Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya munozarasi:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar)

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoidalarni rasman qabul qilish uchun ovoz beraylik

[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun! Shaxsiyatlarning ensiklopedik ahamiyati toʻgʻrisida ruwikida qabul qilingan qoidalarni deyarli toʻliq tarjima qildik. Endi ovoz berib, ularni rasman qabul qilib olsak. Quyida ovoz berishingizni/fikr bildirishingizni soʻrayman. Nataev munozara 10:29, 17-Iyul 2021 (UTC)

  1.  Roziman — Jamshid Nurqul (munozara) 10:33, 17-Iyul 2021 (UTC)
  2.  Roziman E'zoza Olimova (munozara) 10:36, 17-Iyul 2021 (UTC)
  3.  Roziman — Xusinboy Bekchanov (munozara) 11:10, 17-Iyul 2021 (UTC).
  4.  Roziman — Muxriddin Azimov (munozara) 14:17, 17-Iyul 2021 (UTC).
  5.  Roziman — Kagansky (munozara) 15:30, 17-Iyul 2021 (UTC)
  6.  Roziman. Malikxan munozara 16:09, 17-Iyul 2021 (UTC)
  7.  Roziman — Alpasli (munozara) 09:34, 3-Dekabr 2022 (UTC)

Shaharlar rahbarlari

[manbasini tahrirlash]

Ruwikida aholisi 100 mingdan oshiq boʻlgan shaharlar rahbarlari haqida maqola yozish mumkin. Biz buni 50 mingga tushirsak boʻladi, menimcha. Nima deysizlar? Nataev munozara 10:29, 17-Iyul 2021 (UTC)

50 minggacha tushirilsa yaxshi ish boʻlardi. — Kagansky (munozara) 15:30, 17-Iyul 2021 (UTC)
Men qarshi emasman. :) Malikxan munozara 16:10, 17-Iyul 2021 (UTC)
Bajarildi! Nataev munozara 03:21, 26-Avgust 2021 (UTC)

 Bajarildi. Taklif qilingan qoidalar rasman qabul qilindi. Bundan nari qoidalarga jamoa roziligisiz biror oʻzgartirish kiritmaymiz. Nataev munozara 03:21, 26-Avgust 2021 (UTC)

Zulfiyachilar haqida

[manbasini tahrirlash]

VP:BIO boʻyicha har bir Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori ensiklopedik ahamiyatga ega emasligi shubhasiz. (Masalan, Shahnoza Samatova.) Ammo shu oʻrinida zulfiyachilar haqida bir qarorga kelishni taklif qilgan boʻlardim.

1-variant
Har bir zulfiyachi haqida VP:BIO asosida qaror chiqaramiz. Shunda Samatova haqidagi maqola oʻchiriladi.
2-variant
VP:BIOga oʻzgartirish kiritib, har bir sovrindor ensiklopedik ahamaiyatga ega, deb qaror chiqaramiz. Bunday qilishning yaxshi jihati — uzwikida maqolalar soni oshadi. Vikipediyamizda qancha maqola koʻp boʻlsa, Google va boshqa qidiruv tizimlarida shuncha koʻp uzwikiga havola chiqadi. Qancha koʻp odam uzqikiga kirsa, shuncha koʻp odam hissa qoʻsha boshlashi mumkin va hokazo. Bu masalada oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrab qolaman.
3-variant
VP:BIOga hech qanday oʻzgartirish kiritmaymiz. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari haqida maqolalarni yaratamiz. Vaqti kelib ularning ichidan birortasi konkret argument keltirilib oʻchirishga taklif qilinsa VP:BIO asosida qaror chiqaramiz. Nataev munozara 05:46, 18-Iyun 2022 (UTC)
  •  Roziman. 2-variant. Umarxon III (munozara) 06:42, 18-Iyun 2022 (UTC).
  • Mavzuga doir nufuzli manbalarning hali kamligi yoki „katta ehtimol“ bilan ularning yaqin kelajakda paydo boʻlib qolishi ehtimoli borligidan, shuningdek WikiStipendiya marafoni davomida koʻp marotaba berilgan takliflarga asosan va Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni ortishini hisobga olgan holda  Roziman. 3-variant. — Kagansky (munozara) 08:08, 18-Iyun 2022 (UTC)
  • Hozirda maqolalar soni koʻpayishiga koʻproq eʼtibor berayotganimizni inobatga olganda ushbu mavzuda maqolalar koʻpayishiga  Roziman. 3-variant. — Muxriddin Azimov (munozara) 15:06, 18-Iyun 2022 (UTC)

Olimlar haqidagi mezonlar

[manbasini tahrirlash]

Bizda olimlar va taʼlim sohasi xodimlar EAni aniqlash uchun qoʻllaniladigan mezonlar ruscha Vikipediyadan tarjima qilingan. Asosan inglizcha Vikipediyadan tarjima qilingan, Oʻzbekiston va umuman Markaziy Osiyo mamlakatlari kontekstiga qisman moslashtirilgan quyidagi mezonlarni qabul qilishni taklif qilaman. Amaldagi mezonlarning ayrimlarini saqlab qoldim.

Nufuzli manbalarga koʻra quyidagi talablardan istalganiga javob beradigan olimlar ensiklopedik ahamiyatga ega. Ushbu shartlarning hech biriga javob bermaydigan olimlar VP:BIO shartlariga yoki boshqa ensiklopedik ahamiyat mezonlariga javob bersalar, ular haqida maqola yaratilishi mumkin. Muayyan shaxs haqida maqola yaratish koʻp jihatdan u haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlash imkoniyating mavjudligiga bogʻliqdir.

  1. Shaxsning tadqiqotlari oʻz sohasida sezilarli taʼsir koʻrsatgan, keng talqin qilingan boʻlsa va buni mustaqil, nufuzli manbalar tasdiqlasa.
  2. Shaxs milliy yoki xalqaro darajada nufuzli ilmiy mukofot (masalan, Nobel mukofoti, Fields medali va hokazo) yoki unvonga sazovor boʻlgan boʻlsa.
  3. Shaxs aʼzo boʻlish oson boʻlmagan va nufuzli ilmiy jamiyat yoki uyushma (masalan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, London qirollik jamiyati va hokazo) yoki aʼzolari saralab olinadigan ilmiy jamiyat (masalan, AQShdagi Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti aʼzosi) aʼzosi boʻlsa.
  4. Shaxsning ilmiy faoliyati oliy taʼlim sohasiga, koʻplab akademik muassasalarga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa.
  5. Shaxs yirik ilmiy muassasa yoki yirik ilmiy jamiyatda eng yuqori darajadagi saylanadigan yoki tayinlanadigan maʼmuriy lavozimda ishlagan boʻlsa; xususan, 5 yildan koʻproq vaqt oldin tashkil etilgan, davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan oliy oʻquv yurtlariga rektorllik qilgan boʻlsa.
  6. Shaxs oʻzining ilmiy faoliyati davomida oʻz sohasi tashqarisida sezilarli taʼsir koʻrsatgan boʻlsa.
  7. Shaxs oʻzi faoliyat yuritadigan sohada yirik, yaxshi tashkil etilgan akademik jurnallar, yirik xalqaro va milliy ilmiy davriy nashrlar, kitoblar turkumlari bosh muharriri yoki muharriri oʻlaroq ishlagan boʻlsa.
  8. Shaxsning kashfiyotlari yoki ixtirolariga nomi berilgan, bunday kashfiyotlar va ixtirolar ushbu nom bilan atalishi maxsus adabiyotlarda muntazam ravishda qayd etilgan boʻlsa.

Nima deysizlar? Tarjima oson boʻlmadi, sababi Gʻarb mamlakatlaridagi tushunchalarning ayrimlari bizga yot. Umuman olganda, yangi mezonlar olimlar uchun EA mezonlarini nisbatan yumshatadi. Nataev munozara 11:58, 23-Noyabr 2022 (UTC)

  • Kriteriyalar juda yumshayib ketgan menimcha, shunday bo'lsa-da —  Roziman. MaxiMillian (talk) 12:20, 23-Noyabr 2022 (UTC)
 Roziman - Xusinboy Bekchanov (munozara) 23:18, 26-Noyabr 2022 (UTC)
 RozimanKhasan azim1 (munozara) 11:43, 2-Dekabr 2022 (UTC)
 Roziman - Jamshid Nurqul (munozara) 09:28, 3-Dekabr 2022 (UTC)
 RozimanDarkHorse(munozara) 09:35, 3-Dekabr 2022 (UTC)
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib  RozimanKagansky (munozarasi) 09:55, 3-Dekabr 2022 (UTC)

 Bajarildi. Nataev munozara 05:57, 13-Dekabr 2022 (UTC)

Qoidaga aniqlik kiritish

[manbasini tahrirlash]

Kishilar haqidagi qoidaning VP:BIZ bandi turli talqinlarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, bir munozarada taʼsischilar EAga ega boʻladi mazmunida tushunishgan ekan. Shuning uchun qoidaning ushbu bandini

Nufuzli manbalar shaxsning kompaniyadagi faoliyati global, milliy iqtisodiyot, yirik mintaqa yoki yirik sanoat iqtisodiyotiga shaxsan taʼsir koʻrsatganini tasdiqlaydigan ta'sischilar, uzoq muddatli (bir necha yillar davomida) yagona rahbarlar va yirik kompaniyalar nazorat qiluvchi aksiyalar paketi egalari deya oʻzgartirishni, mazkur qoidaning ikkinchi bandini esa

korxona natijalariga sezilarli taʼsiri mustaqil nufuzli manbalarda koʻrsatilgan yuqori darajali menejerlar, direktorlar kengashlari aʼzolari va shunga oʻxshash boshqaruv organlari, strategik korxonalar va yirik aksiyalarning egalari va iqtisodiyotning yirik sektoridagi milliy yoki yirik mintaqaviy monopolistlar deya oʻzgartirishni taklif qilaman.

Qoidaning hozirda amal qilayotgan holatini istalgancha talqin qilish hamda taʼsischi maqomidagi istalgan shaxsni EAga egadek koʻrsatish imkoniyati yaratilganga oʻxshayapti. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:22, 13-Iyul 2024 (UTC)