Kontent qismiga oʻtish

Xanka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xanka – Rossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasi va Xitoydagi koʻl. Havzasining maydoni 4190 km² (shundan Rossiya Federatsiyasida 3030 km²). Uzunligi 95 km. Oʻrtacha chuqurligi 1–3 m, eng chuqur joyi 10,6 m. Xanka boʻyi pasttekisligida joylashgan. Allyuvial yotqiziqlar Kichik Xanka koʻlini Xankadan ajratib turadi. Qirgʻogʻining koʻp qismi botqoq. Suvi chuchuk, loyqa. noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Xankaga Lefu, Mo va boshqa daryolar quyiladi, koʻldan Ussurining chap irmogʻi Sungacha daryosi oqib chiqadi. Baliqlar (sazan, kaluga va boshqalar), suv toshbaqasi, qunduz bor. Ondatra iqlimlashtirilgan. Kema qatnaydi.