Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro Nordik Universiteti (XNU, NIU)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro Nordik Universiteti
Xalqaro Nordik Universiteti
Xalqaro nomi
Nordic International University
Shiori Intilganga tole yor
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 08.08.2022
Rektori Sherzod Mustafakulov
Fakultetlar 2 ta
Bakalavriat 12 ta yoʻnalish
Magistratura 6 ta mutaxassislik
Manzili
Veb-sayti nordicuniversity.org

Xalqaro Nordik universiteti (ing. Nordic International University) – Finlandiya va boshqa Shimoliy Yevropa mamlakatlarining taʼlim sohasidagi ilgʻor yutuqlariga asoslangan, xususan maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim muassasasini oʻz ichiga olgan Oʻzbekistondagi ilk zamonaviy xususiy taʼlim klasteridir. Universitet Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining markazida joylashgan. Xalqaro Nordik Universiteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining № 034528 raqamli litsenziyasi[1] asosida oʻz faoliyatini boshlagan[2].

Xalqaro Nordik Universiteti ochilish marosimi

Universitet missiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda ilmiy – akademik jarayonlar ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uygʻun integratsiyalashuvi asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, bilim va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida urgʻu qaratiladi.

Universitet tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 27-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Finlandiya tashqi ishlar vazirlarining siyosiy maslahatlar boʻyicha 10-yigʻilishida Shimoliy Yevropa mamlakatlarining taʼlim sohasidagi ilgʻor yutuqlariga asoslangan zamonaviy xususiy oliy taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shu asosda Xalqaro Nordik Universiteti Toshkent shahrida Finlandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti (UAS)[3], Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu[4] (SYK) umumtaʼlim maktabi, „Nokia“ transmilliy korporasiyasi, Finnish Water Forum[5] tashkiloti va ISKU kompaniyalarining[6] bevosita qoʻllab-quvvatlashlari negizida Finlandiyaning taʼlim sohasidagi ilgʻor yutuqlariga asoslangan holda faoliyat boshladi. 2022-yil 8-sentyabr kuni Finlandiyaning taʼlim sohasidagi ilgʻor yutuqlariga asoslangan holda tashkil etilgan Xalqaro Nordik Universitetining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi[7].

Universitetning tashkiliy tuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetning oliy organi universitet asoschilaridan tarkib topgan Universitetning Boshqaruv kengashi hisoblanadi. Rektor, iqtisodiyot fanlari doktori Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich universitet faoliyatining barcha jihatlarini nazorat qiladi. Universitetning kollegial boshqaruv organi universitet rahbariyati va yetakchi professor-oʻqituvchilardan tashkil topgan Universitet Kengashi hisoblanadi. Universitet faoliyatining ayrim yoʻnalishlarini prorektorlar amalga oshiradi: akademik va yoshlar ishlari boʻyicha prorektor shuningdek moliya ishlari boʻyicha prorektor.

Universitet boʻlimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Akademik ishlar departamenti;

• Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti;

• Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish departamenti;

• Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti;

• HR va kadrlar malakasini oshirish departamenti;

• IT departamenti.

• Moliya va rejalashtirish departamenti

• Xalqaro aloqalar departamenti

• Operatsion department

• Qabul jarayonlarini tashkil etish departamenti[8].

Universitet markazlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Axborot-kutubxona markazi.

• Raqamli transformatsiya markazi

• Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Talaba tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gumanitar va ijtimoiy fanlar

Universitet fakultetlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti

• Magistratura fakulteti

Universitet kafedralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Pedagogika kafedrasi;

• Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi;

• Xorijiy tillari kafedrasi;

• Raqamli texnologiyalar kafedrasi.

• Musiqa ta’limi kafedrasi

• Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi

• Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi

Universitet maktablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Foundation maktabi[9]

Universitet oʻquv jarayonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Nordik Universitetining oʻquv jarayonlaridagi asosiy strategik hamkorlaridan biri – Finlandiyaning Karareliya amaliy universitetidir.[10] Taʼlim dasturlari va metodologiyasi, nou-xau, taʼlimni boshqarish tizimi, oʻqituvchilar malakasini oshirish va boshqa sohalarda Kareliya UAS tajribasidan keng foydalaniladi. Taʼlim jarayoni ushbu universitet bilan tuzilgan 2+2 va 3+1 dasturlari asosida amalga oshiriladi. Taʼlimning global tendensiyalari, kadrlarga boʻlgan talablar va yoshlarning kelajak umidlarini tahlil qilgan holda zamonaviy yoʻnalishlarda raqobatdardosh kadrlar tayyorlaydi. Darslar mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Shuningdek, oʻquv jarayonlari chet el biznes amaliyotchilari, xalqaro hamkorlar ishtirokida xorijda stajirovka, ish oʻrganish, master-klass va startaplarni rivojlantirish bilan birga olib boriladi.

1-4-kurslarda oʻqish davomida ingliz, rus tillaridan tashqari fin tili oʻrgatiladi. Barcha yoʻnalishlar talabalariga yozgi taʼtilda Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi davlatlarda ish va sayohat (Work and Travel) dasturlarida qatnashish imkoniyati yaratiladi. 2-kursdan keyin oʻqishni Finlandiya universitetlarida davom ettirib, ikki tomonlama (double degree) diplom olish mumkin.

Universitetda taʼlim jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim standartlari talablarini inobatga olingan holda ishlab chiqilgan va Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq oʻzbek tili va boshqa tillarda tashkil etiladi. Universitetda taʼlim raqamli texnologiyalar, vebinarlar, „blended learning“ va boshqa zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi. Universitetda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini inobatga olgan holda, Universitet va uning xorijiy hamkorlari tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar – potensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan taʼlim grantlari, yoshlarni oʻqitish uchun ajratiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Kuzgi semestr: oktabr – fevral oyining boshi (2 haftalik qishki taʼtilini hisobga olgan holda); Bahor semestri: mart – iyun. Oʻquv dasturlari zamonaviy talablarga javob beradi – oʻquv jarayoni talabalar va ish beruvchilarning talab va takliflariga muvofiq tahlil qilish orqali takomillashtiriladi.

Taʼlim yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Iqtisodiyot

2. Moliya va moliyaviy texnologiyalar

3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

4. Boshlang‘ich ta‘lim

5. Maktabgacha ta‘lim

6. Maxsus pedagogika

7. Psixologiya

8. Xorijiy til va adabiyoti

9. Kompyuter injiniringi

10. Jurnalistika

11. Biznesni boshqarish

12. Musiqa ta'limi

13. Sanoat muhandisligi va menejmenti

14. Amaliy matematika

15. Turizm va mehmondo’stlik

16. Tarix

Magistratura mutaxassisliklari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Pedagogika

2. Jurnalistika

3. Xorijiy til va adabiyoti

4. Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta'lim)

5. Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim)

6. Jahon iqtisodiyoti

7. Iqtisodiyot

8. Turizm va mehmondo’stlik

9. Musiqa ta’limi va san’at

10. Amaliy matematika

11. Kompyuter injeniringi

12. Ma’lumotlar ilmi (Data science)

Universitetga qabul qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iyun oyida, rejalashtirilgan oʻquv yilining boshlanishidan oldin, abituriyentlar universitetga hujjatlarini topshirishadi. Kirish imtihonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi (dtm.uz).Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari hamda toʻlov-shartnoma miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadi.

Universitetning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda har yili iqtidorli 5 nafargacha talabaga universitet granti asosida oʻqish imkoniyati beriladi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida

Map

iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalarga oʻqish uchun belgilangan toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma beriladi.

Universitetning xalqaro hamkorligi va aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Nordik Universitetining asosiy strategik hamkorlaridan biri – Finlandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetidir. Finlandiyaning transmilliy texnologik korporatsiyasi hisoblangan Nokia Xalqaro Nordik universitetiga oʻz strategik maqsadlarini amalga oshirishda asosiy hamkorlardan biridir. Bizness-inkubator, xorijda stajirovka, master-klasslar tashkil etishda yaqindan yordam beradi. Kelgusida yanada kuchliroq hamjamiyatni yaratish, yosh kadrlarni oʻqitish va salohiyatini birlashtirish orqali tizimlarga innovasiyalar kiritish, bulutli mahalliy yechimlar taqdim etish, jamiyatning taraqqiyotiga katta turtki boʻladigan yangi ilovalar ustida ishlash imkonini beradi. Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) umumtaʼlim maktabi oʻz oʻquvchilarini milliy imtihonga yoki Xalqaro bakalavr diplomiga tayyorlaydi. Har ikkalasi ham oʻquvchilarga universitetga kirish malakasi va imkoni beradi. Ayniqsa, IB (Xalqaro bakalavr) talabalarga dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun noyob imkoniyat beradi. Kelgusida universitetda ushbu maktab bilan hamkorlikda Xalqaro Nordik fin maktabi tashkil etiladi. Universitetning xalqaro hamkorlari – Finnish Water Forum va ISKU kompaniyalari talabalarning oʻquv amaliyotlarini oʻz bazalarida tashkil etishga koʻmaklashadilar. ISKU kompaniyasi oliygoh va uning qoshida tashkil etilishi rejalashtirilgan maktab binolari dizayni, oʻquv va boshqa jihozlari hamda aksessuarlarini fin talablari asosida tashkil etish boʻyicha strategik hamkordir. Universitetga Finlandiyadagi eng yaxshi tajriba, dizayn va texnologiyalar asosida zamonaviy kampusni loyihalash va barpo etishda yordam beradi.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet Talabalar shaharchasi kelgusida Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun chinakam fin oʻquv binolari dizayni va oʻquv xonalari, laboratoriyalar hamda oʻquv mebellari va aksessuarlari bilan tanishish uchun ochiq osmon ostidagi koʻrgazma zali boʻlib xizmat qiladi. Universitet talabalarga qator imkoniyatlarni taqdim etadi. 1-4-kurslarda oʻqish davomida ingliz, rus tillaridan tashqari fin tili mukammal oʻrgatiladi. Barcha kurslar boʻyicha taʼlim yoʻnalishidan qatʼiy nazar yozgi taʼtilda tanlov asosida Finlandiya, Shvesiya, Norvegiya va Daniya kabi davlatlarda ish va sayohat (work and travel) dasturlarida qatnashish imkoniyati beriladi. 2+2, 3+1 qoʻshma dasturlari asosida 2-kursdan keyin oʻqishni Finlandiya universitetlarida davom ettirib, ikki tomonlama (double degree) diplom olish mumkin. Bakalavr bosqichidan soʻng hamkor xorijiy davlatlardagi yetakchi kompaniyalarda ishlash yoki oʻz biznes start-up loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini ham taqdim etiladi. Oliygohda mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchilar, chet el biznes amaliyotchilari talabalarni natijalarga qadar olib boradilar. Xalqaro hamkorlar koʻmagida xorijda stajirovka, ish oʻrganish, master-klass, startaplarni rivojlantirish, kelajakda xorijda ishga joylashtirishga koʻmaklashiladi. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli (yuqori GPA koʻrsatkichi bilan) tugatganlar uchun magistraturani Finlandiyada imtiyoz asosida oʻqib kelish imkoniyatlari beriladi.[11]

  1. Xalqaro Nordik Universiteti „Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya“. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  2. „https://nordicuniversity.org/about.html“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  3. „Karelia UAS“.
  4. „Xelsinki Finlandiya qo'shma ta'lim maktabi“.
  5. „Finnish Water Forum“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  6. „Isku komaniyasi rasmiy sayti“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  7. https://uzreport.news/society/toshkentda-xalqaro-nordik-universitetining-tantanali-ochilishi-bolib-otdi
  8. „Universitet bo'limlari“. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  9. „Foundation maktabi rasmiy telegram kanali“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  10. Kareliya amaliy fanlar universiteti
  11. „nordicuniversity.org/site/regulatory-documents“.[sayt ishlamaydi]