Xalqaro hunarmandchilik festivali
Xalqaro hunarmandchilik festivali — Qoʻqon shahrida har ikki yilda oʻtkaziladigan hunarmandchilikka asoslangan festival.
International Festival of Handicrafts Xalqaro Hunarmandchilik festivali | |
---|---|
Holat | Faol |
Janri | Festival |
Oʻtkazilishi | Har ikki yilda bir marotaba |
Lokatsiya | Qo'qon |
Kordinata | 40°32′20″N 70°56′20″E / 40.53891262091091°N 70.93879870321106°E |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Tashkil etilishi | 1-noyabr 2018-yil |
Founders | Sa'ad Hani al-Qaddumi va Shavkat Mirziyoyev |
Eng soʻnggi tadbir | 21-23-sentyabr 2023-yil |
Members | Dunyo boʻylab 78 ta davlat aʼzo |
Veb-sayt | https://handicrafters.uz/ |
Oʻtkazilish sanalari hukumatning tegishli buyruq va qarorlari asosida oʻzgartirilishi mumkin! |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻqon shahrida ilk bor hunarmandchilik festivali 2019-yil 10-15-sentabr kunlari Xudoyorxon Oʻrdasi atrofidagi bogʻ hududida Sharq va Gʻarbni tutashtirgan Buyuk Ipak yoʻlini ochib bergan, barcha xalqlarni bozor iqtisodiyotida azaldan muhim hisoblangan hunarmandchilikni keng targʻib qilish, hunarmandchilik anʼanalari va maktablarini saqlash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy oʻrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish va mahorat darslari tashkil etish, ushbu sohadagi iqtidorli hunarmandlarni ragʻbatlantirish, hunarmandchilik tarixi, maktabi va uslublari hamda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrnini mukammal oʻrganish, qadimiy hunarmandchilik va amaliy sanʼatga oid qoʻlyozma va sir-asrorlarni toʻplash, yosh avlod qalbida hunarmandchilik sanʼatiga boʻlgan qiziqishlarni shakllantirish, hunarmandchilik yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, hunarmandchilikning sharq va gʻarb madaniyati, iqtisodiyotidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirish, oʻzbek xalqi hamda boshqa xalqlarning hunarmandchilik anʼanalarini qamrab olish, ular bilan ilmiy, ijodiy muloqotlar oʻtkazish va hamkorlik qilish maqsadida tashkil etilgan[1].
Festival doirasida tashkil etiladigan tadbirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Festival doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
— Mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari koʻrgazma savdosi.
— Usta hunarmandlar tamonidan maxorat darslari va treninglar.
— Xalqaro hunarmandchilik boʻyicha muzey ochilishi
— 20 ta shahar merlari ishtirokida „Hunarmand shaharlar“ forumi
— Festivalda ilmiy-amaliy konferensiyalar
— Festivalda taniqli estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar va tomoshalar
— Parad yurishlar
— Xorijlik va Oʻzbekistonlik hunarmandlar ishtirokida „Kokand fashion“ haftaligi
— Mahalliy oshpazlar oʻrtasida osh pishirish boʻyicha bellashuvlar
— Kulolchilik va hunarmandchilikka oid kitoblar taqdimoti[2].
Mukofot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, haykalcha va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
„Eng yaxshi hunarmand“ nominatsiyasi boʻyicha — 15 000 AQSh dollari;
„Eng yosh hunarmand“ nominatsiyasi boʻyicha — 10 000 AQSh dollari;
„Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi“ nominatsiyasi boʻyicha — 10 000 AQSh dollari;
„Qadimiy sulola davomchisi“ — 5 000 AQSh dollari;
„Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand“ — 5 000 AQSh dollari.
Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar hay’at aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan mohir hunarmandlarni taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar taʼsis etishlari mumkin.
Festivalning har bir ishtirokchisiga Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi[3].