manbalarga tayansa.

Shuni esda tutingki, uch marta qaytarish qoidasi bunday olib tashlashlarga taalluqli boʻlmasa-da, TIB boʻyicha keltirib oʻtilgan masalalar munozarali boʻlishi mumkin. Tirik insonlar haqidagi potentsial tuhmatli materiallarda foydalanuvchilar tahrirlar janglari olib borish oʻrniga, ushbu masalani tirik insonlar biografiyalari xabarlar taxtasida koʻtarish haqida oʻylashlari kerak.

Administratorlar maqolani oʻzlari tahrir qilgan boʻlsalar yoki boshqa yoʻl bilan tahrirlashda ishtirok etgan boʻlsalar-da, sahifani himoya qilish yoki qoidabuzar(lar)ni bloklash orqali TIB qoidalari buzilishlariga sabab boʻlgan tahrirni bekor qilishlari yoki muharrirni shunga majburlashlari mumkin. Vaziyat chigal boʻlgan hollarda, tahrirlashda ishtirok etmagan administratorlardan yordam soʻrash mumkin. Quyida qarang: § Administratorlar roli.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun, Havolalar va Yana qarang

[manbasini tahrirlash]

Tirik insonlar haqidagi havolalar, xoh TIB yoki boshqa joylarda boʻlsin boshqa mavzularga qaraganda yuqoriroq standartlarga ega. Shubhali yoki oʻzi nashr etgan manbalar TIBning „Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun“ yoki „Havolalar“ boʻlimlariga kiritilmasligi kerak. Bunday havolalar boshqa maqolalarga qoʻshilganda, havola qilingan material mazkur siyosatni buzmasligiga ishonch hosil qilish shart. TIB mavzusidagi shaxs yozgan yoki nashr etgan manbalar ushbu TIBning „Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun“ yoki „Havolalar“ boʻlimlariga ehtiyotkorlik bilan kiritilishi mumkin (yuqoridagi § Mavzuga olib chiqilgan shaxs nashrlaridan foydalanishga qarang). Umuman olganda, ushbu siyosatning mazmuniga zid boʻlgan yoki havolalar yoʻriqnomasini buzadigan veb-saytlarga havola qoldirmang.

„Yana qarang“ boʻlimidagi havolalar, xoh mazkur boʻlimda, xoh matn ichidagi eslatmada joylashtirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, tirik odam bilan bogʻliq har qanday bahsli holat, tortishuv yoki daʼvoni anglatish uchun ishlatilmasligi va Vikipediyaning original tadqiqot oʻtkazmaslik siyosatiga muvofiq boʻlishi kerak.

Maxfiylik prezumpsiyasi

[manbasini tahrirlash]

Qurbon boʻlishdan saqlaning

[manbasini tahrirlash]

Bir yoki ikkita voqea atrofida diqqatga sazovor boʻlgan inson haqida yozganda, har bir tafsilot, hatto material ishonchli manbadan olingan boʻlsa ham, muammolarga olib kelishi mumkin. Shubha tugʻilganda, tarjimai hollar toʻliq manbali, neytral va mavzuga oid boʻlgan versiyaga qaytarilishi kerak. Bu koʻp jihatdan boshqalarning xatti-harakatlari qurboni boʻlish ehtimoli mavjud boʻlgan tirik shaxslar biografiyalari bilan ishlashda alohida ahamiyatga ega. Vikipediya tahrirchilari qasddan yoki boshqacha tarzda, qurbonlik qilishda qatnashish yoki uni ketirib chiqarishdek harakat qilmasligi kerak.

Jamoat arboblari

[manbasini tahrirlash]

Jamoat arboblari masalasiga kelsak, bular haqida ishonchli manbalarda koʻp maʼlumotlar nashr etiladi va TIBlar bu manbalarda aytilganlarni hujjatlashtirishlari kerak. Agar daʼvo yoki voqea diqqatga sazovor va yaxshi hujjatlashtirilgan boʻlsa, u salbiy boʻlsa ham hamda subyekt mavzu haqidagi maʼlumotlarni yoqtirmasa ham, maqolaga kiritiladi. Agar ayblov yoki hodisani hujjatlashtiradigan bir nechta ishonchli uchinchi tomon manbalarini topa olmasangiz, maʼlumotni kiritish tavsiya etilmaydi.

  • Masalan: „Jon Do Jeyn Do bilan asossiz ajrashgan.“ Bunda maqolada ajrashish muhim boʻlib, jarayon uchinchi tomon ishonchli manbalarida nashr etilgani tekshirilishi kerak. Agar nashr etilgan boʻlsa, matnni qoldiring. Agar nashr etilmagan, „asossiz“ kabi soʻzlardan saqlanib, aniq faktlarga asoslaning: „Jon Doe va Jeyn Doe ajrashishdi“.
  • Masalan: Siyosatchi ishqiy munosabatda boʻlgani haqida aytilmoqda. Bu rad etiladi, biroq bir qancha yirik gazetalar bu ayblovlarni eʼlon qiladi va jamoatchilik orasida bahs-munozaralar kuchayib boradi. Oʻsha manbalarga tayanib, bu daʼvo tarjimai holga kiritiladi. Biroq, maʼlumotda bu ish haqiqatda sodir boʻlganligi emas, balki siyosatchining ishga aloqasi borligi taxmin qilinayotgani koʻrsatilishi kerak.

Agar subyekt bunday daʼvolarni rad etgan boʻlsa, raddiya(lar) ham kiritilishi kerak.

Mashhur boʻlmagan shaxslar

[manbasini tahrirlash]

Koʻpgina Vikipediya maqolalarida maqolasi yaratilishi uchun yetarlicha eʼtiborga sazovor boʻlsa ham, unchalik taniqli boʻlmagan shaxslar haqida materiallar mavjud. Bunday vaziyatlarda vazminlik bilan faqat ishonchli ikkilamchi manbalarga eʼtibor qaratgan holda shaxsning taniqliligiga tegishli materiallarni kiritish talab etiladi. Mavzuga olib chiqilgan shaxs nashr etgan materiallardan foydalanish mumkin, ammo ehtiyotkorlik bilan (yuqoridagi § Mavzuga olib chiqilgan shaxs nashrlaridan foydalanishga qarang). Shaxsning obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan materialga alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish kerak. Koʻpgina yurisdiksiyalarda tuhmat kas etgan daʼvoni takrorlash sudga tortilishi mumkin va jamoat arbobi boʻlmagan subyektlar uchun qoʻshimcha himoya ham mavjud.

Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi va asosiy manbalardan foydalanish

[manbasini tahrirlash]

Shaxsni oʻgʻirlash jiddiy davom etayotgan tashvish boʻlgani tufayli koʻp odamlar oʻzlarining toʻliq ismlari va tugʻilgan sanalarini shaxsiy maʼlumot deb bilishadi. Vikipediya ishonchli manbalar yoki mavzuga aloqador manbalar eʼlon qilgan toʻliq ismlar va tugʻilgan kunlarni qoʻllaydi. Shuning uchun subyekt tafsilotlarni ommaga eʼlon qilinishiga eʼtiroz bildirmaydi degan xulosaga kelish mumkin. Agar subyekt tugʻilgan sanasi kiritilganidan shikoyat qilsa yoki shaxs mashhurlikka aloqador boʻlsa, ehtiyot boʻling va ishonchli manba boʻlsa, yilni kiriting. Shunga oʻxshash tarzda, maqolalarda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari yoki tirik insonlar uchun boshqa aloqa maʼlumotlari aks ettirilmaydi. Shaxs oʻzi yuritadigan veb-saytlar hamda aloqa maʼlumotlariga havolalar qoldirish uchun rasman ruxsat bergan boʻlsa-da, bu qoidani chetlab oʻtish uchun asos boʻlmaydi. Subyektlar haqida shaxsiy maʼlumotlarni kiritishda asosiy manbalardan notoʻgʻri foydalanishga oid § Asosiy manbalardan notoʻgʻri foydalanishdan saqlaning qoidasiga qarang.

Konsensusga koʻra, tirik insonlarning shaxsiy maʼlumotlarini kiritish standarti tekshirilishi mumkin boʻlgan ishonchli manba mavjudligi qoidasidan yuqori turadi[2].

Agar bir nechta mustaqil ishonchli manbalar turli xil tugʻilgan yillar yoki sanalarni koʻrsatib, ular bir biriga zid kelsa, ishonchli manba hisoblanadigan barcha tugʻilgan sanalar/yillar kiritilib, tafovutlar aniq qayd etiladi. Original tadqiqot asosida tugʻilgan sanani aniqlab, u haqidagi maʼlumotni Vikipediyaga kiritish mumkin emas[3].

Agar istalgan foydalanuvchi TIB yoki Vikipediyaning istalgan joyida telefon raqamlari, manzillar, hisob raqamlari kabi shaxsiy maʼlumotlarni koʻrsa, sahifani tahrirlab, ushbu maʼlumotlarni oʻchirishi hamda nazorat guruhi bilan bogʻlanishi kerak. Shunda ular vaziyatni baholab, ehtimol, kiritilgan maʼlumotni sahifa tarixidan olib tashlashlari mumkin. Streisand effekti yuzaga kelish ehtimolini kamaytirish uchun murojaatda muloyim/umumiy soʻzlardan foydalaning va Nazorat talab qilinishi haqida ochiq aytmang.

Maqola subyektining tasdiqlangan ijtimoiy media akkaunti oʻzi haqida „bugun mening 50 yoshim“ degan soʻzlar bilan toʻliq tugʻilgan sanasi haqida oʻzlari maʼlumot berishlari mumkin. Bu holda shubha qilish uchun hech qanday asos boʻlmasa, ushbu turdagi maʼlumotdan foydalanish mumkin[4].

Faqat bitta voqea uchun eʼtiborga sazovor subyektlar

[manbasini tahrirlash]

Vikipediya — bu yangiliklar yoki begʻaraz maʼlumotlar toʻplami emas. Yangiliklarda chiqqan shaxs oʻz-oʻzidan Vikipediya maqolasining mavzusi boʻlishi kerak degani emas. Biz odatda quyidagi uchta shartni oʻzida mujassamlashtirgan shaxs haqida maqola yozishdan qochishimiz kerak:

  1. Ishonchli manbalarda shaxs faqat bitta voqea doirasida eslab oʻtilgan boʻlsa.
  2. Agar shaxs bir voqea doirasida mashhur boʻlib, keyinchalik past profilli shaxsga aylanib qolsa. Bunday hollarda tarjimai hollar voqeani boʻrttirishi va betaraf nuqtai nazarga zid kelishi mumkin. Bu kabi holatlarda maʼlumotni birlashtirish va shaxs ismi haqidagi maqolani voqea maqolasiga yoʻnaltirish tavsiya etiladi.
  3. Voqea yoki shaxs roli muhim boʻlmasa hamda voqea yoki shaxs haqidagi maʼlumotlar yaxshi hujjatlashtirilmagan boʻlsa. Masalan, John Hinckley Jr. haqida alohida maqola mavjud. Chunki ushbu shaxs bilan bogʻliq yagona voqea, Reyganga suiqasd urinishi muhim boʻlib, voqeada shaxsning roli ham muhim hamda yaxshi hujjatlashtirilgan.

Voqeaning ahamiyati yoki shaxsning roli ishonchli manbalarda qanchalik doimiy yoritilgani bilan koʻrsatiladi. Foydalanuvchilar ushbu siyosat (VP:BIOF1V) bilan solishtirganda, faqat bitta voqea bilan mashhur boʻlgan odamlarning ikkita aniq farqlarini tushunishlari muhim: VP:TIB1V faqat tirik odamlarning tarjimai holi, yaqinda vafot etganlar va past profilli shaxslarning tarjimai holiga nisbatan qoʻllanishi kerak.

Bundan tashqari, Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (sport) kabi baʼzi bir mavzuga oid mashhurlik yoʻriqnomalari, asosan, bir voqeada taniqli boʻlgan ayrim shaxslarning mashhurligini qoʻllab-quvvatlaydigan mezonlarni taqdim etadi.

Jinoyatda ayblangan odamlar

[manbasini tahrirlash]

Jinoyatda ayblanayotgan tirik shaxs sud tomonidan hukm chiqarilgunga qadar aybsiz hisoblanadi. Ayblovlar, tergov va hibsga olishlar sudlanganlik hisoblanmaydi. Jamoat arbobi boʻlmagan shaxslar, yaʼni § Jamoat arboblari qamroviga kirmaydigan shaxslar uchun, agar sudlanganlik hukmi mavjud boʻlmasa, shaxsning jinoyat sodir etganligini yoki sodir etishda ayblanayotganligini koʻrsatadigan materiallarni har qanday maqolaga kiritmaslik masalasini jiddiy koʻrib chiqish kerak boʻladi.

Agar turli xil sud jarayonlari bir-birini bekor qilmaydigan hamda bir-biriga zid boʻlgan natijalarga olib kelsa[izoh 4], yetarli tushuntirish beradigan maʼlumotlarini kiritish talab etiladi.

Ismlarning maxfiyligi

[manbasini tahrirlash]

Birinchi navbatda bitta voqea doirasida muhokama qilinadigan shaxslarni aniqlashda ehtiyot boʻlish kerak. Jismoniy shaxsning ismi keng tarqalmagan yoki qasddan yashirilgan boʻlsa, masalan, ayrim sud ishlarida yoki kasblarda, koʻpincha uni yozmaslik afzalroqdir. Ayniqsa ismni yashirish kontekstning sezilarli darajada yoʻqolishiga olib kelmaydigan holatlarda. Ismni yozish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ilmiy jurnallar yoki taniqli ekspertlar ishi kabi yangiliklar ommaviy axborot vositalaridan tashqari ikkinchi darajali manbalarda ham nashr etilganiga ahamiyat berish kerak. Maqolaning mavzusiga bevosita aloqador boʻlmagan tirik shaxslarning ismlarini kiritish muhim ahamiyatga egami yoki yoʻqligini ham oʻylab koʻrish kerak.

Maqola subyektlarining oila aʼzolari va boshqa aloqador boʻlgan shaxslar, hatto past profilli shaxslarga nisbatan ham shaxsiy daxlsizlik prezumpsiyasi kuchli ishlaydi. Har qanday bevosita, sobiq yoki muhim oila aʼzolarining ismlari yoki TIB subyektining har qanday muhim munosabatlari, agar ishonchli manbadan olingan boʻlsa, umumiy konsensusga koʻra, oʻquvchi mavzuni toʻliq tushunishi uchun muhim boʻlsa, maqolaning bir qismi sifatida kiritilishi mumkin[izoh 5]. Biroq, taniqli jamoat arbobi boʻlmagan oila aʼzolarning ismlari, agar ular haqida nufuzli manba boʻlmasa, maqoladan olib tashlanishi shart.

Bahsli vaziyatlarda TIBdan foydalanish

[manbasini tahrirlash]

Vikipediyadagi tirik shaxslarga oid maqolalar, agar tegishli qismi boʻlsa hamda toʻgʻri yoritilgan, ishonchli manbalarga ega boʻlsa, maqola subyekti ishtirok etgan nizolar haqidagi materiallarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Vikipediya wikidan tashqari nizo taraflari oʻz janjallarini davom ettirishlari uchun moʻljallangan forum emas. Tajriba shuni koʻrsatadiki, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy, adabiy, ilmiy yoki boshqa bahslarni davom ettirish uchun Vikipediyadan foydalanish biografik maqolalar subyektlari, nizoning boshqa tomonlari hamda Vikipediyaning oʻziga zarardir.

Shu sababli, boshqa shaxs bilan jiddiy nizoda ishtirok etgan tahrirchi (vikida yoki undan tashqarida) yoki shaxsning aniq raqibi boʻlgan tahrirchi shaxsning tarjimai holi yoki shaxs haqidagi boshqa materialni tahrir qilmasligi kerak. Bunda manfaatlar ziddiyati yuzaga kelishi mumkin. Umuman olganda, biografik maqola subyektiga nisbatan keskin salbiy yoki ijobiy nuqtai nazarga ega boʻlgan tahrirchilar maqolani neytral tarzda tahrirlashga ehtiyot boʻlishlari shart[izoh 6]

Mazkur siyosatning qoʻllanish doirasi

[manbasini tahrirlash]

TIB Vikipediyaning istalgan qismidagi tirik odamlar haqida boʻlgan barcha materiallarga, jumladan, munozara sahifalari, tahrirlash xulosalari, foydalanuvchi sahifalari, rasmlar, turkumlar, roʻyxatlar, maqola sarlavhalari kabilarga nisbatan joriy etiladi.

Asosiy boʻlmagan nomfazo

[manbasini tahrirlash]

Manbasiz yoki notoʻgʻri manbaga ega boʻlgan va asosiy kontentga bogʻliq boʻlmagan tirik shaxslar haqidagi bahsli materiallar olib tashlanishi, oʻchirilishi yoki muvofiqlik holati nazorat qilinishi kerak. Tirik odam haqida biror narsa chop etish boʻyicha munozara sahifasi orqali maslahat soʻrashda soʻrovni muhokama qilish uchun juda koʻp maʼlumot joylashtirishdan ehtiyot boʻling. Bunaqa holatda berilgan shaxsiy maʼlumotlar mojaro keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, munozarani quyidagi tarzda boshlash mumkin: Andoza:Talk quote inline Xuddi shu tamoyil muammoli tasvirlar uchun ham amal qiladi. Munozara qilingan shubhali daʼvolar oldingi munozaraga havola bilan oʻchirilishi mumkin.

TIB qoidasi foydalanuvchi sahifalari hamda foydalanuvchi munozara sahifalariga ham tegishlidir. Yagona istisno shundan iboratki, foydalanuvchilar oʻz foydalanuvchi sahifalarida oʻzlari haqida istagan maʼlumotlarini kiritishlari mumkin. Bunda oʻzini reklama qilish bilan shugʻullanmasliklari hamda Vikipediya nima emas qoidasiga amal qilishlari shart. Biroq voyaga yetmaganlarning oʻz foydalanuvchi sahifalarida shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilishlari taqiqlanadi. Garchi bu qoida loyiha doirasida Vikipediyachilar haqidagi postlarga taalluqli boʻlsa-da, jamiyat tomonidan maʼmuriy masalalarni hal qilishda baʼzi erkinliklarga ruxsat berilgan. Biroq maʼmurlar bunday materialni shaxsiy hujumlarga sabab boʻluvchi tuhmat darajasida deb bilsa yoki qoidani buzish deb hisoblashsa, oʻchirib yuborishi mumkin.

Foydalanuvchi nomlari

[manbasini tahrirlash]

Tuhmat, ochiqdan-ochiq yolgʻon, bahsli bayonotlar yoki tirik shaxslar haqidagi materiallarni aks ettiradigan foydalanuvchi nomlari darhol bloklanishi, barcha tahrirlar va tahrir jurnallardan oʻchirib yuborilishi kerak. Bunga maʼlumotlarning qonuniyligi hamda maʼlumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligidan qatʼiy nazar, tirik shaxslar haqidagi har qanday nodavlat, shaxsiy yoki shaxsni aniqlash mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qiluvchi foydalanuvchi nomlari kiradi. Bunday foydalanuvchi nomlarini jurnallardan olib tashlash boʻyicha soʻrovlar tekshirish uchun Nazorat guruhiga xabar qilinishi kerak.

Tirik odamlarning tasvirlari kontekstdan tashqarida shaxs bilan bogʻliq yolgʻon yoki kamsituvchi rakursda koʻrsatish uchun foydalanilmasligi kerak. Bu, ayniqsa, politsiya tasvirga olgan fotosuratlar (mugshotlar) yoki obyekt suratga olinishni kutmagan holatlar uchun juda muhimdir. Politsiya olgan fotosurat tasvirdagi shaxs muayyan jinoyatda ayblangan yoki sudlanganini anglatishi mumkin. Bu fotosuratni yoritilayotgan voqea yoki jinoyat bilan bogʻlaydigan faktlarni tekshirish hamda aniqlik boʻyicha keng eʼtirof etilgan yuqori sifatli nufuzli manba keltirilishi kerak.

Vikipediya foydalanuvchilari yoki boshqalar tomonidan olingan tirik odamlarning rasmlaridan, agar ular Vikipediya:Tasvirlardan foydalanish siyosatiga mos keladigan mualliflik huquqi litsenziyasi asosida yuklangan boʻlsagina foydalanish mumkin.

Turkumlar, roʻyxatlar va navigatsion andozalar

[manbasini tahrirlash]

Turkum nomlarida raddiyalar yoki modifikatorlar mavjud emas. Shuning uchun har bir kontentdagi turkum uchun asos maqola matni va maqolaning ishonchli manbalari orqali aniq koʻrsatilishi kerak. Diniy eʼtiqod (eʼtiqodning mavjud emasligi) yoki jinsiy orientatsiyaga oid turkumlardan, agar subyekt oʻz eʼtiqodi (eʼtiqodi mavjud emasligi) yoki jinsiy yoʻnalishi bilan ochiq tan olmagan boʻlsa, foydalanmaslik kerak. Shuningdek, subyektning eʼtiqodi yoki jinsiy orientatsiyasi nufuzli manbalarda hamda shaxsning ijtimoiy hayotida muhim oʻrin tutmasa turkumlashtirilmasligi kerak.

Shaxsning obroʻsi qanaqa ekanligini koʻrsatadigan turkumlar bilan ishlashda ehtiyot boʻlish kerak. Masalan, Turkum:Jinoyatchilar va turkumning ostturkumlari faqatgina shaxsning taniqliligiga taalluqli boʻlgan voqea uchun qoʻshilishi kerak. Bunda voqea ishonchli uchinchi tomon manbalarida eʼlon qilingan boʻlishi, subyekt sudlangan va sudlanganlik hukmi apellyatsiya tartibida bekor qilinmagan boʻlishi kabi talablar mavjud. Tirik odamlarning tarjimai hollarini irqchilik, jinsiy aloqa, ekstremizm va shunga oʻxshash bahsli mavzular ostida turkumlamang. Chunki bu kabi turkumlar odamni irqchi, seksist yoki ekstremist deb ayblashga olib keladi.

Bu qoidalar roʻyxatlar, navigatsiya andozalari va diniy eʼtiqodga (yoki ularning yoʻqligiga) yoki jinsiy orientatsiyaga asoslangan yoki har qanday tirik odamning obroʻsi qay darajada ekanligini koʻrsatadigan {{Bilgiquti}} bayonotlariga (Vikipediyaning istalgan sahifasidagi tirik shaxslarga ishora) nisbatan bir xilda qoʻllanadi. Bu siyosat Wikiloyihalar, maqolalarni tahrirlash yoki boshqa oddiy foydalanuvchi foydalanishi kerak boʻladigan maʼmuriy turkumlardan foydalanishni cheklamaydi.

Vafot etgan shaxslar, korporatsiyalar yoki shaxslar guruhlari

[manbasini tahrirlash]

Yaqinda vafot etgan yoki ehtimoliy vafot etgan

[manbasini tahrirlash]

Soʻnggi 115 yil ichida tugʻilgan (yoki .12.2024 1909 [yangilash]dan keyin tugʻilgan) har bir kishi, agar nufuzli manbada oʻlimi tasdiqlanmagan boʻlsa, ushbu siyosat doirasida qamrab olinadi. Umuman olganda, ushbu siyosat nufuzli manbalar vafot etganligini tasdiqlagan odamlarga oid materiallarga nisbatan qoʻllanmaydi. Faqatgina istisno holatlarda yaqinda vafot etgan odamlar uchun qoʻllash mumkin. Bunaqa holatlarda siyosatning qoʻllanish muddati foydalanuvchilarning umumiy konsensusiga asosan oʻlim sanasidan noaniq muddatga — olti oy, bir yil, ikki yil yoki undan uzoqroqqa uzaytirilishi mumkin. Bunday uzaytirishlar faqatgina vafot etgan shaxsning tirik qarindoshlari va doʻstlariga taʼsir koʻrsatadigan mavzu boʻyicha bahsli yoki shubhali materiallarga, masalan, oʻz joniga qasd qilish yoki oʻta dahshatli jinoyat holatlarida qoʻllanadi. Oʻlim tasdiqlanmasa ham, ushbu siyosat 115 yil oldin tugʻilgan har bir kishi, agar nufuzli manbalarda soʻnggi ikki yil ichida tirikligi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, oʻlgan deb hisoblanadi. Agar tugʻilgan sanasi nomaʼlum boʻlsa, foydalanuvchilar maqolada qayd etilgan voqealar xronologiyasidan kelib chiqib, shaxsning oxirgi 115 yil ichida tugʻilgani sababli ushbu siyosat doirasida qamrab olinishi boʻyicha oqilona xulosa chiqarishi kerak.

Yuridik shaxslar va guruhlar

[manbasini tahrirlash]

Ushbu siyosat odatda korporatsiyalar, kompaniyalar yoki yuridik shaxs sifatida qaraladigan boshqa shaxslar haqidagi materiallarga taalluqli emas, lekin bunday materiallar boshqa siyosatga muvofiq yozilishi kerak. TIB siyosatining guruhlar haqidagi tahrirlarga tatbiq etish darajasi murakkab va har bir holat alohida baholanishi kerak. Kichik guruh yoki tashkilot haqidagi zararli bayonot kattaroq guruh haqidagi shunga oʻxshash bayonotgan nisbatan TIB muammosiga yaqinlashadi. Guruh juda kichik boʻlsa, guruh va guruhni tashkil etuvchi shaxslar oʻrtasidagi farqni ajratib boʻlmaydi. Shubha tugʻilganda, yuqori sifatli manbalardan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.

TIBlarning holati

[manbasini tahrirlash]

Holatning muhimligi

[manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha Wikipediada minglab tirik shaxslar haqida maqolalar mavjud. Ham huquqiy, ham axloqiy nuqtai nazardan, ushbu maqolalardagi tuhmat va boshqa nomaqbul materiallarni yoʻq qilishda qatʼiy harakat qilish lozim. Biroq bu boradagi tashvishlar boshqa tashvishlar bilan muvozanatli boʻlishi ham kerak. Masalan, maqolalarda subyektga eʼtiroz bildirilgani uchun tegishli materialni olib tashlash orqali subyekt foydasiga xolislikni koʻrsatish kabi. Material TIBga mos kelishiga shubha tugʻilsa, maqola siyosatga mos versiyaga qaytarilishi kerak. Baʼzan ushbu siyosatni qoʻllash uchun sahifani himoyalash va oʻchirish kabi maʼmuriy vositalardan foydalanish zarur boʻladi. Oʻta ogʻir holatlarda esa Wikimedia Foundation xodimlari aralashuvi talab etiladi.

Oʻquvchilarni mazkur siyosat haqida ogohlantiruvchi {{TIB}} andozasi TIBlarning munozara sahifalariga va tirik odamlarga qaratilgan boshqa maqolalarga qoʻshilishi mumkin. {{TIBb}} marhum haqidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan maqolalar uchun, shuningdek, tirik shaxslar haqidagi sahifalarga ham mos keladi. Agar {{Biografiya loyihasi}} andozasi mavjud boʻlsa, andoza sozlamalariga |yashayapti=yes parametrini qoʻshishingiz mumkin. Agar {{Banner shell loyihasi}} andozasi ham mavjud boʻlsa, unga |tib=yes qoʻshing.

Maqolalar uchun {{TIB muhokama}}dan eʼtiborga muhtoj TIBlarda foydalanish mumkin. Ishonchliroq va nufuzli manbalarga muhtoj boʻlgan TIBlar uchun {{TIB manbalar}} andozasi mavjud (muqobil variant — {{TIB asosiy manbalar}}). Umuman manbasi boʻlmagan sahifalar uchun esa {{TIB manbasiz}} andozasi mavjud.

Ushbu siyosatni buzgan foydalanuvchilarni munozara sahifalarida ogohlantirish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:

{{TIB oʻchirildi}} andozasidan maqolaning munozara sahifasida ushbu siyosat boʻyicha nima uchun material olib tashlanganini va qaysi sharoitlarda material almashtirilishi mumkinligini tushuntirish uchun foydalanish mumkin.

Mavzu, maqola va Vikipediya oʻrtasidagi bogʻliqlik

[manbasini tahrirlash]

Maqola mavzusi boʻyicha tahrirlar bilan ishlash

[manbasini tahrirlash]

Maqola subyektlari baʼzan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vakil orqali oʻzlari haqidagi materialni tahrirlashda qatnashadilar. Arbitraj qoʻmitasi xato yoki adolatsiz material sifatida koʻrgan narsalarni tuzatishga urinayotgan TIB subyektlariga yumshoqlik koʻrsatib, ular foydasiga qaror qildi. Foydalanuvchilar biografik material mavzulariga qiziqish bildirib kelganlarida, keluvchiga yumshoq munosabatda boʻlish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishlari kerak.

Vikipediya shaxslar oʻzlari haqida yozishlariga xayrixoh boʻlmasa-da, manbasiz yoki nufuzli boʻlmagan manbalarni olib tashlashlariga imkon beradi. Foydalanuvchi tizimdan chiqqan holda TIBning toʻliq yoki bir qismini oʻchirib tashlasa, bu muammoli materialni oʻchirishga urinayotgan mavzu sifatida qabul qilinadi. Subyektlar tomonidan qilingan bu kabi tahrirlar vandalizm sifatida qaralmasligi kerak. Buning oʻrniga, ularni nima tashvishga solayotgani haqida soʻrab, tashvishlarini tushuntirish taklif qilinishi kerak. Arbitraj qoʻmitasi 2005-yil dekabr oyida quyidagi prinsipni oʻrnatgan:

Vikipediya:Iltimos, yangi kelganlarni turtkilamang koʻrsatmasi Vikipediya foydalanuvchilariga Vikipediyaning yangi foydalanuvchilari vaqti-vaqti bilan notoʻgʻri ishlarni qilishlari haqidagi aniq haqiqatni hisobga olishni maslahat taʼkidlaydi. Oʻzlari haqida maqolasi bor yoki boʻlishi mumkin boʻlganlarning, ayniqsa, agar maqolada notoʻgʻri yoki juda salbiy maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, oʻz maqolasi boʻyicha masalalarga aralashish ehtimoli mavjud. Bu yangi foydalanuvchi uchun juda yetuk boʻlmagan xatti-harakatlarni yuzaga keltirib, qadr-qimmatni yoʻqotishi uchun sabab boʻlib qolishi mumkin. Bu kabi hodisani yangi foydalanuvchining xatosi sifatida qabul qilishdan koʻra, tuzoqqa tushib qolgan foydalanuvchilarni qattiq tanqid ostiga olish yangi boshlovchilarni turtkilamang qoidasini buzish hisoblanadi[5].

Oʻzi haqidagi maqolalar bilan ishlash

[manbasini tahrirlash]

Vikipediyada koʻpincha siz bilan muammoni hal qilishga yordam beradigan tahrir siyosati, shuningdek yordam berishga tayyor koʻplab foydalanuvchilar va keng koʻlamli eskalatsiya jarayonlari mavjud. Juda aniq xatolar tezda tuzatilishi, shu jumladan oʻzingiz tuzatishingiz ham mumkin. Bundan tashqari, maqolaning munozara sahifasida takliflar yozib qoldirishingiz mumkin (Yordam:Munozara sahifalariga qarang) yoki foydalanuvchi munozara sahifangizga {{menga yordam bering}} andozasini joylashtiring. Shuningdek, siz oʻzingiz bilan bogʻliq muammo haqida tushuntirishni tirik insonlarning tarjimai holi eʼlonlar taxtasiga yozishingiz va tahrir jarayonida ishtirok etmagan foydalanuvchilardan maqolaning adolatli yozilgani va ishonchli manbalar bilan tasdiqlanganiga ishonch hosil qilish uchun uni tekshirishni soʻrashingiz mumkin.

Agar siz maqola mavzusi boʻlsangiz va siz haqingizdagi maqolada sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz yoki potentsial tuhmatli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, nazorat guruhiga murojaat qiling. Shunda ular muammoni baholashlari va tahrirni sahifa tarixidan olib tashlashlari mumkin.

Shuni yodda tutingki, Vikipediya deyarli toʻliq koʻngillilar tomonidan boshqariladi. Odobsiz xatti-harakatlar, hatto butunlay tushunarli boʻlsa ham, koʻpincha samarasiz yakunlanadi.

Huquqiy masalalar

[manbasini tahrirlash]

Vikipediya sahifasida oʻzlari haqida topilgan materiallarga nisbatan qonuniy yoki boshqa jiddiy xavotirlarga ega boʻlgan subʼyektlar, TIB doirasida yoki boshqa holatda boʻlsin, Wikimedia Jamgʻarmasining koʻngilli javob guruhi (VRT deb nomlanuvchi) bilan bogʻlanishlari mumkin. Iltimos, info-uz-q@wikimedia.org elektron pochta manziliga maqolaga havola va muammo tafsilotlari bilan murojaat qiling. Xatoni qanday tuzatish haqida koʻproq maʼlumot olish uchun bu yerga qarang. Odatda materialni oʻzingiz tahrirlashga uringandan koʻra, yordam soʻrash yaxshiroq samara beradi.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, biografik maqola mavzusi bilan muhim huquqiy yoki boshqa vikidan tashqari nizoga aloqador shaxslarga mazkur maqolani tahrir qilish qatʼiyan man etiladi.

Wikimedia Foundation bilan qanday bogʻlanish mumkin

[manbasini tahrirlash]
Biz bilan aloqa

Agar tirik odamlar haqidagi biografik material yuzasidan foydalanuvchilar va administratorlar javobidan qoniqmasangiz, bevosita Wikimedia fondiga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil maʼlumotlar uchun biz bilan aloqa sahifasini koʻring.

Wikimedia Foundation qarori

[manbasini tahrirlash]

2009-yil 9-aprelda Wikimedia Jamgʻarmasi Vasiylik kengashi Wikimedianing tirik odamlar haqidagi materiallar bilan ishlashi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Unda taʼkidlanganidek, baʼzi TIBlar ohangida haddan tashqari reklama, buzgʻunchilikka uchraganlik, xatolar va qoralamalar mavjud boʻlishi bilan bogʻliq muammolar mavjud. Jamgʻarma tirik odamlarga nisbatan betaraflik va tekshirish uchun alohida eʼtibor qaratishga chaqiradi. Inson qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligi masalasi, ayniqsa vaqtinchalik yoki chegaraviy manfaatlarga ega boʻlgan holatlardagi maqolalarda eʼtiborga olinishi; loyiha veb-saytlarida qanday tasvirlanganiga oid shikoyat qilgan har bir kishiga sabr-toqat, mehribonlik va hurmat bilan munosabatda boʻlish taʼkidlanadi.

Administratorlarning roli

[manbasini tahrirlash]

Sahifani himoyalash va chetlashtirish

[manbasini tahrirlash]

Zararli, xolis tahrir emasligi gumon qilgan, nomaqbul material qoʻshilishi yoki tiklanishi mumkinligiga ishongan hollarda administratorlar sahifalarni himoya qilishi mumkin. Administratorlar maqolani oʻzlari tahrir qilgan boʻlsalar yoki tahrir jarayonida boshqa yoʻl bilan ishtirok etgan boʻlsalar ham, sahifani himoya qilish yoki qoidabuzarlarni bloklash orqali TIB qoidasi buzilgan tahrirni olib tashlashlari mumkin. Boshqa aniqroq hollarda, Vikipediya:Administratorlar eʼlonlar taxtasi/Hodisalar boʻlimida tahrirga aloqasi boʻlmagan administratorning eʼtibor qaratishini soʻrashlari kerak boʻladi.

TIB qoidasi buzilgan vaziyatlarda ogohlantirish yoki chetlashtirishda foydalaniladigan tegishli andozalar uchun § Andozalarga qarang

Bahsli mavzular

[manbasini tahrirlash]

„Vikipediya maqolalarida biografik mazmundagi barcha tirik yoki yaqinda vafot etgan subyektlar“ Arbitraj qoʻmitasi tomonidan bahsli mavzu sifatida belgilangan. Bu sohada Vikipediya normalari va siyosatlari yanada qattiqroq qoʻllanadi. Vikipediya maʼmurlari loyihadagi qoida buzilishlarini kamaytirish uchun qoʻshimcha vakolatlarga egadir.

Xulosa bilan oʻchirish, yaratishdan himoyalash va xushmuomalalik bilan oʻchirish

[manbasini tahrirlash]

Ushbu siyosatga mos kelmaydigan tirik shaxs haqidagi biografik materialni yaxshilash va tuzatish kerak. Agar buning iloji boʻlmasa, sahifani oʻchirish kerak. Agar butun sahifa sifatsiz boʻlib, asosan manbasiz yoki nufuzli boʻlmagan manbaga ega bahsli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, dastlabki qadam sifatida butun sahifani oʻchirish yoki soʻrovga koʻra muhokama qilish kerak boʻlishi mumkin.

Sahifani oʻchirish odatda oxirgi chora hisoblanadi. Agar bahs sahifa holati bilan bogʻliq boʻlsa (masalan, EA shubha ostida ekanligi tufayli yoki subyekt oʻchirishni soʻrasa), bunaqa vaziyatda xulosa oʻchirish orqali emas, balki oʻchirishni munozara qilish orqali hal qilinadi. Munozarasiz oʻchirish xulosasi sahifada manbasiz salbiy mazmundagi material boʻlsa yoki neytral boʻlmagan holda yozilgan boʻlsa va uni qayta yozish yoki oldingi standart qabul qilingan versiyaga qayta tiklash imkoni boʻlmaganda mos keladi. Oʻchiruvchi administrator, agar material kuzatuvchilari koʻp boʻlsa, elektron pochta orqali oʻz harakatini boshqalarga tushuntirishga tayyor boʻlishi kerak. Oʻchirishga eʼtiroz bildiruvchilar shuni yodda tutishlari kerakki, oʻchiruvchi administrator boshqalar bilmagan muammolardan xabardor boʻlishi mumkin. Munozara oʻchirishni koʻrib chiqish uchun ochilishi mumkin, lekin tirik shaxslarga oid nozik shaxsiy materiallarni oʻchirish uchun, ayniqsa u salbiy boʻlsa, uzoq davom etadigan jamoatchilik muhokamasidan qochish kerak. Oʻchirishdan soʻng har qanday administrator sahifani qayta yaratishdan himoya qilishi mumkin. Sahifa qayta yaratishdan himoyalanmagan boʻlsa ham, qayta yaratishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha konsensus mavjud boʻlmasa, uni qayta yaratmaslik kerak.

Nisbatan nomaʼlum mavzular

[manbasini tahrirlash]

Biografik maqolaning subyekti tirik boʻlib, oʻzi haqidagi maqolani oʻchirishni soʻragan holatlar boʻyicha oʻchirish siyosatida shunday deyilgan: „Uncha mashhur boʻlmagan shaxslarning biografik maqolalari boʻyicha munozaralar — agar subyekt maqolani oʻchirishni soʻragan boʻlsa va bu masalada qisman boʻlsa-da konsensus mavjud boʻlmasa — oʻchirish qarori bilan yopilishi mumkin“. Bundan tashqari, qoidada shunday deyiladi: „Uncha mashhur boʻlmagan shaxslarning ishonchsiz manbaga asoslangan tarjimai hollari — munozara jarayonida oʻchirishga qarshilik bildirilmasa — munozara tugagandan soʻng oʻchirilishi mumkin“.

Qayta tiklash

[manbasini tahrirlash]

Tirik odamlar haqidagi material neytral tarzda va juda nufuzli ishonchli manbalarga asosan yozilishini taʼminlash masʼuliyati bahsli materialni saqlab qolish, tiklash yoki oʻchirmaslikni xohlovchilar zimmasiga yuklanadi. Tirik odamlar haqidagi material TIB talabi asosida oʻchirilgan boʻlsa, uni qaytarish, tiklash yoki oʻchirishdan saqlab qolish istagida boʻlgan har qanday foydalanuvchi materialning Vikipediya siyosatiga muvofiqligini taʼminlashi kerak. Agar material deyarli oʻzgarishlarsiz tiklanishi kerak boʻlsa, birinchi navbatda konsensusga erishish talabi qoʻyiladi. Shubhalardan xoli boʻlish uchun tuzatilgan material toʻliq qayta koʻrib chiqilishi kerak.

Administrator maqolani toʻliq oʻchirib tashlagan taqdirda, iloji boʻlsa, bahsli oʻchirishlar birinchi navbatda maqolani oʻchirgan administrator bilan muhokama qilinishi kerak.

Barcha TIBlar subyekt haqida aytilgan maʼlumotni qoʻllab-quvvatlaydigan kamida bitta manbaga ega boʻlishi kerak. Bunday boʻlmagan taqdirda uni oʻchirishga taklif qilish mumkin. Ishonchli manba taqdim etilmaguncha oʻchirishdan olinmasligi mumkin. Agar hech kim manba taqdim etmasa, maqola yetti kundan keyin oʻchiriladi. Bu qoida TIB siyosatida va boshqa siyosat hamda qoidalarda taʼkidlab oʻtilgan oʻchirish jarayonlariga taʼsir koʻrsatmaydi.

  1. Insonlar vafot etganiga ishonish uchun asos boʻlmasa, tirik deb hisoblanadilar. Ushbu qoida vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxslarga tatbiq qilinmaydi.
  2. Eʼtibor bering, istisnoli daʼvolar uchun istisno manbalari talab qilinadi.
  3. Bir necha taraf ishtirok etgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqidagi daʼvolar yoki bir tomonning boshqasiga nisbatan xatti-harakati uchun raddiyalar „uchinchi shaxslarga nisbatan daʼvo“ boʻlmaydi. Agar subyekt eʼlon qilgan raddiyada uchinchi shaxslarga nisbatan qoʻshimcha daʻvolar bildirilsa, mazkur qoʻshimcha daʼvolar ushbu mezonlarga mos kelib, Vikipediyaga qoʻshilishga loyiq emas deb topiladi.
  4. Misol uchun, O. J. Simpson 1995-yilda Nicole Brown Simpson va Ronald Goldmanning qotilligi uchun oqlangan. Biroq keyinchalik fuqarolik sudida ularning oʻlimi uchun javobgar deb topilgan.
  5. Bu, odatda, jamiyatga taniqli boʻlmagan voyaga yetmaganlarning ismlarini ularning taniqli oila aʼzolari haqidagi maqolalardan olib tashlashni tartibga soladi. Masalan, taniqli shaxs balogʻatga yetmagan bolani dunyoga keltirgan yoki unga onalik qilgan boʻlsa. Ensiklopedik ahamiyat oʻta cheklangan istisnoli holatlarda (masalan, taxt vorisi yoki shunga oʻxshash) inobatga olinmaydi yoki meros qilinmaydi.
  6. The Columbia Center for New Media Teaching and Learning, Columbia University: „Manfaatlar toʻqnashuvi odamlarning professionallarga boʻlgan ishonchini suiisteʼmol qilish ehtimolini oshiradi. Buning eng oddiy taʼrifi quyidagicha: Manfaatlar toʻqnashuvi - moliyaviy yoki boshqa shaxsiy mulohazalar professional mulohazalar va obyektivlikka putur yetkazish yoki obyektivlikdan chetlashish ehtimoliga ega boʻlgan vaziyatdir. Koʻrinib turgan manfaatlar toʻqnashuvi — bunda mulohazali kishi mutaxassisning fikri buzilgan boʻlishi mumkin deb oʻylaydi. Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi haqiqiy manfaatlar toʻqnashuviga aylanishi mumkin boʻlgan vaziyatni oʻz ichiga oladi. Shuni taʼkidlash kerakki, qarorlar shaxsiy manfaatlarga taʼsir qiladimi yoki yoʻqmi, manfaatlar to'qnashuvi mavjud. Manfaatlar toʻqnashuvi ehtimoliy holat emas, balki faqat tarafkashlik ehtimolini nazarda tutadi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, manfaatlar toʻqnashuvi tadqiqotda notoʻgʻri xatti-harakat deb hisoblanmaydi. Chunki notoʻgʻri xatti-harakatlarning taʼrifi hozirda uydirma, qalbakilashtirish va plagiat kabilar bilan cheklangan.“. The New York Times company: Koʻp sohalarda haqiqiy yoki zohiriy manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin. Ular jurnalistlarning auditoriyamiz oldidagi kasbiy majburiyatlari, axborot manbalari, advokatlik guruhlari, reklama beruvchilar yoki raqobatchilar bilan munosabatlari oʻrtasidagi ziddiyatlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bunda jurnalistlarning oʻzaro yoki boʻlimlardan biri bilan ziddiyatlari nazarda tutiladi. Ikki martabali oilalar birlashuvi odatiy holga aylangan bir paytda, turmush oʻrtoqlar, xonadon aʼzolari va boshqa qarindoshlarning fuqarolik hamda kasbiy faoliyati nizolar yoki nizo koʻrinishini yuzaga keltira olishi mumkin.
  1. Wales, Jimmy (16 May 2006). „Zero information is preferred to misleading or false information“. WikiEN-l (Mailing list). Wikimedia Foundation. 22 June 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22 June 2018. „It should be removed, aggressively, unless it can be sourced. This is true of all information, but it is particularly true of negative information about living persons.“
    Wales, Jimmy (19 May 2006). „Zero information is preferred to misleading or false information“. WikiEN-l (Mailing list). Wikimedia Foundation. 22 June 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22 June 2018. „If you see an unsourced statement that would be libel if false, and it makes you feel suspicious enough to want to tag it as {{citation needed}}, please do not do that! Please just remove the statement and ask a question on the talk page.“
    Wales, Jimmy „Archives/Jimbo Keynote“. Wikimedia Foundation (2006-yil 4-avgust). — „One of the social things that I think we can do is WP:BIO [...] I think social policies have evolved in recent years, I mean the recent months, to actually handle this problem a lot better. A lot of the admins and experienced editors are taking a really strong stand against unsourced claims, which is always a typical example of the problem. [...] And the few people who are still sort of in the old days, saying, 'Well, you know, it's a wiki, why don't we just... ', yeah, they're sort of falling by the wayside, because lots of people are saying actually, we have a really serious responsibility to get things right.“. 2006-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  2. en:Wikipedia talk:Biographies of living persons/Archive 45#Removal of WP:DOB
  3. en:Wikipedia:Village pump (policy)/Archive 165#People's birthdate, conflicting (reliable) sources, and WP:SYNTHESIS
  4. June 2021, talk page discussion
  5. en:Wikipedia:Requests for arbitration/Rangerdude#Mercy. Passed 6-0-1.