Vuzetka
Vuzetka (polyakcha: wuzetka) — Varshavadan kelib chiqqan qaymoqli shokoladli biskvit va qaymoqli tort. Uning nomi, ehtimol Varshava Sharqiy-Gʻarbiy viyadukidan (Trasa WZ) kelib chiqqan boʻlib, yonida qandolatchilik doʻkoni joylashgan. Ushbu qandolatchilik do`koni birinchi marta 1940-yillarning oxirida shirinliklarni sotishni boshlagan. Varshava oshxonasi uchun anʼanaviy shirinlik, faqat Varshavadagi kafe va restoranlar dasturxoniga tortiladii, ammo tez orada u butun Polshada sevimli uy shirinligiga aylandi. Vuzette — qayta tiklangan Varshavaning ramzi[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shirinlik 1940-1950-yillar oxirida Varshavada endigina tashkil etilgan qandolatchilik doʻkonlaridan birida paydo boʻlgan. Biroq, nomining aniq kelib chiqishi bahsli. Tarixchilar va baʼzi manbalar tort, ehtimol, qandolatchilik yonida oʻtgan Varshava Sharqiy-Gʻarbiy (Trasa WZ) nomini olgan, deb extimol qilishadi[2]. Boshqa manbalarda bu nom Varshava qandolat fabrikalari (Warszawskie Zakłady Cukiernicze) yoki „shokoladli tortlar“ (wypiek z czekolad) degan maʼnoni anglatuvchi „WZC“ qisqartmasidan kelib chiqqanligini taʼkidlaydi[3]. „Kremikli pishiriqlar“ (wypiek z kremem) qisqartmasi ham ishlatish mumkin[4].
Qandolat doʻkoni, ehtimol, yaqin joyda yoki Varshavaning Muranov tumanidagi Anders koʻchasi, 5-uyda joylashgan Kino Muranow binosida joylashgan boʻlishi mumkin[5].
Tayyorlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki dona kvadratsimon shokolad, bugʻdoy uni, tuxum, shakar va kakaodan tayyorlanadi. Aralashma pechda 180 °C daraja issiqlikda 20-30 daqiqa davomida pishiriladi[6]. Keyin pishirilgan qatlamlar punshga botiriladi. Yuqori qatlam yupqa qatlamli marmelad yoki murabbo bilan qoplanadi, soʻngra qalin shokoladli pomadka bilan qoplanadi. Magʻzi 36% koʻpirtirilgan qaymoq, shakar kukuni va jelatindan iborat[7]. Tort anʼanaviy tarzda qaymoq bilan qoplanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sladkie simvoli Polshi
- ↑ „Wyborcza.pl“. warszawa.wyborcza.pl.
- ↑ „Niezwykłe "wuzetki" to jeden z symboli Warszawy, lubicie? Ich historia jest zaskakująca“ (deadlink). WawaINFO. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-10-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Wuzetka: królowa warszawskich kawiarni“. komplet.pl/. 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ garów, Autor: królestwo „Wuzetka“.
- ↑ „Słynna wuzetka — domowe ciasto jak z cukierni, które uratuje jesień“. www.ofeminin.pl (2-avgust 2018-yil).
- ↑ „CIASTO WZ – NAJLEPSZY PRZEPIS“. przepisyjoli.com.