Wang Xinxin
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 27-aprel 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Shenyang, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.82 m (5 ft 11.7 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2001 | Liaoning Youth | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2008 | Liaoning F.C. | 155 | (30) |
2005 | → Shenzhen Jianlibao (Ijara) | 17 | (2) |
2009—2016 | Tianjin TEDA | 161 | (13) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2002—2009 | Xitoy | 5 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2019—2020 | Guizhou Hengfeng | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2016-yil 15-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 8-noyabr uchun) |
Wang Xinxin (talaffuzi: Van SinSin) (1981-yil 27-aprelda Shenyang shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbol murabbiyi va sobiq xalqaro futbolchi. U oxirgi marta Xitoyning birinchi ligasidagi Guizhou Hengfeng klubini boshqargan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wang Xinxin oʻz faoliyatini Liaoning FC bilan boshlagan, ularning yoshlar jamoasi orqali rivojlangan va 2002-yilda oʻzini darhol kattalar jamoasiga qoʻshilishga loyiq ekanligini isbotlagan, u yerda Wang yigirma beshta oʻyin oʻtkazgan va debyut mavsumida toʻqqizta gol urgan[1]. Hujumkor yarim himoyachi sifatida Wang Xitoy Superligasining amaldagi chempioni Shenzhen Jianlibaoning qizqishiga sabab boʻlgan, u 2005-yil liga mavsumi boshida Shenzhenga ijaraga oʻtgan. Yangi klubida u avvalgi mavsumdagi muvaffaqiyatini takrorlay olmagan va uning jamoasi mavsumni oʻn ikkinchi oʻyinda yakunlagan[2]. Shenzhen Jianlibao bilan oʻzining omadsiz mavsumidan soʻng, Wang Xinxin Liaoning FCga qaytib kelgan va u yerda 2008-yilgi mavsumda Liaoning quyi ligaga tushib ketgunga qadar uch mavsum davomida harakat qilgan.
Wan Xinxin 2009-yilgi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandan soʻng Tianjin TEDAga toʻrt million yuanga oʻtgan[3]. Turnir doirasida u toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan, „Tianjin“ guruh bosqichida ishtirokini yakunlagan, ammo Wang Xinxin jamoaning muhim aʼzosiga aylangan. Jamoa 2009 yilgi liga mavsumda oltinchi oʻrinni egallagan[4]. Biroz vaqt oʻtgach xitoylik sobiq murabbiy Arie Xoan jamoaga kelib, Wang Xinxinni jamoa sardoriga aylantirgan. Oʻsha mavsum Tianjin ikkinchi oʻrinni egallagan va 2011-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan, Wang Xinxin ikki oʻyinda jamoaga sardorlik qilgan, ular soʻnggi nimchorak finalda musobaqani tark etishgan. Wang jamoasi bilan2011-yilgi Xitoy FA kubogi finalida „Shandong Luneng Taishan“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba qozongan.
Wang 2016-yil iyul oyida nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[5].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 26-noyabrda Wang Guizhou Hengfeng jamoasining murabbiyi etib tayinlangan[6].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Lyaoning" futbol klubidagi professional futbolchilik faoliyatini boshlaganidan soʻng, Wang tezda Xitoy milliy futbol jamoasining eʼtiborini tortgan va yangi tayinlangan vaqtinchalik murabbiyi Shen Xiangfu uni 2002-yil 7-dekabrda Suriyaga qarshi oʻzining birinchi tarkibiga kiritgan. Oʻsha oʻyinda Wang oʻz mamlakati uchun birinchi golini ham kiritgan[7]. Yana bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng, u jamoadan chetlatilgan. Wang „Tianjin“ga qoʻshilganidan keyingina terma jamoaga yana bir bor chaqirilgan, 2009-yil 29-may kuni Germaniyaga qarshi oʻyinda yangi bosh murabbiy Gao Xongbo uni oʻyinchilar roʻyhatiga kiritgan[8].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | FA kubogi | Osiyo | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Liaoning FC | 2002 | 25 | 9 | - | 25 | 9 | |||
2003 | 26 | 9 | - | 26 | 9 | ||||
2004 | 20 | 2 | 0 | 0 | - | 20 | 2 | ||
Shenzhen Jianlibao | 2005 | 17 | 2 | 3 | 1 | 6 | 1 | 26 | 4 |
Liaoning FC | 2006 | 28 | 2 | 1 | 0 | - | 29 | 2 | |
2007 | 28 | 4 | - | - | 28 | 4 | |||
2008 | 28 | 4 | - | - | 28 | 4 | |||
Tianjin TEDA | 2009 | 28 | 3 | - | 4 | 0 | 32 | 3 | |
2010 | 29 | 3 | - | - | 29 | 3 | |||
2011 | 19 | 0 | 3 | 3 | 2 | 0 | 24 | 3 | |
2012 | 30 | 3 | 1 | 0 | 5 | 0 | 36 | 3 | |
2013 | 25 | 1 | 2 | 0 | - | 27 | 1 | ||
2014 | 22 | 2 | 0 | 0 | - | 22 | 2 | ||
2015 | 7 | 1 | 1 | 1 | - | 8 | 2 | ||
2016 | 1 | 0 | 2 | 1 | - | 3 | 1 | ||
Jami | 333 | 45 | 13 | 6 | 17 | 1 | 363 | 52 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tianjin TEDA
- Xitoy FA kubogi : 2011[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Wáng, Xīnxīn“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „China 2005“. rsssf.com (2006-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Wáng, Xīnxīn“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „China 2009“. rsssf.com (2010-yil 23-aprel). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „35岁王新欣退役赴欧洲深造 恒大海归新星回归泰达“. ifeng.com (2016-yil 15-iyul). Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
- ↑ „恒丰宣布前泰达队长成新任主帅“. sina.com.cn (2019-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
- ↑ „China PR 3-1 Syria“. teamchina.freehostia.com (2002-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „China PR 1-1 Germany“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 29-may). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
- ↑ „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (zh). Sports.sina.com.cn (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.