Vinilidenxlorid
Qiyofa
Vinilidenxlorid, 1,1-dixloretilen, CH2=CCl2 — rangsiz suyuqlik; hidi xloroform hidiga oʻxshab ketadi. Molar massasi 96,94; qaynash harorati 31,7°, zichligi 1212 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havoda oʻz-oʻzidan polimerlanadi, shuning uchun ingibitorlar, masalan, gidroxinon ishtirokida saqlanadi. 1,1,2-trixloretanni degidroxlorlash yoʻli bilan olinadi. Vinilidenxlorid sopolimerlar, polivinilidenxlorid, metilxloroform va boshqa organik birikmalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |