Walter Ayoví
Walter Orlando Ayoví Corozo (talaffuzi: Valter Orlando Iovi Karoso; 1979-yil 11-avgustda Ekvadorning Kamarones shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi va yarim himoyachi. U Ekvador terma jamoasida oʻynagan. 2002—2014-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Walter Orlando Ayoví Corozo | ||
Tavallud sanasi | 11-avgust 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Esmeraldas, Ekvador | ||
Boʻyi | 1.71 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Monterrey Flash | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2001 | Rocafuerte | ||
Emelec | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2002 | Emelec | 87 | (8) |
2003—2005 | Barcelona SC | 102 | (17) |
2004—2005 | → Al Wasl (ijara) | 14 | (7) |
2006—2008 | El Nacional | 94 | (12) |
2009—2013 | Monterrey | 174 | (13) |
2013—2015 | Pachuca | 73 | (4) |
2015 | Sinaloa | 14 | (1) |
2016—2017 | Monterrey | 39 | (1) |
2017—2018 | Guayaquil City | 36 | (2) |
2022— | Monterrey Flash | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2001—2017 | Ekvador | 121 | (8) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Walter Ayoví „Emelec“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2000-yilda u Ekvador A seriyasida klub safida debyut qilgan va darhol jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Jamoa tarkibida u 2001—2002-yillarda ikki marta Ekvador chempionligini qoʻlga kiritgan. Walter Ayoví oʻz oʻyini bilan Yevropa klublari eʼtiborini tortgan, xususan, yarim himoyachiga Germaniyaning „Armenia“ va „Mainz 05“ futbol klublari qiziqish bildirishgan.
2003-yilda Walter Ayoví mahalliy „Barcelona“ futbol klubiga oʻtgan, ammo yangi jamoa bilan unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan. 2005- yilda Walter Ayoví „El Nacional“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va u bilan oʻsha yili uchinchi marta Ekvador chempionligini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil 7-iyulda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Walter Ayoví Ekvador terma jamoasida debyut qilgan. Oʻsha yili Walter Ayoví Amerika kubogida ishtirok etgan. 2002-yilda u milliy terma jamoaning Jahon chempionatiga yoʻl oladigan tarkibiga kiritilgan. U turnirga zaxira oʻyinchisi sifatida olib ketilgan va birorta oʻyinda qatnashmagan. Walter Ayoví 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun ham muntazam ravishda milliy terma jamoaga chaqirilgan, ammo jamoaning yakuniy tarkibiga kiritilmagan.
2007-yil 6-iyunda Amerika kubogiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Kolumbiyaga qarshi bahsda Walter Ayoví debyut golini kiritgan. Turnirning oʻzida u Meksika va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.
Walter Ayoví 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi asosiy figuralardan biri edi.
2011-yilda u Amerika kubogida ishtirok etgan[1][2]. Turnirda Iovi Braziliya, Paragvay va Venesuela bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[3].
2014-yilda Walter Ayoví terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritilgan edi[4][5]. Turnirda u Shveysariya, Gonduras va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6].
2015-yilning yozida Walter Ayoví Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda u Chili, Boliviya va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9].
2016-yilda Walter Ayoví beshinchi marta AQShda oʻtkazilgan Amerika kubogida ishtirok etgan[10][11]. Turnirda u Braziliya, Peru, Gaiti va AQSH jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
Emelec | Ekvador | 2000—2002 |
Barcelona | 2003—2004 | |
Al-Wasl | Birlashgan Arab Amirliklari | 2004—2005 |
Barcelona | Ekvador | 2005 |
El Nacional | 2006—2008 | |
Monterrey | Meksika | 2009—2013 |
Pachuca | 2013—2015 | |
Dorados | 2015 | |
Monterrey | 2016—2017 | |
Guayaquil City FC | Ekvador | 2017—2018 |
Real Acuña | Meksika | 2021 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Бразилия VS. Эквадор 4:2“. soccerway.com (14 июля 2011). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun.
- ↑ „Парагвай VS. Эквадор 0:0“. soccerway.com (3 июля 2011). 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun.
- ↑ „Венесуэла VS. Эквадор 0:3“. soccerway.com (9 июля 2011). 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyun.
- ↑ „Honduras 1-2 Ecuador“. BBC (2014-yil 21-iyun). 2015-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „Switzerland 2-1 Ecuador“. BBC Sport (2014-yil 15-iyun). 2014-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „Эквадор VS. Франция 0:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 26-iyun). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-iyun.
- ↑ „Чили VS. Эквадор 2:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 12-iyun). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-iyun.
- ↑ „Мексика VS. Эквадор 1:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 19-iyun). 2017-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-iyun.
- ↑ „Эквадор VS. Боливия 2:3“ (ru). soccerway.com (2015-yil 15-iyun). 2015-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-iyun.
- ↑ „Эквадор VS. Гаити 4:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 13-iyun). 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.
- ↑ „Эквадор VS. Перу 2:2“ (ru). soccerway.com (2016-yil 9-iyun). 2016-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.
- ↑ „Бразилия VS. Эквадор 0:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 5-iyun). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.
- ↑ „США VS. Эквадор 2:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 17-iyun). 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.