Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Sahifalarni oʻchirish qoidalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vikipediya:YQdan yoʻnaltirildi)

Vikipediya sahifalarini oʻchirish qoidalari ensiklopediya mazmuni uchun tegishli mezonlarga mos kelmaydigan sahifalarni aniqlash va oʻchirib tashlash tartibini belgilab beradi. Vikipediyada har kuni koʻplab sahifalar quyida koʻrsatilgan jarayonlar orqali oʻchiriladi.

Vikipediya maqolasini oʻchirish orqali sahifaning joriy va oldingi barcha versiyalari umumiy koʻrishdan olib tashlanadi. Sahifani oʻchirish jarayonini har qanday foydalanuvchi boshlashi (yoki qaytarishi) mumkin, lekin faqat administratorlargina oʻchirishni bevosita amalga oshirishi, oʻchirilgan sahifalarni koʻrib chiqishi va har qanday oʻchirishni bekor qilishi mumkin. Maʼlum bir sahifani oʻchirish mavjud umumiy konsensus asosida boʻlayotganiga shubha boʻlsa, administratorlar uni oʻchirmasligi kerak.

Oʻchirish sabablari

[manbasini tahrirlash]

Sahifaning qoidalarga mos kelmaydigan qismlarini yaxshilash yoki olib tashlash butun sahifani oʻchirib yuborgandan afzalroqdir. Sahifani oʻchirish soʻnggi chora hisoblanadi.

Sahifalar asosan quyidagi hollarda oʻchirilishi mumkin:

  1. Kontent tezda oʻchirish mezonlaridan kamida bittasiga javob berganda;
  2. Mualliflik huquqlarining buzilishi va Vikipediyaning noerkin kontent mezonlarini buzuvchi boshqa materiallar boʻlganda;
  3. Vandalizm, shu jumladan notoʻgʻri yoʻnaltirishlar, faqat mavzuni qoralash uchun yaratilgan sahifalar, bemaʼni gaplar boʻlganda;
  4. Maqola reklama yoki spam maqsadida yaratigan va hech qanday ensiklopedik mazmunga ega emas boʻlganda;
  5. Maqola ishonchli (nufuzli) manbalarga tayanmay yozilgan, yaʼni u foydalanuvchilarning shaxsiy fikri va/yoki yolgʻon maʼlumotlardan iborat, shuningdek original tadqiqotlar boʻlganda;
  6. Ensiklopedik ahamiyatni tekshirish uchun ishonchli manbalar topilmagan maqolalar;
  7. Mavzu tegishli ensiklopedik ahamiyat qoidasiga mos boʻlmaganda;
  8. Vikipediyaning tirik odamlar biografiyasiga oid qoidasini buzadigan maqolalar
  9. Maqola ensiklopediyada yoritilishga loyiq boʻlmagan mavzuga oid;
  10. Ehtiyojsiz va ishlatilmaydigan andozalar;
  11. Ishlatilmaydigan, eskirgan va noerkin fayllar;
  12. Ensiklopediyaga mos kelmaydigan istalgan boshqa kontent.

Oʻchirishga muqobil variantlar

[manbasini tahrirlash]

Tahrirlash va muhokama qilish

[manbasini tahrirlash]

Agar tahrirlash orqali oʻchirishning barcha tegishli sabablari hal boʻlsa, sahifani oʻchirmasdan tahrir ishlari amalga oshirilishi kerak. Sahifa mazmuniga nisbatan qilingan vandalizm har qanday foydalanuvchi tomonidan qaytarilishi mumkin.

Sahifa mazmuni boʻyicha kelishmovchiliklar sahifani oʻchirish orqali hal etilmaydi, ogʻir holatlar bundan mustasno. Kontent masalalari tegishli munozara sahifasida muhokama qilinishi va birinchi navbatda nizolarni hal qilishning boshqa muqobil usullaridan foydalanish kerak. Haqiqatan ham hal etilmagan kontent nizolari boʻlgan oʻchirish boʻyicha munozaralar munozara jarayonida ishtirok etmagan foydalanuvchi tomonidan yopilib, munozara sahifasiga yoki boshqa tegishli forumga havola qilinishi mumkin.

Agar mavzuning ensiklopedik ahamiyatini tasdiqlash imkoni boʻlmasa yoki betaraf nuqtai nazar siyosatiga zid boʻlsa, oʻsha maqola chala maqolaga aylantirilishi yoki Vikipediya:Oʻchirishga konsensusiga binoan butunlay oʻchirilishi mumkin.

Qoida yoki koʻrsatmalar boʻyicha kelishmovchilik sahifani oʻchirish orqali hal qilinmaydi. Xuddi shunday, nomaqbul foydalanuvchi sahifasi bilan bogʻliq muammolarni ham koʻpincha foydalanuvchi bilan munozara qilish orqali hal qilish mumkin.

Muammoni qayd qilish uchun maqolalarga turli teglar qoʻshilishi mumkin. Biroq, teglar doimiy yechim uchun moʻljallanmagan. Ular oʻquvchilarni ogohlantirish va manfaatdor foydalanuvchilarga muammolarni oson topib, tuzatish imkonini berish uchun moʻljallangan. Eng keng tarqalganlardan baʼzilari quyidagilar:

Notoʻgʻri nomlangan sahifalarni shunchaki qayta nomlash mumkin. Nomlash boʻyicha bahslar maqolalarning munozara sahifalarida muhokama qilinadi.

Tirik odamlarning biografiyalariga teg qoʻshishda ehtiyot boʻling. Baʼzi teglar Vikipediyaning shaxsga nisbatan hukm chiqarishi sifatida talqin qilinib, maqola mavzusi boʻyicha VRT shikoyatlarini keltirib chiqarishi maʼlum. Tezroq konsensusga erishish uchun uchun maqolani oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatish muqobil variantdir.

Birlashtirish

[manbasini tahrirlash]

Qisqa va kengaytirish imkoni boʻlmagan maqolalar kattaroq maqolalar yoki roʻyxatlarga birlashtirilishi mumkin. Masalan, mashhur odamning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar, odatda, oʻsha mashhur shaxs haqidagi maqolaga kiritiladi yoki birlashtiriladi.