Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Solovyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Solovyov
Tavalludi 20-fevral 1942-yil
Ijod qilgan tillari Rus tili va Ingliz tili
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh SSSR bayrogʻi SSSR
Janr proza, publitsistiksa

Vladimir Isaakovich Solovyov (20-fevral 1942-yil, Toshkent) – rus-amerikalik yozuvchi, jurnalist, politolog, memuarist, tanqidchi. Yuzlab maqolalar va koʻplab kitoblar muallifi, baʼzilari rafiqasi Yelena Klepikova bilan birgalikda yozilgan. Kitoblari 13 mamlakatda 12 tilda nashr etilgan – AQSh, Argentina, Braziliya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Finlandiya va boshqalar. U Leningrad va Moskvada yashagan, 1977-yildan beri rafiqasi bilan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Isaakovich 1942-yil 20-fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Uning otasi Isaak Yakovlevich Solovyev (1902–1966) chegara qoʻshinlarida xizmat qilgan, onasi Mariya Zaharyevna Solovyova (1911–1990) hamshira boʻlgan. Vladimir Solovyovning Toshkentda tugʻilishi va yoshligi oʻrta Osiyoda (Toshkent, Frunze) oʻtishi otasining Xitoy va Mo'g'uliston bilan chegaradagi xizmati bilan bogʻliq. Isaak Solovyov podpolkovnik unvoni isteʼfoga chiqqan va 1949-yilda oilasi bilan Leningradga koʻchib oʻtgan. Vladimir Solovyov 1959-yil Leningradda 281-maktabni tugatgan. 4 yildan soʻng oʻzining sobiq sinfdoshi Yelena Klepikovaga uylandi. Rafiqasi ham oʻzi kabi yozuvchi va jurnalist edi.

Vladimir Solovyev oʻzining professional adabiy-jurnalistik va siyosiy faoliyatini 15 yoshida 8-sinf oʻquvchisi boʻlganida Leningradning „Smena“ yoshlar gazetasida, soʻngra shaharning boshqa gazetalarida „Leningradskaya Pravda“ va „Vecherniy Leningrad“ da nashr etish bilan boshlagan[2][3].

Solovyov 1960-yildan boshlab „Smena“ gazetasi shtatida madaniyat va sanʼat boʻlimi muharriri boʻlib faoliyat yuritgan. 1961-yildan 1965-yilgacha A. A. Bransev nomidagi Leningrad yoshlar teatrining adabiy qism mudiri boʻlgan. 1973-yilda teatr, musiqa va kinematografiya institutida „Problematika i poetika pyes Pushkina“ nomli dissertatsiyasini himoya qildi va unga sanʼatshunoslik nomzodi darajasi berildi. Vladimir Solovyovning Pushkin dissertatsiyasi (qisqartirilgan holda) „Voprosi literaturi“, „Teatr“, „Neva“, „Avrora“, „Sever“ jurnallarida chop etilgan[4].

Vladimirning majburiy emigratsiyadan sal oldin Sovet Ittifoqida nashr etishga muvaffaq boʻlgan yagona kitobi „Muza plamennoy satiri“ edi. Kitob shu qadar koʻp va hamma joyda nashr etilib, Vladimir butun mamlakatga taniqli adabiyotchi, badiiy tanqidchi va publitsistga aylandi. Birgina shu kitobi tufayli yozuvchilar uyushmasiga va JSTga (Butunrossiya teatr jamiyati) qabul qilindi[5].

Munozarachi Vladimir Solovyovning debyuti adabiy emas, balki koʻproq ijtimoiy-siyosiy sohada edi. U atigi oʻn toʻqqiz yoshida „Komsomolskaya Pravda“ bahsida qatnashgan[6].

Vladimirning polemik mahoratiga namunasi sifatida ushbu gazetada bir-biriga bogʻliq ikkita maqolani misol qilish mumkin. „V zashitu Sergey Dovlatova“[7] va „V zashitu Vladimir Solovyov“[8] nomli maqolalari keyinchalik Yelena Klepikova bilan birgalikda yozgan „Bit Sergeyem Dovlatovim. Tragediya veselova cheloveka“ kitobiga kiritilgan (2014)[9].

  1. Иванян Э. А.. Энциклопедия российско-американских отношений. XVIII-XX века.. Москва: Международные отношения, 2001. ISBN 5-7133-1045-0. 
  2. Журнал «Смена», 4 ноября 1962
  3. Газета «Комсомольская правда», 26 декабря 1961
  4. Газета «Правда» 12 апреля 1976 г.
  5. „The New York Times. May 4, 1977“. 2018-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
  6. Газета «Комсомольская правда», 5 апреля 1961 г.
  7. Газета «Новое русское слово», Нью-Йорк, 27 мая 1992 г.
  8. Газета «Новое русское слово», Нью-Йорк, 14 июля 1992 г.
  9. „Ex Libris — Независимая газета, 20 октября 2016 г.“. 2016-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.