Vikiyangiliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikiyangiliklar
Vikiyangiliklar logosi
Web-manzil www.wikinews.org
Interwiki n:
Asosiy boʻlim Koʻp tilli
Asos solingan sana 2004-yil 8-noyabr
Asoschi Vikimedia jamoati
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikiyangiliklar (viki va yangiliklar soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikinews) — erkin yangiliklar sayti. Vikipediya singari Vikiyangiliklar ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi. Vikipediya asoschilaridan biri Jimmy Wales Vikipediya va Vikiyangiliklar oʻrtasidagi farqni „Vikiyangiliklarda har bir hodisa ensiklopedik maqola emas, balki yangilik shaklida yoziladi“, deya taʼriflaydi.[1] Vikiyangiliklar oʻzining betaraf nuqtai nazar siyosasi bilan Indymedia hamda OhmyNews kabi boshqa fuqarolik jurnalistikasi saytlaridan farq qiladi.[2] Boshqa Vikimedia loyihalaridan farqli oʻlaroq, Vikiyangiliklarda muallif yangi xabarlar va intervyular shaklidagi avval chop etilmagan materillarni qoʻsha oladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Joanna Glasner.. „Wikipedia Creators Move Into News“. WIRED (2004-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 21-aprel.
  2. Aaron Weiss.. „The Unassociated Press“. The New York Times (2005-yil 10-fevral). Qaraldi: 2007-yil 21-aprel.