Vladimir Vapnik
Vladimir Vapnik | |
---|---|
Tavalludi |
6-dekabr 1936-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR AQSh |
Akademik rahbarlari | Lerner Aleksandr Yakovlevich |
Vladimir Naumovich Vapnik (6-dekabr 1936-yil) – sovet va amerikalik matematik, mashina oʻrganish nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Aleksey Chervonenkis bilan birgalikda empirik maʼlumotlardan bogʻliqlikni tiklash boʻyicha statistik nazariyani ishlab chiqqan va (Vapnik- Chervonenkis nazariyasi) bu empirik xavfni minimallashtirish tamoyilini asoslagan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Vapnik 1943–1953-yillarda Toshkentdagi 18-maktabda tahsil olgan[1]. 1958-yilda Samarqand shahridagi Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Vapnik 1964-yilda menejment muammolari institutida (Moskva) texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun A. Y. Lerner rahbarligi ostida izlanishlar olib bordi[2]. 1984-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[3].
Naumovich 1990-yildan beri AQShda istiqomat qiladi. Vladimir Bell laboratoriyasida (1990–2002), NECda (2002-yildan) ishlagan. U qoʻllab-quvvatlovchi vektor mashinasi algoritmining hammualliflaridan biridir. Shuningdek, 1995-yildan beri Xollovey qirollik kollejida (London universiteti) va 2003-yildan Nyu-Yorkdagi Columbia universitetida professor lavozimida faoliyat olib borgan.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naumovich 2000-yilda Hava Sigelmann qoʻllab-quvvatlovchi vektorli klasterlashni ishlab chiqdi.
2002-yilda AT&Tni tark etdi va Nyu-Jersidagi NEC Laboratoriesga aʼzo boʻldi va Machine Learning guruhida ishladi.
Vapnik 2014-yil 25-noyabrda Facebook AI Research kompaniyasiga qoʻshildi va u yerda oʻzining uzoq yillik hamkorlari Jeyson Veston, Léon Bottou, Ronan Kollobert va Yann LeKun bilan birga ishladi. 2016-yilda Peraton Labs kompaniyasiga ham aʼzo boʻldi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Vapnik Gabor mukofoti[4], Kanellakis mukofoti (2008)[5], Frenk Rozenblatt mukofoti (2012), Benjamin Franklin medali (2012), C&C mukofoti (NEC, 2013), Campe de Ferrier mukofoti (2014) va Jon fon Neyman medali (2017) bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Астрофизик Рашид Сюняев о присуждении ему медали Франклина“. Газета.Ru. 2013-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
- ↑ „Vladimir Vapnik“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Диссертация на тему «Принцип структурной минимизации в задачах восстановления зависимостей по эмпирическим данным» автореферат по специальности ВАК 05.13.01 - Системный анализ …“. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
- ↑ „INNS.org - Award Recipients“. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
- ↑ „Award Recipients | IEEE Computational Intelligence Society“. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.