Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Retsepter

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vladimir Emanuilovich Retsepter
Tavalludi 14-fevral 1935-yil (1935-02-14) (89 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktyor, teatr rejissyori, yozuvchi, Pushkinshunos olim
Faoliyat yillari 1959—hozirgacha

Vladimir Emanuilovich Retsepter[1] (1935-yil 14-fevral, Odessa) – sovet va rus aktyori, rejissyor va yozuvchi, pushkinshunos olim. Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2003), Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti (2000) va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mukofoti (2018) laureati. Butunrossiya teatr jamiyati (1960), SSSR Yozuvchilar uyushmasi (1979) va SSSR Kinematograflar uyushmasi aʼzosi. „Teatr hayoti“ jurnali tahririyati aʼzosi, Sankt-Peterburg Yozuvchilar uyushmasi va Xalqaro PEN-klub aʼzosi.

Vladimir Retsepter 1935-yil 14-fevralda Odessada tugʻilgan. Otasi Emanuel Abramovich Retsepter sovet otliq ofitseri, KPSS aʼzosi boʻlgan. Armiyadan demobilizatsiya qilinganidan keyin turli maʼmuriy lavozimlarda ishlagan. Onasi Yelizaveta Abramovna Dvorkina tarixchi, tarix fanlari nomzodi hamda akademik M.V.Nechkinaning shogirdi boʻlgan.

Vladimir Retsepter 1957-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini, 1960-yilda esa Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. 1959-yildan boshlab u oʻsha paytda bosh rejissyori A.O.Ginzburg boʻlgan M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri sahnasida A.Mixaylovning „Gamlet“ pyesasi tufayli shuhrat qozongan[2]. 1962-yilda Leningrad Bolshoy drama teatriga taklif qilingan. 1964-yildan boshlab u filmlarda rol oʻynagan, Shekspir, Pushkin, Griboedov, Irakliy Abashidze va oʻz pyesalari asosida bir qator bir kishilik spektakllarni sahnalashtirgan. Fyodor Dostoyevskiy muzeyi qoshidagi Lenkonsert adabiy-dramaturgiya studiyasining badiiy rahbari (1977—1984), 1992-yildan Sankt-Peterburgdagi Pushkin nomidagi Davlat teatr markazi va Pushkin maktabi teatri asoschisi va doimiy badiiy rahbari boʻlgan.

„Yoshlik“ (Sheʼrlar – 1988, 10-son), „Yulduz“ (Sheʼrlar – 1994, 8-son), „Rizolik“ (1994, 1-2-son), „Znamya“ (1996, 9-son), „NM“ (Sheʼrlar – 1997, 3-son), „Ogonyok“ (1990, 13-son) jurnallarida shoir, nosir va ocherk muallifi sifatida ijod naʼmunalari chop etilgan. Pushkinshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Boris Pasternakning „Doktor Jivago“ romanining dramatizatsiyasi („Yuriy Jivagoning daftarchasi“) Vladimir Retsepterning oʻzi tomonidan „Liteiny“ da Leningrad drama va komediya teatrida sahnalashtirilgan (1988). Pushkin maktab teatrida 20 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan.

  • Butunrossiya estrada rassomlari tanlovi laureati (1964)
  • Pushkin nomidagi Butunrossiya tanlovi laureati (1970)
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1979-yil 19-sentyabr)[3]
  • Pushkin medali (1999-yil 4-iyun)[4]
  • 1999-yildagi Rossiya Federatsiyasining taʼlim sohasidagi Davlat mukofoti (2000-yil 9-iyun)[5]
  • Znamya fondi mukofoti (2001)
  • Rossiya Federatsiyasining xalq artisti (2003-yil 29-noyabr)[6]
  • Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasining faxriy diplomi (2005-yil 20-aprel)[7]
  • „Shon-sharaf“ ordeni ([2008-yil]] 25-yanvar)[8]
  • „Pushkinga sodiq xizmati uchun“ Yangi Pushkin mukofotining maxsus diplomi (2011)
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorligʻi (2016-yil 3-mart)[9]
  • Rossiyaning madaniy merosini saqlashga qoʻshgan hissasi uchun D. S. Lixachev mukofoti (2016)
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidentining adabiyot va sanʼat sohasidagi bolalar va yoshlar asarlari uchun mukofoti (2018-yil 19-mart)[10][11]
  • Rossiya milliy teatr mukofoti (2018)
  • IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2021-yil 6-aprel)[12]
  1. „Художественный руководитель“. Государственный Пушкинский театральный центр в Санкт-Петербурге. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
  2. Vospominaniya Vladimira Retseptera o tashkentskom teatre, roditelyax, svoyom dede… (Fragmenti iz knigi: Retsepter V. E. Proshedshiy sezon, ili Predlagaemie obstoyatelstva. – L.: Iskusstvo, 1989.) // Moy Tashkent. – 2011. – 11 iyunya.
  3. „Указ Президиума Верховного Совета РСФСР от 19 сентября 1979 года «О присвоении почётного звания заслуженного артиста РСФСР Рецептеру В. Э.»“. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  4. „Указ Президента Российской Федерации от 4 июня 1999 года № 700 «О награждении медалью Пушкина»“. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
  5. „Указ Президента Российской Федерации от 9 июня 2000 года № 1085 «О присуждении Государственных премий Российской Федерации в области литературы и искусства 1999 года»“. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  6. „Указ Президента Российской Федерации от 29 ноября 2003 года № 1416 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  7. „Постановление Законодательного Собрания Санкт-Петербурга от 20.04.2005 N 162“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  8. „Указ Президента Российской Федерации от 25 января 2008 года № 91 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2017-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
  9. „Распоряжение Президента Российской Федерации от 3 марта 2016 года № 38-рп «О поощрении»“. 2018-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  10. „Указ Президента Российской Федерации от 19 марта 2018 года № 104 «О присуждении премий Президента Российской Федерации в области литературы и искусства за произведения для детей и юношества 2017 года»“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  11. „Объявлены лауреаты премий Президента для молодых деятелей культуры и за произведения для детей и юношества 2017 года“. 2018-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  12. Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 6 aprelya 2021 goda № 195 „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Rossiyskoy Federatsii“