Vodiy al-Quraga ikkinchi yurish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vodiy al-Quraga ikkinchi yurish
Sanalar Milodiy 628-yil yanvar (hijriy 6-yil 10-oy)
Urush yeri Vodiy al-Qura
Natija Musulmonlarning hujumi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, 30 otliqdan iborat dushman qoʻshini oʻldirilgan[1]
Qoʻmondonlar
Zayd ibn Horisa Nomaʼlum

Vodiy al-Quraga ikkinchi yurish – milodiy 628-yilning yanvari (islom taqvimiga koʻra, hijriy 6-yilning 9-oyi)da boʻlib oʻtgan harbiy harakat[2][3][4]. Harbiy harakat mobaynida Zayd ibn Horisa yoki Abu Bakr Siddiqqa pistirma uyushtirish orqali qilingan hujumga javoban qasos olish maqsadida amalga oshirilgan. Musulmonlar tunda uxlab yotgn paytida ularga qarshi hujum qilingan, bosqinda toʻqqiz nafar musulmon halok boʻlgan, Zayd ibn Horisaning oʻzi bir qancha jarohat olib, qutulib qolgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayd ibn Horis bir kuni Suriyaga savdo safariga chiqqan, u bilan birga Muhammadning sahobalari uchun ham yetarli mol-mulk bor edi. Zayd Vodiy al-Qura yaqinida boʻlganida Banu Badr qabilasining Fazora urugʻidan boʻlgan guruh vakillariga toʻqnash kelgan. Qabila aʼzolari Muhammad va uning hamrohlariga hujum qilgan va ulardagi barcha mol-mulkni tortib olishgan[5].

Hujum oqibatida Muhammadning ayrim hamrohlari halok boʻlgan, Zayd ibn Horisa yarador holda olib ketilgan. Shundan keyin bu voqeadan qattiq gʻazablangan Zayd Banu Fazora ahli bilan toʻqnash kelib, ulardan oʻch olmaguncha boshini poklik uchun yuvmaslikka qasam ichgan (yaʼni jinsiy aloqadan tiyilishga ont ichgan)[6].

Qasos hujumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayd ibn Horisa jarohatidan tuzalgach, bomdod namozidan soʻng uning boʻlinmasiga dushmanga hujum qilish buyrugʻi berilgan. Vodiy al-Qurada musulmonlar ularga hujum qilib, katta talofat yetkazgan. Dushmanlardan baʼzilari oʻldirilgan, boshqalari esa asirga olinadi. Hammasi boʻlib 30 otliq, jumladan, Ummu Qirfa ismli kampir ham oʻldirilgan.

Ummu Qirfa Uyaynaning xolasi boʻlgan. Zayd Ummu Qirfaning qizini ham asir qilib olgan va uni Muhammadga topshirgan, paygʻambar esa qizni musulmon asirlari evaziga makkaliklarga qaytargan (Sahihi Muslim hadislar toʻplamidan).

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, 395-bet (online)
  2. Atlas of the Quran, Shawqī Abū Khalīl, Pg 242
  3. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. 
  4. Muḥammad Ibn ʻAbd al-Wahhāb, Mukhtaṣar zād al-maʼād, p. 345.
  5. Sirat Halabiyya 2/192
  6. Tabari Vol.8:Page.96