Kontent qismiga oʻtish

Ondatra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ondatra

Ondatra, mushk kalamush (Ondatra zibethicus) – dala sichqonlari oilasiga mansub kemiruvchi; urugʻning yagona turi. Gavdasi 35 sm gacha, dumi 28 sm gacha, vazni 1,5 kg gacha. Quruqlik hamda suvda yashashga moslashgan, qishda muzlaydigan suv havzalarida yashaydi. Dumi yon tomondan yassilashgan, tangachali, tuksiz; orqa oyoqlaridagi suzgich pardasi toʻliq rivojlanmagan. Yungi qalin, qoramtir qoʻngʻirdan qora ranggacha, qisman suv yuqtiradi. Erkagining dumi asosidagi bir juft mushk bezlari urchish davrida hidli yogʻsimon oqish suyuklik – mushk ajratadi. Vatani – Shimoliy Amerika, u yerdan Yevropa va Osiyoga, jumladan, Oʻzbekistonga keltirib iqlimlashtirilgan. Bahorda bolalaydi, yiliga 1-2 marta, janubida 2-3 marta 5-8 tadan bola tugʻadi. Suv havzalarining qirgʻoqlarini kavlab yoki shox-shabbalardan uya quradi. Ovlanadi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Sibir va boshqa joylarda ondatrachilik xoʻjaliklari tashkil etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil