Kontent qismiga oʻtish

Vosita kelishigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grammatikada vosita kelishigi yoki vosita-qurol kelishigi gapdagi shaxsning biror ish-harakatni bajarishida vosita sifatida ishlatilinadigan otga (yaʼni vositaga) qoʻshiladigan kelishik qõshimchasidir. Misol: „Oʻquvchi qalamla yozmoqda“; bu gapda shaxs – oʻquvchi boʼlib, qalam soʼziga (xuddi Turkchadagi kabi) -la qoʼshimchasining qoʻshilgani qalamning vosita ekanligini anglatadi. Vosita kelishigi turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlariga xos boʻlgan. Vosita kelishigining shakli Qadimgi Turk tilida -n, -in, -ïn, -un, -ün qoʻshimchalari bilan hosil boʻlgan: arzu+n, adaq+in, til+in, qol+un, köz+ün kabi. Bu kelishik Oʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tilning boshqa yodgorliklarida, „Qutadgʻu bilig“ va „Devonu lugʻatit-turk“ asarlarida ancha keng isteʼmolda boʻlib, vositani bildirishdan tashqari boshqa, ancha keng maʼnolarga ham ega boʻlgan. Masalan: 1. Qurolni, vositani bildiradi, yaʼni ish-harakatning amalga oshuvi vosita kelishigidagi soʻzning ifodalagan narsasi yordamida, vositasida boʻladi: Az tutuqigʻ aligin tutdi (Oʻrxun-Enasoy) – „Azlar garovini qoʻli bilan tutdi“. 2. Ushbu qoʻshimchalar shuningdek birgalik kelishigining oʼrnida ham qoʼllanilgan.