Vitaliy Zaxarov
Vitaliy Georgiyevich Zaxarov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Belarus |
Tavallud sanasi |
1967-yil 18-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati |
Boʻyi | 180 sm |
Vazni | 70 kg |
Sport | |
Qaysi sport | qilichbozlik |
Klubi | (qaysi klub) |
Murabbiy(lar)i | Aleksand Goppe, Anatoliy Novikov |
Medallar | |
2002-yilgi jahon chempionatida bronza medal, Lissabon 2003-yilgi jahon chempionatida bronza medal, Gavana 1998-yilgi Yevropa chempionatida bronza medal Plovdiv 2001-yilgi Yevropa chempionatida oltin medal Koblenz |
Vitaliy Georgiyevich Zaxarov (belaruscha: Віталь Георгіевіч Захараў) – belaruslik qilichboz, Yevropa chempioni (2001), ikki karra jahon chempionati sovrindori (2002, 2003), ikki karra Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (1996, 2000)[1]. Belarusiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2003).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vitaliy Zaxarov 1967-yil 18-dekabrda Fargʻonada tavallud topgan. 1987-yilda Minskka koʻchib oʻtgan.
Sportchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]16 yoshida qilichbozlik bilan shugʻullanishni boshlaydi[2]. Birinchi murabbiyi Aleksandr Goppe boʻlgan. Jahon Kubrasi finalchisi[2], 1996-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori[2]. 1999-yildan boshlab Anatoliy Novikov rahbarligida sport faoliyatini davom ettirdi.
Vitaliy Zaxarov oʻzining eng muhim yutuqlariga 2000-yillarning boshlarida erishgan. 2001-yilda Koblenz shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va finalda italiyalik Paolo Milanolini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyati tufayli Zaxarov Yevropa chempioni boʻlgan birinchi belarus qilichbozi sifatida oʻz nomini tarixga muxrladi. 2002 va 2003-yillarda oʻtkazilgan jahon chempionatlarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sport faoliyatini yakunlagandan soʻng, Vitaliy Zaxarov murabbiylik faoliyatini boshladi. Hozirda Respublika olimpiya zaxiralari tayyorlash markazida zamonaviy beshkurash boʻyicha murabbiy sifatida ish olib boradi.
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zaxarovning soʻzlariga koʻra, qilishbozlikda sportchi koʻp qirrali boʻlishi, raqib tomondan beriladigan barcha zarbalarga tayyor turishi kerak. Vitaliy Zaxarov oʻyinda eng koʻp amalga oshiradigan oʻziga xos uslublardan biri – „flesh“ zarbasidir. Bunda sportchi qilichi bilan toʻsatdan oldinga intiladi va raqibiga tezkor zarba berib, uni noqulay ahvolga solib qoʻyadi. Bu zarbaga qarshi raqib qanday yoʻl tutishidan qatʼi nazar, aksariyat hollarda Zaxarovning ushbu uslubi hamisha unga ochko olib kelgan.
Sport faoliyati davomida Zaxarovning eng kuchli jangi jahon chempionatining bronza medali uchun vengriyalik sportchi bilan kechgan bahsi boʻlgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vitaly Zakharov Olympic Results“. sports-reference.com. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Кислицына Т. Виталий Захаров: Один за всех и все на одного // Спортивная панорама. — 1996. — 19 noyabr (№ 151). — С. 3.
- ↑ [https://www.pressball.by/articles/summer/fencing/7315 „Стрела Виталия Захарова Читать полностью: https://www.pressball.by/articles/summer/fencing/7315“]. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Один за всех“. Во славу Родины. 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- Strela Vitaliya Zaxarova (Wayback Machine saytida 2021-10-24 sanasida arxivlangan)