Vyacheslav Apasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Vyacheslav Apasov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Borisovich Apasov
Tavallud sanasi 14-noyabr 1959-yil
Tavallud joyi Novosibirsk RSFSR SSSR
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978 Avangard Barnaul
1980 SKA Novorsibirsk 44 (15)
1981 Dinamo Barnaul 12 (2)
1981—1984 Kuzbas 127 (9)
1985 Temp Klub Barnaul
1986 Dinamo Barnaul 24 (6)
1987—1988 Metallurg Novokuznetsk 27 (1)
1988 Navbahor 18 (4)
1889—1993 Dinamo Barnaul 61 (23)
1994 Pllimer Barnaul
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vyacheslav Borisovich Apasov (1959-yil 14-noyabr, Novosibirsk SSSR) — sovet va rus futbolchisi, futzal sport turida ham faoliyat olib borgan, faoliyati davomida himoyachi va hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apasov Novorsibirsk futboli tarbiyalanuvchsi hisoblanadi. Faoliyati davomida asosan Barnaul jamoalarida toʻp surgan. Professional faoliyatini 1978-yilda „Avangard Barnaul“ jamoasida boshlagan. „Avangard Barnaul“ jamoasi havaskor klub boʻlib, asosan RSFSR chempionatida ishtirok etgan. 1980-yilda SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi „SKA Novorsibirsk“ jamoasi (baʼzi manbalarda „Chkalovets“[1] nomi bilan qayd etilagn) safiga oʻtdi[2]. Keyinchalik SSSR Birinchi Ligasi ishtirokchisi Barnaulning „Dinamo“ va „Kuzabas“ jamoalari safida 1981—1984-yillar oraligʻida toʻp surdi. 1988-yilgi mavsumda Oʻzbekiston SSR jamoasi, Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi va bir mavsum davomida SSSR Ikkinchi ligasida shu jamoa safida oʻynadi. Navbahor jamoasidan soʻng sobiq jamoasi „Dinamo Barnaul“ klubi safiga qaytdi. Dinamo jamoasi safida ilk bor yangi tashkil etilgan Rossiya birinchi ligasida 1992—1993-yillarda toʻp surdi. Dinamo jamoasidan soʻng maʼlum vaqt havaskor jamoalarda toʻp surdi va 1995-yilgi mavsumda Nazarovaning „Viktoriya“ klubi safida Rossiya Ikkinchi ligasida oʻynadi. Vyacheslav faoliyatini 1996—1997-yilgi mavsum soʻngida, havaskorlar jamoasi Barnaulning „Polimer“ klubida yakunladi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng maʼlum vaqt, 2003/04-yilgi mavsumda u „Gorizont“ klubi tarkibida Barnaulning futzal chempionatida oʻynagan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]