Xalifa Muhammad Xusayn madrasasi
Madrasa | |
Xalifa Muhammad Xusayn madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Xalifa Muhammad Xusayn |
Homiylar | Xalifa Muhammad Xusayn |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Xalifa Muhammad Xusayn madrasasi — Samarqand madrasasi. Xalifa Muhammad Xusayn madrasasi Qoʻshhovuz guzarida Xalifa Muhammad Xusayn tomonidan bunyod etilgan[1]. Mazkur madrasada Xalifa Muhammad Xusayn tomonidan guzarida xonaqoh, masjid va talabalar uchun madrasa bunyod etilgan. Madrasa bunyodkori oʻzi ham talabalarga ushbu madrasada hidoyat ilmidan saboq bergan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. N. P. Ostroumovning 1914-yilgi hisobotiga koʻra madrasa Xalifa Xasan madrasasi sifatida koʻrsatilib, 1858—1859-yillar bunyod etilgan boʻlib, vaqf mulki koʻrsatilmagan. Mazkur madrasaga oid 1888—1890-yillarga oid vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Madrasa uchun Oftobroʻya volosti uchun Xurmi oqsoqolligi Xoja Panja qishlogʻida 150 tanob yer va 1 ta tegirmon, Sharqi oqsoqolligini Mindana qishlogʻida 100, Qoʻshtut volostida Hisor qishlogʻida 100 tanob vaqf yerlari ajratilgan. Madrasa bunyodkori Shayx ul-islom hazrat Xalifa Muhammad Xusayn naqshbandiya-mujaddiya yoʻnalishi vakillaridan biri boʻlgan. U tariqatda Xalifa Muhammad Siddiqdan taʼlim oladi. U Samarqandda faoliyat olib boradi va tariqat ahliga murshidlik qiladi. Mazkur madrasa oldida xonaqoh ham bunyod ettiradi. Xalifa Muhammad Xusayn 82 yoshida 1834-yilda vafot etgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalifa Muhammad Xusayn madrasasi ikki qavatdan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.