Xalqaro tarjima kuni (30-sentyabr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo Jerom ijod ustida. Rasm muallifi: Domenico Ghirlandaio

Xalqaro tarjima kuni - bu tarjimonlar e'tirof etiladigan xalqaro kun. 30-sentyabr tarjimonlar otasi hisoblanuvchi Muqaddas Injilni lotinchaga tarjima qilgan Avliyo Jeromning tavallud sanasi hisoblanadi, shu sababli ham xalqaro tarjima kuni ayni shu kunda nishonlanadi[1].

BMT rezolyutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 24-mayda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 71/288 rezolyutsiyasini qabul qildi va xalqlar va madaniyatlarni o'zaro bog'lashda professional tarjimonlarning rolini e'tirof etgan holda 30-sentyabrni Xalqaro tarjima kuni deb e’lon qildi[1][2][3]. A/71/L.68 rezolyutsiyasining qoralama loyihasini Ozarbayjon, Bangladesh, Belarus, Kosta-Rika, Kuba, Ekvador, Paragvay, Qatar, Turkiya, Turkmaniston va Vyetnam kabi 11 ta mamlakat imzoladi[4]. Xalqaro tarjimonlar federatsiyasidan tashqari, rezolyutsiyaning qabul qilinishini yana bir qancha tashkilotlar, jumladan, Xalqaro konferensiya tarjimonlari assotsiatsiyasi, Critical Link International, Professional tarjimonlar va tilmochlar xalqaro assotsiatsiyasi, Red T, Butunjahon surdo tarjimonlari assotsiatsiyasi yoqlab chiqdi[5].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti har yili arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus, ispan va nemis tillariga tarjimalar bo'yicha avliyo Jerom nomidagi tarjima tanlovini o'tkazib keladi[1].

Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bayram g'oyasi Xalqaro Tarjimonlar Federatsiyasi (FIT) tomonidan federatsiya tashkil qilingan yil, ya'ni 1953-yildan buyon ilgari surib kelinadi. 1991-yilda FIT globallashuv davrida tarjimaning tobora dolzarb bo'lib borayotgan kasb sifatida targ'ib qilish hamda jahon tarjimonlari hamjamiyatiga ehtirom ko'rsatish maqsadida rasman tan olingan Xalqaro tarjima kunini nishonlash g'oyasi bilan chiqishdi.

Amerika tarjimonlar assotsiatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yildan boshlab Amerika Tarjimonlar Assotsiatsiyasi Xalqaro tarjima kuniga bag'ishlangan, professional tarjimonlarning ahamiyati haqida ommaga ma'lumot berishga qaratilgan qator ijtimoiy tarmoq postlarini e'lon qilib keladi. Amerika Tarjimonlar Assotsiatsiyasi (ATA) 2018-yilgi Xalqaro tarjima kunini tarjimonlik haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi oltita infografika to‘plamini chiqarish orqali nishonlagandi[6]. 2019-yilda esa ATA “Tarjimon hayotida bir kun” deb nomlangan videorolikni e'lon qildi[7].

Mavzular[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Tarjimonlar Federatsiyasi har yili tarjima kuni uchun mavzu tanlaydi[8]:

  • 2014 − Til huquqlari barcha inson huquqlari uchun muhim
  • 2015 − Tarjimonlikning oʻzgaruvchan qiyofasi
  • 2016 − Yozma va og'zaki tarjima: mamlakatlar ko'prigi
  • 2017− Tarjima va xilma-xillik
  • 2018 −Tarjima: o‘zgaruvchan zamonda madaniy merosni targ‘ib qilish
  • 2019− Xalqaro mahalliy tillar yilida tarjima va mahalliy tillar[9]
  • 2020 − Inqirozdagi dunyoga ta'rif topish
  • 2021 − Tarjimada birlashganlar
  • 2022 − Toʻsiqlarsiz dunyo: madaniyat, murosasozlik va mustahkam tinchlikni shakllantirishda til mutaxassislarining roli

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Nations. „International Translation Day“ (en). United Nations. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":0" defined multiple times with different content
  2. Hannes Ben, "International Translation Day: Everything You Need to Know", Locaria, 30 August 2019
  3. General Assembly A/RES/71/288. Also edited in French, Spanish, Russian
  4. Azerbaijan; Bangladesh; Belarus; Rica, Costa; Cuba; Ecuador; Paraguay; Qatar et al. (2017-05-10) (en). The role of professional translation in connecting nations and fostering peace, understanding and development. https://digitallibrary.un.org/record/1303401. 
  5. „UN Set to Pass Draft Resolution Declaring September 30 As Translation Day“. Slator.com (2017-yil 22-may).
  6. „International Translation Day 2018“. atanet.org (2018-yil 28-sentyabr).
  7. „International Translation Day 2019“. atanet.org (2019-yil 30-sentyabr).
  8. „International Translation Day – FIT“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  9. „A/RES/71/178 - E - A/RES/71/178 -Desktop“. undocs.org. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.