Kontent qismiga oʻtish

Vikilugʻat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikilugʻat
Vikilugʻat logosi
Web-manzil www.wiktionary.org
Interwiki wikt:
Asosiy boʻlim jami 171 tilda
uz.wiktionary.org
Asos solingan sana 2002-yil 12-dekabr
Asoschi Jimmy Wales va Vikimedia jamoasi
Maqolalar soni 22,211,712
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikilugʻat (viki va lugʻat soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wiktionary) — koʻp tilli, barcha tildagi barcha soʻzni oʻz ichiga olgan lugʻat tuzish maqsadida yaratilgan loyiha. Hozirda Vikilugʻatning 171 tildagi boʻlimi mavjud. Vikipediya singari Vikilugʻat ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yaratiladi. Vikilugʻatda har qanday odam yangi sahifa yarata oladi, borlarini tahrir qila oladi.

Vikilugʻatda tipografik cheklovlar yoʻq. Shuning uchun lugʻatning aksar boʻlimlarida soʻzning izohi bilan birga uning boshqa tillarga tarjimasi, maxsus lugʻatlarda beriladigan qoʻshimcha maʼlumotlar bor.

Oʻzbekcha Vikilugʻat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbek tilining izohli lugʻatini CC BY 4.0 erkin litsenziyasi bilan tarqatish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi Vikimedia Jamgʻarmasiga yozgan maktub

Oʻzbekcha Vikilugʻatga 2005-yil asos solingan. 2014-yilgacha oʻzbekcha boʻlim juda sust rivojlandi. Oʻsha yili Vikilugʻatga bot yordamida 2006–2008-yillarda chop etilgan „Oʻzbek tilining izohli lugʻatida“ berilgan 80 000 dan oshiq soʻz qoʻshildi. Ammo bu harakat rasmiy ruxsatsiz amalga oshirildi. 2015-yil Oʻzbekcha Vikilugʻat bosh sahifasi tubdan oʻzgartirildi.

2024-yil „WikiStipendiya“ loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan 2022-yil chop etilgan lotin yozuvidagi ilk keng koʻlamli izohli lugʻat CC BY 4.0 erkin litsenziyasi bilan ommalashtirilishiga erishildi. Bu holat lugʻatdagi barcha maqolalarni Vikilugʻatga toʻlaligicha kiritish uchun zamin yaratdi.

Hozirda Vikilugʻatning oʻzbekcha boʻlimida 160 dan oshiq tildan olingan soʻzga 115 mingdan oshiq oʻzbekcha izoh bor. Ayni damda Oʻzbekcha Vikilugʻatda 3 nafar administrator faoliyat olib boradi.