Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Falastin
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 12:27, 28-Iyun 2024 (UTC)
Ushbu maqola Falastin davlatining 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki haqida. Mamlakat sportchilariga qoʻyilgan bir qator taʼqiqlar va qiyinchiliklarga qaramasdan, Falastinning toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnashishi katta natija deb oʻylayman. Shu bois ushbu maqolani ingliz tilidan tarjima qildim. Maqola ingliz vikipediyasida „yaxshi maqola“ statusini olgan. Koʻrib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman. Sitora Oblakulova (munozara) 12:27, 28-Iyun 2024 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Salom. Maqoladagi nazarimdagi baʼzi xatoliklarni keltirib oʻtsam:
- Eslatmalar boʻlimida bir joyda Ikki nafar atlet boshqa joyda Toʻrt nafar atletlar deb berilgan. Birdan koʻp boʻlsa, -lar qoʻshimchasi qoʻshiladimi, yoʻqmi, ikkov holatga ham bir xil yondashish kerak.
- Raqamlar yozilishida vergul ishlatilish yoki ishlatilmasligi boʻyicha ham shu kabi holat: 10 000 metr yoki 10,000 metr? Butun maqolada butunlay biridan foydalanish maqul, chamamda.
- ANJANIY#gurung 06:19, 6-Iyul 2024 (UTC)
- Bajarildi Sitora Oblakulova (munozara) 08:12, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Eslatmalar boʻlimini Izohlar boʻlimiga almashtirish kerak. Menimcha shunga kelishilgan. Ibrohimjon 07:14, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Tuzatildi Sitora Oblakulova (munozara) 08:13, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Maqoladagi bir ikki gaplar tushunarsizdek tuyuldi:
1. Falastin milliy administratsiyasi tomonidan homiylik qilingan Falastin davlatiga 1996-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Jorjiya shtati Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan.
deya yozilgan maqola matnida Tarixi boʻlimida. Shunda administratsiya tomonidan davlatga homiylik qilinganmi, boshqacharoq koʻrinishda yozganingiz maʼqul deb oʻylayman shu gapni.
2. Shuningdek, Milliy olimpiya qoʻmitasi Iordan daryosining Gʻarbiy sohilidan tanlab olgan yagona ayol sportchi ham aynan Yasser Ali-Dib edi
bu gapda ham ayolni sohildan tanlab olingan kabi boʻlib qolgan. Maʼno jihatidan boshqacharoq gapga oʻzgartirish kerak menimcha – Axadjon1 (munozara) 18:29, 14-Iyul 2024 (UTC)
- Har ikkala gap Tuzatildi Sitora Oblakulova (munozara) 11:41, 15-Iyul 2024 (UTC)
Maqolada atiga 1 ta turkum mavjud ekan yaxshi yana qoʻshishsangiz yaxshi boʻladi. Ibrohimjon 04:28, 20-iyul 2024 (UTC)
- Turkumlar qoʻshildi Sitora Oblakulova (munozara) 09:07, 22-iyul 2024 (UTC)
- Kitob manbasidagi {{sfn}} andozasiga kitobni betlarini aniq berish kerak. Shu kamchilik boʻlganligi uchun sizda 2 ta manba bitta boʻlib ketgan. Ibrohimjon 16:39, 23-iyul 2024 (UTC)
- Oʻzim tuzatib qoʻydim. Ibrohimjon 12:58, 1-avgust 2024 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman Wonmirzo (munozara) 14:59, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Maqolani toʻliq oʻqib chiqdim bir nechta xatolarni toʻgʻirladim va boshqa kamchiliklarga koʻzim tushmadi. Maqola satus olishiga Roziman Mirishkorlik (munozara) 07:48, 14-Iyul 2024 (UTC)
- Roziman Aytilgan kamchiliklar bartaraf etildi, XM statusiga loyiq maqola, maqola uchun nominatorga tashakkur – Axadjon1 (munozara) 11:02, 22-iyul 2024 (UTC)
- Maqola status olishiga Roziman. Devona Jovliyev (munozara) 17:35, 22-iyul 2024 (UTC)
- Maqola XM statusi olishiga Roziman Lili (suhbat) 10:04, 23-iyul 2024 (UTC)
- Maqolani XM statusiga loyiq deb bilganim bois Roziman. Alpasli (munozara) 18:50, 24-iyul 2024 (UTC)
- Roziman Ahror Akramovich (munozara) 19:48, 26-iyul 2024 (UTC).
- Maqola har tomonlama statusga munosib deb oʻylayman. Roziman Xayriniso 16:16, 28-iyul 2024 (UTC).
- Roziman Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etildi. Maqola status uchun munosib. Ibrohimjon 12:58, 1-avgust 2024 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi — maqolani oʻqib chiqdim, hech qanday jiddiy kamchilik koʻzga tashlanmadi, 9 nafar foydalanuvchi rozi, qarshilar va betaraflar yoʻq. Muallifga tashakkurlar, bardavom boʻlsin. Jamshid Nurqul (munozara) 21:55, 10-avgust 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.