Vikipediya:WikiTaʼlim/VTD eʼlonlar taxtasi/Sharqshunoslik universiteti
Oʻzbekiston |
Oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun resurslar |
---|
Boshlash |
Oʻqituvchilar uchun |
Oʻquvchilar uchun |
Yordam |
2022-yilning noyabr oyida „WikiStipendiya“ marafoni doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oʻzbekistonda ilk marotaba Vikipediya Taʼlim dasturi keng koʻlamda yoʻlga qoʻyildi. Mazkur dasturning oʻzgachaligi shundaki, talabalarga amaliyot ishi oʻlaroq Vikipediyada maqola yaratish vazifasi berildi.
Talabalarga Vikipediyaga hissa qoʻshish asoslari boʻyicha tajribali foydalanuvchilar, jumladan, Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi aʼzolari mahorat darslarini oʻtdilar. Talabalarga dastlab sharqshunoslik bilan bogʻliq mavzularda, xususan, sharqshunos olimlar haqida kontent yaratish topshirigʻi berildi.
Universitetdagi loyihaga 2- va 3-kurslarining barcha talabalari malakaviy amaliyot hisobidan jalb etildi. Loyiha 2022-yilning 15-noyabridan 13-dekabriga qadar davom etdi. Vikipediya taʼlim dasturi doirasida bunchalik yirik koʻlamli loyiha nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi marta amalga oshirildi.
Jamoa
[manbasini tahrirlash]TDShUda Vikipediya taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish tashabbusini universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva oʻrtaga tashladi. Birinchi birinchi prorektor Qudratulla Omonov loyiha rahbari sifatida belgilandi va maxsus tuzilgan 12 kishilik ishchi guruhga rahbarlik qildi. Dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun TDShU oʻzbekcha Vikipediya administratorlari hamda faol foydalanuvchilari bilan bevosita hamkorlik qildi.
Natija
[manbasini tahrirlash]Umumiy hisobda 1 123 nafar talaba qariyb 4 390 maqola yaratdi va 12 mingdan oshiq tahrir qildi. TDShUdagi taʼlim dasturi oʻzbekcha Vikipediyaning 19-yillik tarixida foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp tahrir qilingan oy boʻlishiga hissa qoʻshdi. Dastur yakuniga yetgan kunda — 2022-yilning 13-dekabrida oʻzbekcha Vikipediyada faol foydalanuvchilar, yaʼni soʻnggi 30 kun ichida kamida bir marta tahrir qilgan foydalanuvchilar soni rekord 1 665 nafarga yetdi.
Talabalarning aksari jiddiy xatolarga yoʻl qoʻygani va yaratilgan maqolalarning yirik qismi mualliflik huquqlari buzilgani va/yoki oʻzbekcha Vikipediyada qabul qilingan qoidalarga zid ravishda yozilgani uchun oʻchirilganiga qaramay, dastur ishtirokchilari viki asoslarini oʻzlashtirdi, oʻnlab talaba esa Vikipediyaga hissa qoʻshishni mukammal oʻzlashtirdi.