Vosit Vohidov koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Uzunligi | 2 km |
Avvalgi nomlari | Karl Libknext koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Vosit Vohidov |
Vosit Vohidov koʻchasi – Yakkasaroy tumani hududida. Shota Rustaveli va Rakatboshi koʻchalari oraligʻida. 1925-yil tashkil topgan. Uzunligi 2 km atrofida.
Akademik Vosit Vohidov nomi bilan ataladi. 1995-yil 24-iyulda Karl Libknext koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan[1].
Koʻcha yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari mavjud. Koʻcha yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Amaliy sanʼat muzeyi, Ruminiya, Italiya va Bolgariya davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, „Grand Mir“ (sobiq „Rossiya“) mehmonxonasi, yahudiylar sinagogasi, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bor.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vosit Vohidov koʻchalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.