Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Imomqulixon
Asboblar
Amallar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Qiyofa
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator: Umid1108
Maqola Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek hukmdori haqida. Avval yaratilgan maqola nufuzli manbalar orqali yaxshi holatga keltirildi. Oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Umid1108 (munozara) 19:50, 10-Noyabr 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Assalomu alaykum nega qurilish ishlariga „obodon“ jumlasi ishlatilgan (bu holat Vali Muhammad maqolasida ham mavjud), bu jumla tojikcha boʻlib, „gullab yashnamoq, yashnash“ degan maʼnoni bildiradi. Qurilish ishlariga bu jumlani ishlatish, menimcha, nooʻrin, yana ham filologlardan soʻrab koʻrish kerak. „Imomqulixon 31 yillik hukmronlik faoliyati davomida xonlik hokimiyati mavqei koʻtarilib“ gapida xonlik hokimiyati mavqei koʻtarilibni xonlikning mavqei koʻtarildiga oʻzgartirish lozim, „Otasi Din Muhammad boʻlib, oʻzbek hukmdori Abdullaxon II (1556–1598) davrida Nishopur viloyati hokimi boʻlgan“ gapni „Otasi Din Muhammad shayboniylardan boʻlgan hukmdor Abdullaxon II davrida“ degan gapga oʻzgartirish kerak (oʻzbek hukmdorligiga Xorazm (Xiva) xonligi xonlari ham daʼvo qilishgan), Nishopur shahri hokimi boʻlgan boʻlishi mumkin (bu haqida manba sifatida Akbar Zamonovning kitobi koʻrsatibsiz), ammo Alekseyev va Boʻriboy Ahmedovlarning kitoblarida Din Muhammad Taloqan va Qunduz shaharlari hokimi boʻlgani keltirilgan. Imomqulixonning onasi haqida ham maʼlumot qoʻshish kerak, adashmasam, Imom Rizo avlodidan boʻlgan, Mashhadga hujumi paytida Din Muhammad qoʻshiniga asirlikka tushgan. „[./Imomqulixon#cite_note-FOOTNOTEМуҳаммад_Толиб2016210-17 [17]]“, Hofiz Tanish Buxoriyning „Imomqulinoma[./Imomqulixon#cite_note-FOOTNOTEСангиров_Жуманазар2022262-18 [18]]“ manbani rasmiylashtirishda xatolik ketgan. Imomqulixonning hukmdorlik davrini nomzod asosan Akbar Zamonov kitobidan foydalangan holda yozgan boʻlsa kerak, boshqa kitoblarni, jumladan, Mahmud ibn Vali, Anton Alekseyev, Boʻriboy Ahmedov kitoblarini ham koʻrib chiqib, maʼlumot qoʻshsa yaxshi boʻlardi, chunki bu tarixchilar Imomqulixon haqida umumiy maʼlumotlardan tashqari Akbar Zamonovning maʼlumotlariga oʻxshamaydigan maʼlumotlar ham berishgan Humoyun Qodirov (munozara) 16:09, 18-Noyabr 2023 (UTC).
- Asalom aleykum. Maqola haqida fikr bildirganingiz uchun tashakkur.
- Imomqulixonning onasi haqida maʼlumotlar biror manbada keltirilmagan. Ukasi Nadr Muhammadning onasi sayyidlar xonadoni vakili Imom Ali Muso Rizo avlodidan Shahribonu boʻlgan. Ota bitta boʻlsa ham (yaʼni otasi Din Muhammad) onalari boshqa boʻlgan.
- (Manba Muhammad Yusuf Munshiy „Tarixi Muqimxoniy“ (1956-yil A. A. Semyonov tarjimasi 99 bet) Qolgan siz aytgan masalalarni tahrirlashga harakat qildim. Avvalo fikr bildirganingiz uchun tashakkurlar!!! Umid1108 (munozara) 15:55, 19-Noyabr 2023 (UTC)
- Ammo Alekseyev Iskandar Munshiyga asoslanib, Imomqulixon va Nadr Muhammadning onasi sayyidlar boʻlgan degan fikrni bildirgan. Humoyun Qodirov (munozara) 03:04, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Iskardarbek Munshiyning (İsgəndər bəy Münşi Türkman. Dünyanı bəzəyən Abbasın tarixi (Tarixe-aləmaraye-Abbasi). Bakı, „Şərq-Qərb“ Nəşriyyat evi, 2010, 1144 səh) kitobida siz aytgan maʼlumotni topa olmadim. Masalan Sangirova Dilorom oʻzining (Sangirova D. (2017). Ashtarxoniy xonimlarning davlat boshqaruvidagi oʻrni. Sharqshunoslik jurnali nashri) maqolasida Nadr Muhammadxonning onasi haqida shunday maʼlumot beradi: „Buxoro taxtini 1642–1645 yillarda boshqargan Nadr Muhammad*ning onasi Shahribonu begim (Dinmuhammadning ayoli) sayidlar xonadoni vakilasi boʻlgan. Yuqorida keltirib oʻtganimizdek, sayidlar paygʻambar avlodlari sanalgan. Shu sababdan, hukmdorning nomiga „sayid“ qoʻshilib zikr qilingan“. Bu yerda Imomqulixon haqida biror soʻz ham bormagan. Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ asarida ham shunday maʼlumotni uchratish mumkin: „Shayboniy Abdulmoʻminxon Mashhadni egallash davomida juda koʻp qirgʻinliklar qilayotgan edi. Bu shaharda paygʻambar avlodlari, sayyidlar xonadoni vakili Imom Ali Muso Rizo avlodlari yashagan. Ular shahardagi vaziyatni eshitib, Din Muhammadxon oldiga borib, shunday deydi: „Mening bir qizim bor, agar meni va oilamni ushbu qirgʻindan qutqarsang qizimni senga nikohlab beraman“. Shundan soʻng Din Muhammad aralashuvi bilan Imom Ali Muso Rizo xonadoni kulfatidan asrab qolinadi. Vaʼdaga vafo qilgan holda Imom Ali oʻz qizi Shahribonu begimni Din Muhammadga nikohlab bergan. Shahribonu begim Nadr Muhammad ismli farzand koʻrgan“ („Tarixi Muqimxoniy“ 1956, 98-99 betlar). Bu jumlada ham Imomqulixon haqida hech bir maʼlumot keltirilmagan.
- Aynan Imomqulixonning sayyid avlodidan ekanligini A.Alekseyev monografiyasining qaysi betida oʻqigansiz? Bu haqida men topa olmadim. Javobingiz uchun oldidan rahmat. Umid1108 (munozara) 10:37, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Kitobning 90-betida 129-snoska deb berilgan Humoyun Qodirov (munozara) 17:49, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Ushbu masala yuzasidan quyidagi dalillarni keltirib aniqlik kiritishga harakat qildim:
- Anton Alekseyev Iskandarbek Munshiyning „Tarixi olamoroyi Abbosiy“ asarining Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan nusxasiga asoslanib, Imomqulixon va Nadr Muhammadxonning onasi sayyidlar avlodidan ekanligini yozgan.
- Asarning fors tilidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan nusxasida ushbu maʼlumot keltirilmagan. (İsgəndər bəy Münşi Türkman. Dünyanı bəzəyən Abbasın tarixi (Tarixe-aləmaraye-Abbasi). Bakı, „Şərq-Qərb“ Nəşriyyat evi, 2010, 1144 səh)
- Yuqorida keltirib oʻtganimdek, Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ asarida faqatgina Nadr Muhammadxon sayyidlar avlodidan ekanligi yozilgan. („Tarixi Muqimxoniy“ 1956, 98-99 betlar)
- Masalan yana bir tarixiy faktda ushbu jumlani uchratish mumkin: Imomqulixon Balx viloyatiga tashrif buyurganida, Nadr Muhammadxon 12 oʻgʻli bilan shahardan yarim chaqirim piyoda yurib, uni kutib olgan. Imomqulixon bundan taʼsirlanib „Siz sayyidsiz ulovingizga miningiz“ deb otiga mindirgan. (Armeniy Vamberi 2019, 123 bet)
- Sangirova Dilorom va Akbar Zamonov tadqiqotlarida ham Din Muhammadxonning oʻgʻillaridan faqatgina Nadr Muhammadxon sayyidlar avlodidan ekanligi koʻrsatilgan.
- Yuqoridagi maʼlumotlardan kelib chiqib, maqolaga maʼlumotlarni kiritdim. Umid1108 (munozara) 12:42, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Kitobning 90-betida 129-snoska deb berilgan Humoyun Qodirov (munozara) 17:49, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Ammo Alekseyev Iskandar Munshiyga asoslanib, Imomqulixon va Nadr Muhammadning onasi sayyidlar boʻlgan degan fikrni bildirgan. Humoyun Qodirov (munozara) 03:04, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Assalomu aleykum maqola boshlanishida baʼzi manbalarni joylashuvi adashmayotgan boʻlsam notoʻgʻri joylashtirilgan, yaʼni mana bunday xolat "soʻz manba" xolatida kelgan manba joylashuvlarini koʻrib chiqing Axadjon1 (munozara) 10:53, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Ajoyib maqola uchun muallifga rahmat, maqola ustida ancha ishlangan. Faqat, maqola matnini tahrirchi.uz tekshiruvidan o‘tkazib, ba’zi xatolarni to‘g‘rilash yaxshi ish bo‘lar edi. Young Economist7 (munozara) 06:53, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Maqoladagi kamchiliklarni to‘girlashga harakat qildim. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur! Umid1108 (munozara) 12:05, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Maqola tili va rasmiylashtirilishi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar bor. Preambula qismida kichik tahrir qilib biroz tuzatdim, shu kabi kamchiliklarni tuzatib chiqish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 10:40, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Tahrirlarizni koʻrdim. Tuzatishlar ham kiritdim. Bildirgan fikringiz uchun rahmat! Umid1108 (munozara) 12:32, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Kichik-kichik kamchiliklar bor, yaqin kunlarda vaqt topib oʻzim tuzatib qoʻyaman. Jamshid Nurqul (munozara) 12:44, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Tahrirlarizni koʻrdim. Tuzatishlar ham kiritdim. Bildirgan fikringiz uchun rahmat! Umid1108 (munozara) 12:32, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Maqola tili va rasmiylashtirilishi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar bor. Preambula qismida kichik tahrir qilib biroz tuzatdim, shu kabi kamchiliklarni tuzatib chiqish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 10:40, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Maqoladagi kamchiliklarni to‘girlashga harakat qildim. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur! Umid1108 (munozara) 12:05, 11-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Maqola yaxshi yozilgan, imlo va tinish belgilari bilan bogʻliq kichik kamchiliklarni tuzatish kerak. Sitora Oblakulova (munozara) 16:52, 18-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Maqola mustaqil yaratilgan bir qator ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan va uning ustida ancha mehnat qilingan. Doniyor Yóldoshev (munozara) 15:49, 22-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Yaxshi mehnat qilibsiz. Ayrim kichik imloviy xatolarni inobatga olmaganda jiddiy kamchilik koʻrmadim. Muxriddin Azimov (munozara) 19:28, 26-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman Foydalanuvchi yangi maʼlumotlar qoʻshgan, fikrlarda bildirilgan kamchiliklarni tuzatgan, shuningdek, sharajasini jadval shaklida va 3 ta versiyasini koʻrsatgan. Humoyun Qodirov (munozara) 21:08, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman Yuqorida keltirilgan kamchiliklar tuzatilgan va muallif maqola ustida yaxshi ishlagan. Bir oʻqishda yaxshi taassurot qoldirdi. Muallifga omad Mirishkorlik (munozara) 03:41, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Muallif ushbu maqolani Imomqulixon haqidagi ajoyib maʼlumotlar bilan boyitgan boʻlib xatto diplomatik aloqalarni ham goʻzal qilib yozgan. Mirzoulugʻbek |@ 11:32, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. YM kriteriylariga mos holatga keltirilgan. Kagansky munozara 14:15, 12-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilib, maqola statusga mos holatga keltirildi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:27, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.