Kontent qismiga oʻtish

Vladislav Malenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vladislav Malenko
Tavalludi
Владислав Валерьевич Маленко

1971-yil 25-yanvar
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Shoir, rejissyor, aktyor
Otasi Valeriy Malenko

Vladislav Valerevich Malenko (tugʻ. 1971-yil 25-yanvar, Moskva) – rus shoiri, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2023), qissanavis, prodyuser, rejissyor, aktyor. Moskvadagi Sergey Yesenin davlat muzeyi badiiy rahbari[1][2]. Moskva shoirlar teatrining asoschisi va badiiy rahbari. Leonid Filatov nomidagi Butunrossiya yosh she’riyat va dramaturgiya festivalining badiiy rahbari (Rossiyaning yosh shoirlari she’riyat festivali), Birinchi kanalning teledastur boshlovchisi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rus tili va Rossiya Federatsiyasi xalqlari tillarini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha Kengash aʼzosi[3][4].

1971-yil 25-yanvarda Moskvada tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1988-yilda boshlagan. 1988-yildan 1989-yilgacha Moskvadagi „Grotesk“ teatr-studiyasida aktyor va sahna ishchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1989-yildan 1991-yilgacha Sovet Armiyasining Taman gvardiya diviziyasi qoʻshinlarida (hamxizmati Denis Zolotuxin boʻlgan), keyinchalik esa Moskva harbiy okrugi qo‘shiq va raqs ansambli safida xizmat qilgan. 1991-yildan 1995-yilgacha Moskvadagi Kichik teatr qoshidagi Shepkin nomidagi Oliy teatr bilim yurtida tahsil olgan (professor Nikolay Afonin kursi). 2010-yil – Rossiya Yozuvchilar uyushmasi Moskva shahar tashkiloti prezidiumi aʼzosi etib saylandi.

Ijtimoiy pozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladislav 2022-yil mart oyida Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini qoʻllab-quvvatlovchi murojaatga imzo qoʻydi[5]. 2022-yil 23-sentyabrda u „Umumxalq fronti“ (ONF) tomonidan tashkil etilgan va Ukrainaning bosib olingan hududlarini Rossiyaga qoʻshib olish referendumlariga bagʻishlangan „Oʻzimiznikini tashlab ketmaymiz“ nomli konsertda chiqish qildi[6].

2023-yil 29-sentyabrda Qizil maydonda Rossiya tomonidan Ukraina hududlarini oʻziga qoʻshib olishi munosabati bilan oʻtkazilgan „Bir mamlakat, bir oila, bir Rossiya“ nomli konsertda soʻzga chiqdi[7].

Aktyor 2024-yilda Rossiya Prezidentligiga nomzod Vladimir Putinning ishonchli vakili sifatida faoliyat yuritgan[8][9].

  1. „Указ Президента Российской Федерации от 26.01.2023 № 37 "О награждении государственными наградами Российской Федерации.“ (ru). 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Дом-музей С. А. Есенина“. 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  3. „Филатов-Фест“. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  4. „Свои“. 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  5. „Свыше 150 деятелей культуры поддержали президента и спецоперацию на Украине“ (ru). ИА REGNUM. 2022-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  6. „Слезы под песню SHAMAN, пламенная речь Петренко. Митинг на Манежной площади «Своих не бросаем»“. StarHit (2022-yil 23-sentyabr). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  7. "Odna strana, odna semya, odna Rossiya"
  8. „О регистрации доверенных лиц кандидата на должность Президента Российской Федерации Владимира Владимировича Путина“. cikrf.ru (2024-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  9. „О регистрации доверенных лиц кандидата на должность Президента Российской Федерации Владимира Владимировича Путина“. cikrf.ru (2023-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.[sayt ishlamaydi]