Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro savodxonlik kuni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xalqaro savodxonlik kuni
Rasmiy nomi ing. International Literacy Day

isp. Día Internacional de la Alfabetización fr. la Journée internationale de lʼalphabétisation arab. اليوم العالمي للتحصيل‎ xit. 国际扫盲日

Turi YuNESKOning xalqaro kunlari
Sana 8-sentyabr

Xalqaro savodxonlik kuni (BMTning rasmiy tillarida: ingliz: International Literacy Day, arab: اليوم العالمي للتحصيل, ‎ispan Día Internacional de la Alfabetización, xit: 国际扫盲日, frans: la Journée internationale de l'alphabétisation ) – 8-sentyabr kuni nishonlanadi. Har yili nishonlanadigan Xalqaro savodxonlik kuni 1965-yil 8-sentyabrda Tehronda savodsizlikni yoʻq qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan taʼlim vazirlarining Butunjahon konferensiyasi tavsiyasiga koʻra  1966-yilda YUNESKO tomonidan eʼlon qilingan. 8-sentyabr – mazkur anjumanning tantanali ochilish kuni sifatida tarixga muhrlangan hamda YUNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan jamiyatda savodxonlikni yoyish borasidagi sa’y-harakatlarini faollashtirishga qaratilgan.

  • 2002-yilda BMT Bosh Assambleyasi (No A/RES/56/116 rezolyutsiyasi) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Savodxonligining o‘n yilligini e’lon qilgan
  • Keyingi yili Bosh Assambleya (No A/RES/57/166 rezolyutsiyasi) BMT Bosh kotibi tomonidan taqdim etilgan ,,BMT savodxonlikligining oʻn yilligi boʻyicha harakat rejasi”ni maʼqullagan va YUNESKOni o‘n yillik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni xalqaro miqyosda rag‘batlantirish va jonlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ deb e’lon qilgan. Shu kuni savodsizlikka qarshi kurash bo‘yicha eng samarali tashabbuslarni e’tirof etish uchun YUNESKOning maxsus mukofotlari (har biri 15 000 dollar) berilgan. Bular birinchi navbatda Shimoliy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy mamlakatlaridagi loyihalar bo‘lgan[1] .

2016-yilda ko‘plab mamlakatlarda ,,O‘tmishni o‘qib, kelajakni yozamiz” shiori ostida ushbu xalqaro kunning 50 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazilgan.

Statistik maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda ellikka yaqin davlatlar boshlang‘ich taʼlimga universal kirish imkoniyatini taqdim etgan. 2005-yilda dunyo bo‘ylab katta yoshlilarning taxminan 20 foizi savodsiz deb topilgan.

Xalqaro kun uchun yillik mavzular

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2006-yil – ,,Savodxonlik barqaror rivojlanishni ta’minlaydi”;
  • 2007-yil – ,,Salomatlik va savodxonlik”;
  • 2008-yil – ,,Savodxonlik va salomatlik”;
  • 2009-yil – ,,Savodxonlik shaxsiy imkoniyatlarni kengaytiradi”;
  • 2010-yil – ,,Ayollar uchun savodxonlikning ahamiyati”;
  • 2011-yil – Savodxonlik va dunyo;[2][3]
  • 2013-yil – ,,XXI asr savodxonligi sari rivojlanish”[4];
  • 2014-yil – ,,Savodxonlik va barqaror rivojlanish”;[5];
  • 2015-yil – ,,Savodxonlik va barqaror jamiyatlar”;
  • 2016-yil – ,,O‘tmishni o‘qish, kelajakni yozish”;
  • 2017-yil – ,,Raqamli dunyoda savodxonlik”;[6]
  • 2018-yil – ,,Savodxonlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish;[7]
  • 2019-yil – ,,Savodxonlik va ko‘p tillilik”[8];
  • 2020-yil – ,,COVID-19 inqirozi va undan keyingi talim va savodxonlik”;[9]
  • 2021-yil – ,,Odamlarga yo‘naltirilgan tiklanish uchun savodxonlik: raqamli bo‘linishni tugatish”[10].
  1. „Ликбез — грамотность — свобода/Справочно-информационный портал ГРАМОТА.РУ — русский язык для всех“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  2. „Послание Генерального секретаря ООН Пан Ги Муна по случаю Международного дня распространения грамотности“. 2017-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  3. „Международный день грамотности-2012/Сайт ЮНЕСКО“. 2015-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  4. „Международный совет по открытому и дистанционному образованию (ICDE). Новости. 13 сентября 2013 года“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  5. „Пресс-коммюнике ЮНЕСКО/02.09.2014“. 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-sentyabr.
  6. „Международный день грамотности“ (ru). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  7. „Международный день грамотности“ (ru). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  8. „Международный день грамотности“ (ru). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  9. „Международный день грамотности“ (ru). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.
  10. „Международный день грамотности“ (ru). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.