Vrotslav gnomlari
Vrotslav gnomlari (polyakcha: Wrocławskie krasnale, krasnoludki) — mitti bronza haykalchalarining nomi. Bu haykallar 2001-yildan beri Vrotslav shahri koʻchalarida oʻrnatilgan. Ularning soni doimiy ravishda oʻsib bormoqda: 2016-yilda shaharda 385 ta gnom mavjud edi[1].
Gnomlarning tarixi 1980-yillarga borib taqaladi. Oʻsha vaqtlarda Polshaning bir qancha shaharlari, asosan, Vrotslavda yashirincha faoliyat koʻrsatgan, keyinchalik heppening harakatiga aylangan „Orange Alternative“ning ramziy timsollaridir. Ilk boʻyalgan gnomlar harakat rahbari, „mayor“ laqabli Valdemar Fidrichning gʻoyasi bilan paydo boʻlgan[2]. Eng mashhur tomosha 1987-yil 1-iyunda tashkil etilgan gnomlarning namoyishi boʻldi.
2001-yilda Vrotslav markazida „Orange Alternative“ga yodgorlik oʻrnatildi. Bu haykal 40 sm balandlikdagi bronzadan quyilgan gnom boʻlib, bosh barmoq shaklidagi tagkursiga turadi. U muallifi vrotslavlik yosh haykaltarosh Olaf Bjeski tomonidan yasalgandi. Keyinchalik, yodgorlik „ota gnom“ laqabini oldi (polyakcha: Papa Krasnal). Chunki, aynan shu haykaldan soʻng, Vrotslav shaharlarida gnomlar „avlodlari“ paydo boʻlgan[3].
2005-yilda shahar hokimiyati vrotslavlik boshqa bir haykaltarosh Tomaş Mochek bilan hamkorlik oʻrnatdi va shahar landshaftiga mos keladigan gnomlarning yangi haykalchalarini yasash buyurtmasini berdi. U balandligi 30 sm.dan 40 sm.gacha boʻlgan dastlabki beshta bronza haykalchani yaratdi va ularning har biriga oʻziga xos xususiyatni berishga harakat qildi. Mittilar shaharning markaziy koʻchalariga joylashdilar; Mochekning oʻziga koʻra, u ular „har doim shu yerda boʻlgan“ degan taassurot yaratishga harakat qilgan[4]. Ular orasida „Sizif“ (polyakcha: Syzyfki) — tosh sharni bir-biriga aylantirayotgan ikkita gnom, keyinchalik eng mashhur va taniqli haykallardan biriga aylandi[5].
Yangi haykallarning ommaviy paydo boʻlishi 2006-yilga toʻgʻri keladi. Haykallarni joylashtirish boʻyicha ishlarga turli muassasalar hamda shirkatlar homiylik qilingan. Natijada, Vrotslavda buyurtma bergan kompaniyalarning ixtisosligiga mos keladigan turli kasblarni namoyon etuvchi koʻplab gnomlar paydo boʻldi[6].
Vaqt oʻtishi bilan gnomlar Vrotslavning haqiqiy ramzi va shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biriga aylandi. Shaharda turli gnomlarni topishga yordam beradigan, shuningdek, ularning har birining shaxsiy tarixini tavsiflovchi maxsus xaritalar, ekskursiyalar va broshyuralar mavjud.
Vrotslavda muntazam ravishda yangi gnomlar oʻrnatib kelinishi barobarida, eskilari buziladi, baʼzida oʻgʻirlab ketiladi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Joanna Strutyńska. „Krasnale we Wrocławiu. Zobacz jak powstają!“ (pl). Wrocław.esca.pl (2016-yil 26-fevral). Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- ↑ „Социальные гетто андеграунда“ (ru). Qaraldi: 2011-yil 22-mart.
- ↑ „Pomnik Krasnala Pomarańczowej Alternatywy“ (pl). 2017-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
- ↑ Tomasz Moczek. „O projekcie“ (pl). Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- ↑ „Syzyfki“ (pl). VisitWrocław.eu. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- ↑ „Wrocławski Festiwal Krasnoldków już za pasem“ (pl). Wrocław.pl (2014-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- ↑ „More about number of dwarfs“. krasnale.pl. 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
"Pyastoslav I Oltin"
-
"Sizif"
-
"Professor"
-
"Suv tashuvchisi"
-
"telba"
-
„Mahbus“ (eski shahar qamoqxonasi derazasida)
-
"Gnom ota"
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Карта местонахождения гномов“. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- „Галерея вроцлавских гномов“ (pl). Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- „Сайт Томаша Мочека“ (pl). Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.