Kontent qismiga oʻtish

Helsinki

Koordinatalari: 60°10′15″N 24°56′15″E / 60.17083°N 24.93750°E / 60.17083; 24.93750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xelsinkidan yoʻnaltirildi)
Helsinki

fin: Helsinki
shvedcha: Helsingfors
respublika ahamiyatiga ega shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
60°10′15″N 24°56′15″E / 60.17083°N 24.93750°E / 60.17083; 24.93750
Mamlakat Finlandiya
Hukumat
Asos solingan 1550-yil
Avvalgi nomlari Gel'singfors
Maydon 2,138 km2 (825 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Fin tili, Shved tili
Aholisi
 (2021)
658 864
Zichligi 3071 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi +358 9
Helsinki xaritada
Helsinki
Helsinki

Helsinki Helsingfors - Finlandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 551,1 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalkdro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqgisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyulozaqogʻoz sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Intlar, Musiqa akademiyasi, opera va milliy teatrlar, milliy, shahar, badiiy, tarixetnografiya muzeylari, zoologiya va botanika bogʻlari, yirik konsert zallari bor. Metropoliten kurilgan.

Helsinkiga 1550-yilda VantaYoki daryosining quyilish joyida asos solingan va dastlab Gamelstat deb atalgan. Finlandiya Rossiyaga qoʻshib olinib (1809) Buyuk Finlandiya knyazligi tuzilgach, 1812-yilda mamlakat poytaxti Turku (Abo) shahridan Helsinkiga koʻchirildi. 1917-yil dekabrda mamlakat mustakllligi eʼlon kilingach, Helsinki Finlandiya Respublikasi poytaxti. Helsinkida xalqaro uchrashuv, sʼyezd, konferensiya va kengashlar boʻlib oʻtadi, Jahon Tinchlik kengashi kotibiyati joylashgan.

Helsinki — zamonaviy shahar. Shahar markazida Shved teatri binosi, Sokos univermagi, Parlament binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, universitet binosi, prezident saroyi, ratusha, Shahar dumasi uyi va boshqa saqlangan. Helsinki — turizm markazi.

Helsinki (fin. Helsinki; shved. Helsingfors) — Finlandiyaning poytaxti va katta shahri. Mamlakatning janubida, Fİn koʻrfazi qirgʻogʻida joylashgan.