Kontent qismiga oʻtish

Waltraud Nowarra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Waltraud Nowarra (qizlik familyasi: Schameitat, 1940-yil 14-noyabr — 2007-yil 27-oktabr) — nemis ayol shaxmatchisi, xalqaro ayol ustasi (WIM, 1966) unvoniga ega. U Sharqiy Germaniya ayollar chempionatining yetti karra gʻolibi boʻlgan (1958, 1961, 1962, 1963, 1967, 1968, 1968).

Waltraud Nowarra
Mamlakat

Germaniya Demokratik Respublikasi

Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
Tugʻilishi 14-noyabr 1940-yil
Köslin, Polsha
Vafoti 27-oktyabr 2007-yil(2007-10-27)
(66 yoshda)
Dresden, Germaniya
Saravha Xalqaro ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

1960-yillarda Nowarra Sharqiy Germaniyadagi yetakchi shaxmatchilardan biri edi. U Sharqiy Germaniyaning ayollar oʻrtasidagi shaxmat chempionatida yetti marta gʻoliblikka erishadi, jumladan: 1958, 1961, 1962, 1963, 1967, 1968 va 1968-yillardagi ishtiroki ahamiyatlidir. Shuningdek, Waltraud Nowarra bitta kumush (1957) va ikkita bronza (1959, 1973) medallarini qoʻlga kiritgan.[1] 1966-yilda Waltraud Nowarra shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining mintaqaviy turnirida gʻolib boʻladi. 1967-yilda u Subotica shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidaa nomzodlar turnirida ishtirok etadi va 10-oʻrinni egallaydi.[2] 1970-yilda Waltraud Nowarra Valentina Borisenko bilan Halle shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro ayollar shaxmat turnirida qatnashib, birinchi oʻringa nomzod boʻladi va taybrek natijasiga koʻra, Valentina Borisenko tomonidan magʻlubiyatga uchraydi. Ammo, 1972-yilda Piotrkow Trybunalski shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro ayollar shaxmat turnirida Waltraud Nawarra birinchi oʻrinni egallaydi.

Nowarra Ayollar shaxmat olimpiadalarida Sharqiy Germaniya terma jamoasi safida bir nechta musobaqalarda ishtirok etgan. Quyida u ishtiroketgan turnirlarlar keltirib oʻtilgan:[3]

  • 1963-yilda Split shahrida oʻtkazilgan II Shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) ikkinchi taxtani egalladi (+6, =2, −2) va jamoaviy bronza va shaxsiy bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
  • 1966-yilda Oberxauzendagi 3-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) ikkinchi taxtada dona surdi (+1, =2, −3) va jamoaviy bronza medalini qoʻlga kiritdi.
  • 1969-yilda Lublin shahridagi IV Shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtani egalladi (+5, =3, −2),
  • 1972-yilda Skopyedagi 5-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtada oʻynadi (+2, =0, −4).

1966-yilda Waltraud Nowarra FIDE xalqaro ayol shaxmat ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.