Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)
Muharrir(lar) | Abduvahob Madvaliyev va Durdona Xudayberganova |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Izohli lugʻat |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2022 |
Sahifalar soni |
964 (I jild) 1036 (II jild) 844 (III jild) 824 (IV jild) 720 (V jild) 864 (VI jild) |
ISBN |
ISBN 978-9943-8834-4-4 (I jild) ISBN 978-9943-8834-5-1 (II jild) ISBN 978-9943-8834-6-8 (III jild) ISBN 978-9943-8834-7-5 (IV jild) ISBN 978-9943-8834-8-2 (V jild) ISBN 978-9943-8834-9-9 (VI jild) |
„Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ — oʻzbek tilining olti jildli izohli lugʻati. Oʻzbek lotin yozuvida tayyorlangan ilk keng koʻlamli izohli lugʻat. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori insituti hamkorlikda, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan[1].
Lugʻat deyarli toʻliq tarzda 2006—2008-yillarda kirill yozuvida bosilib chiqqan izohli lugʻatga tayanadi. Lotin yozuvidagi nashr avvalgi nashrlarga muharrirlik qilgan Abduvahob Madvaliyev bilan bir qatorda Durdona Xudayberganova tahriri ostida tayyorlangan. Lotin yozuvidagi lugʻatdan kirill yozuvidagi versiyaga kiritilmagan 3 mingga yaqin soʻz oʻrin olgan[2].
Lugʻatga hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng qoʻllaniladigan 80 000 soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid atamalar, ayrim shevaga oid hamda tarixiy va eskicha soʻzlar kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarning qoʻllanishi oʻzbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan.
2024-yil „WikiStipendiya“ loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan lugʻat CC BY 4.0 erkin litsenziyasi bilan ommalashtirildi. Bu holat lugʻatdagi barcha maqolalarni Vikilugʻatga toʻlaligicha kiritish uchun zamin yaratdi.
Jildlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jild | ISBN | Jilddagi maqolalar qamrovi |
---|---|---|
I | ISBN 978-9943-8834-4-4 | A — D |
II | ISBN 978-9943-8834-5-1 | Е — K |
III | ISBN 978-9943-8834-6-8 | L — P |
IV | ISBN 978-9943-8834-7-5 | Q — S |
V | ISBN 978-9943-8834-8-2 | T — V |
VI | ISBN 978-9943-8834-9-9 | X — Ch |
Imlosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lugʻatda 1990-yillarda qabul qilingan qoidalardan farqli oʻlaroq, kirill yozuvidagi „я“ hamda „ё“ harflari undosh harflardan keyin mos ravishda „ya“ va „yu“ oʻlaroq yozilgan. Xususan, oy nomi „sentabr“ emas, balki „sentyabr“ oʻlaroq yozilgan. Shuningdek, qoʻshtirnoqlar 1990-yillarda ishlab chiqilgan punktuatsiya qoidalaridagidek „...“ shaklida emas, balki inglizcha qoʻshtirnoq "..." shaklida yozilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmonova, N. „“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi“. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (1-iyun 2023-yil). Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.
- ↑ „6 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdimoti o‘tkazildi“. Kun (1-iyun 2023-yil). Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.