Volf Leyzer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volf Leyzer
לייזער וואָלף
Asl ismi Eliezer Mekler
Tavalludi 1909-yil 12-yanvar
Vafoti 1943-yil
Samarqand, SSSR
Ijod qilgan tillari Yahudiy, idishcha
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, SSSR va Polsha[1]
Faoliyat yillari 19361943

Leyzer Mendelevich Volf (idishcha: לײזער װאָלף asl ismi Mekler; 1909-yil 12-yanvar, Vilnyus, Rossiya imperiyasi – 1943-yil, Samarqand yaqini, SSSR) – yahudiy shoiri, „Jung Vilne“ adabiy guruhining asoschilaridan biri[2], territorializm tarafdori[3]. Yahudiy tilida ijod qilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1909-yil 12-yanvarda (eski yil hisobi boʻyicha) Vilnyus shahrida rassom Mendel Aronovich Mekler va Ita Meerovna Kovalskaya oilasida tugʻilgan. Leyzer Volf 4-farzand boʻlgan. 1924-yilda oila Vilkomirskaya koʻchasi, 28-uyda yashagan. Volf Leyzer yahudiy davlat maktabining oltinchi sinfigacha oʻqigan, adabiyot darslaridan tashqari deyarli barcha darslarni tashlab ketgan[2]. Oiladagi doimiy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻqishni davom ettira olmaydi va otasiga yordamchilik qiladi[4].

U maktabda oʻqib yurgan kezlarida sheʼr yozishni boshlagan. Oʻn olti yoshida Varshavada chiqadigan „Литерарише блетер“ gazetasida oʻzining birinchi sheʼri „Зеленеющая радость“ (1926) nashr etilgan. Uning sheʼrlari 1920-yillarning oxiridan 1940-yilgacha deyarli har hafta Vilner tog gazetasida nashr etilgan, 1934—1936-yillarda u eng koʻzga koʻringan shaxslardan biri boʻlgan, shuningdek, Jung Vilne guruhining Vilna nashri hammuharriri boʻlgan[5].

1939-yil oxirigacha Leyzer Vilnyusda yashagan, keyin Belystokga koʻchib oʻtgan. 1940-yil martigacha Dnepropetrovskda, 1940-yil kuzidan esa Novomoskovskda yshaydi. Bu vaqtda ogʻir turmush va moliyaviy sharoit tufayli u deyarli asar yozish bilan shugʻullanmadi. 1941-yilning yozida u Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan. Samarqandda turli zavod va kolxozlarda ishlagan. Samarqanddan 70 km uzoqlikdagi kolxozda[6] ochlikdan vafot etgan[2].

Akasi – meʼmor Xaim Mendelevich Mekler.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leyzer Volf sheʼriyati satira va parodiya, haqiqatning achchiq ironiyasi bilan ajralib turadi. Shoir rang-barang, tez oʻzgaruvchan obrazlarni qora yumor, ochiq-oydin istehzo orqali mahorat bilan uygʻunlashtirgan[7][8].

Sheʼriy toʻplamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Шварце перл“ („Qora marvaridlar“, Vilnyus, 1939);
  • „Лирик ун сатире“ („Lirika va satira“, Moskva, 1940);
  • „Ди бройне бестие“ („Jigarrang hayvon“, Moskva, 1943);
  • „Лидер“ („Sheʼrlar“, 1955, vafotidan keyin).

Tanlangan asarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Balladalar va sheʼrlar: „Эрдиш“ („Yer“), „Менахем Мендл ун Шейне Шейндл“, „Тевье дер милхикер“, „Эйропеише сонетн“ („Yevropa sonetlari“), „Эвигинга“ (Taqlid).
  • Dramaturgiya: „Мотке Хабад“ komediyasi (Byalistok, 1940), „Дритер тейл Фауст“ („Faustning uchinchi qismi“), „А малех ойф дер эрд“ („Yerdagi farishta“) dramatik sheʼrlari va boshqalar;
  • Romanlar: „Мизрех ун майрев“ („Sharq va Gʻarb“, Vilnyus, 1939) va boshqalar.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Avrom Sutzkever oʻzining „Wooden Steps“ sheʼrida Leyzer Volf haqida eslatib oʻtadi[9] va unga butun bir elegiyasini bagʻishlaydi („Leiser Wolf“) [10] .
  • Maykl Asturning sheʼriyatida „Leiser Wolf“ mavzusi uchraydi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 Justin Daniel Cammy. „Volf, Leyzer“ (en). Encyclopedia of Jews in Eastern Europe. YIVO. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-dekabr.
  3. Michael Astour. „Leyzer Volf [Lazar Wolf“] (en). Khulyot Journal of Yiddish Research (1996). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-dekabr.
  4. „Автобиография Лейзера Вольфа“. 2013-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-dekabr.
  5. „The Modernists“ (en). Yiddish Book Center (2011-yil 15-fevral). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-dekabr.
  6. Corey Fischer. „Why Yiddish?“ (en). The Jewish Theater. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-dekabr.
  7. Leonard Prager. „From «Kalevala» to «Evigingo»“ (en). Yiddish Literature and Language. «The Mendele Review» (1997-yil 12-iyun). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-dekabr.
  8. Justin Daniel Cammy, Ruth R. „'Yung-Vilne': A cultural history of a Yiddish literary movement in interwar Poland“ (en). Research Gate. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-dekabr.
  9. А. Суцкевер. „Wooden Steps“ (en). UC-Press E-Books Collection. University of California Press (1979). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-dekabr.
  10. 10,0 10,1 H.Hollander. „Hulyot 3: Aviv 1996“ (en). Henry Hollander. Bookseller. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]