Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Jara
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Anjaniymunozaramga yozish06:50, 22-May 2023 (UTC)
Hammaga salom, ushbu maqolani „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. Maqola bilan tanishib chiqing, xato va kamchiliklari boʻlsa tuzatishga yordamlashing yoki „Fikrlar“ boʻlimida yozib qoldiring.
Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Jamshid Nurqulov, ITPRO.UZ, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Salazarov, Husniddin Rasulov va boshqalar, iltimos, ovoz bering.Anjaniymunozaramga yozish06:50, 22-May 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Kirish qismida original nomi ham qavs ichida yozilishi kerak. Yillar orasidagi chiziqchalarni qoʻyishda xatoliklar bor. Umarjon Rahimov (munozara) 13:41, 23-May 2023 (UTC).
Qiziq nega mazkur qism yotiq tarzda yozilgan? Yoki bu qismning noodatiy jihati bormi?
Jara (rus. "Jara (festival) — har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro musiqiy festival. 2016-yilda[1] rossiyalik va ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan asos solingan[2][3][4]. U birinchi marta 2016-yil 9-10-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizi sohilidagi Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtdi.
PanPanChik #yozish 08:45, 25-May 2023 (UTC)
Nega har bir yil boʻlimida bu yilda falon-falon ish boʻldi deb yozilgan. Nima siz har bir yilga waybackmachine oqali qaytayapsizmi? PanPanChik #yozish 08:49, 25-May 2023 (UTC)
- Qay shaklda yozilgan maqul deb oʻylaysiz? Yaxshiroq variant taklif qila olasizmi? Anjaniy#suhbat 14:35, 25-May 2023 (UTC)
- Bu yil jumlasini qo'llamaslik kerak. Oddiy o'quvchi buni ayni hozirgi yil (2023) deb o'ylashi tayin. PanPanChik #yozish 16:26, 30-May 2023 (UTC)
Shuningdek statusli maqola qoidalariga koʻra har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanishi kerak. Sizning maqolangizda esa manbalar unday tarzda joylashmagan. Agar manbasi mavjud boʻlmasa, statusbop maqola nomzodligi berilmaydi yoinki shu qism uchun manba topiladi. Ayrim maqolalar manbasiz xatboshilaridan voz kechilishiga ham sabab boʻlgan. Lekin sizda ham manbasiz xatboshilar toʻliq olib tashlansa, maqola butkul statusga arzimas boʻlib qoladi. PanPanChik #yozish 08:55, 25-May 2023 (UTC)
- Bajarildi. Har bir xatboshi, iloji boricha, manba bilan boyitildi. Anjaniy#suhbat 13:51, 31-May 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Roziman. Maqolani oʻqish davrida jumlalarda gʻalizliklarni kuzatmadim.MrShaxas #Munozaracha 08:07, 22-May 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Qarshiman Maqola ayni holatida bu statusga arzimaydi. Uni qayta to'liq tahrirlash va manbalar bilan boyitish kerak. PanPanChik #yozish 08:56, 25-May 2023 (UTC)
- Qarshiman. Hozirgi koʻrinishida maqolada punktuatsion xatolar koʻp. Hatto bilgiqutining ichida ham verguldan oldin probellar tashlangan, ularning joylashuvi bir standartda emas. Festival logotipi bilgiqutining teng oʻrtasida joylashmagan — bu jihatlar maqolaga xushsifatlik emas, xushxunuklik berib turibdi. Maqolani statusga nomzod qilgan shaxs va mening sifat haqidagi tushunchalarimiz turlicha ekan. Jamshid Nurqul (munozara) 19:41, 4-Iyun 2023 (UTC)
Betaraflar
[manbasini tahrirlash]- Betarafman Maqola hajmi status olish uchun biroz kamdek, nazarimda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:37, 22-May 2023 (UTC)
- Betarafman. Bir tomondan maqola XM kriteriylariga mosday tuyuladi. Lekin, mavzuning xronologik boʻlimlardagina ochib berilishi gʻalati koʻrinyapti. Maqolada maqoladan ham koʻra roʻyxatga xos elementlar borligi kuchli kuzatiladi. Umuman olganda yomon emas lekin. — Kagansky munozara 05:12, 2-Iyun 2023 (UTC)
Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarilmadi. Qarshi ovoz bergan foydalanuvchilar fikri oʻrinli. Maʼlum muddat davomida yetarli ovoz toʻplay olmadi. Bildirilgan fikrlardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda maqola status uchun loyiq boʻlgandan soʻng, qayta nomzodlikka qoʻyilishi tavsiya etiladi. Salazarov 21:06, 7-Iyun 2023 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.