Xalonen Tarya
XALONEN (Halonen) Tarya (24-dekabr 1943-yil, Xelsinki) — Finlandiya davlat arbobi. Xelsinki universitetini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi (1968). Faoliyatini Finlandiya talabalar milliy uyushmasi kotibligidan boshlagan. 1970-yillarda Finlandiya kasaba uyushmalari markaziy tashkilotida advokat, Finlandiya bosh vaziri huzurida parlament kotibi, 1979-yildan parlamentda Finlandiya sotsialdemokratik partiyasidan deputat. 1985-yildan parlamentning ijtimoiy masalalar boʻyicha komissiyasi raisi, 1987-yildan Finlandiya ijtimoiy taʼminot va sogʻliqni saqlash ikkinchi vaziri, adliya vaziri (1990—91), 1995-yildan tashqi ishlar vaziri. 2000-yil 6-fevral
dan Finlandiya Respublikasi prezidenta. XALS, Gals (Hals) Frans (taxminan 1581—85, Antverpen — 28-iyun 1666-yil, Xarlem) — golland rassomi, portret ustasi; Yevropa realistik sanʼatining yirik namoyandasi. Xalonen ijodida burjua inqilobi gʻalabasidan keyin yuzaga kelgan golland sanʼatiga xos boʻlgan koʻtarinkilik, hayot zavqi va demokratizm oʻz aksini topgan; rassom boʻyoq dogʻlarini erkin qoʻllash orqali inson ruhiyatini tasvirlash koʻlamini kengaytirdi, koʻproq tasvirlanayotgan shaxsning ichki ruhiyatidagi yorkin lahzani badiiy muhrlashga intildi. 20-yillarda portretlar bilan bir qatorda janrli lavhalar ham yaratdi, muqaddas zotlar real hayotdan olingan oddiy odamlar qiyofasida tasvirlandi ("Yevangelist Luka", "Yevangelist Matfey", taxminan 1623—25 yillar), golland jamiyatidagi ijtimoiy tiplar obrazlari galereyasi yuzaga keldi ("V. van Xeytxeyzen", taxminan 1625—26; "Loʻli", "Mulat", taxminan 1630 va boshqalar). Guruh portretlar ustida izlangan rassom tasvirlariga hayotiylik va haqqoniylik baxsh etdi ("Avliyo Adrian oʻqchilar rotasi zobitlari guruh portreti", 1633; "Avliyo Georgiy oʻqchilar rotasi zobitlari", 1639 va boshqalar). 40-yillardan portretlarida psixologik holatlar chuqurlashdi ("Avliyo Yelizaveta kasalxonasi regentlari", 1641), asarlari koloritida kumusheimon kulrang tuslar ortib bordi. Soʻnggi davrlarda yaratilgan oq va qora ranglar keskinligiga asoslangan asarlarida chorasizlik va tushkunlik kayfiyatlari koʻzga tashlanadi ("Qariyalar uyi regentlari", 1664). Xalonen ijodi Gʻarbiy Yevropa realistik sanʼatining choʻkqilaridan biri boʻlib qoldi. Shogirdlari orasida A.Brauer, akauka A. va I.Ostadelar, Ya.Sten va boshqa bor. Asarlarinint koʻp qismi Xarlemdagi Xalonen muzeyida sakdanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |