Xazrati Bilol jome masjidi
Masjid | |
Xazrati Bilol jome masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Andijon viloyati |
Shahar | Shahrixon tumani |
Manzil | Shahrixon tumani Do‘rmon. |
Yoʻnalishi | suniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
Masjid turi | Jome masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi, sharqona |
Binokorlik | 1860—1870 |
Asosiy sana: 19-asrdan
| |
Soʻngi imom | Abdulhamid domla Tolipov |
Maqomi | Ishlaydi |
Hajmi | 1000 kishi |
Minoralar soni | 0 |
Minoralar soni | 0 |
Qurilish materiali | Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E
Xazrati Bilol jome masjidi – Andijon viloyati, Shahrixona tumani Do‘rmon qishlog‘ida joylashgan masjid[1]. 1998-yil 17-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 19-asrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.[3]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1860 – 1870-yillarda Qo‘qon xonining buyrug‘i bilan Do‘rmon qishlog‘i atrofidagi barcha ekiladigan yerlar Andijonlik Arslonqul hojining to‘rt o‘g‘li – Haydarali, Boytog‘ich, Sotvoldi va Merganlilarga bo‘lib beriladi. Bu ishlarda Xo‘ja dodxoh asosiy o‘rin tutadi. Qishloq markazidagi mahalla hududi Haydarali tasarrufiga tegadi.
Haydaralining o‘g‘li Tursunqul ulg‘ayib, madrasalarda tahsil olib, o‘qimishli, ilmli, murattab qori, iymon-e’tiqodli, xalqparvar inson bo‘lib yetishadi. U tadbirkor, saxovatli bo‘lganligi uchun mingboshi darajasiga ko‘tariladi. Alloh diliga bir masjid qurish niyatini soladi. 1886-yilda qishloq markazidagi mo‘jazgina Xo‘jamboy masjidi o‘rniga katta muhtasham masjid qurishga kirishadi. Chunki hudud mingboshi atrofdagi Segaza, Xo‘jaobod, Ortish va boshqa qishloqlarga boriladigan asosiy yo‘l Do‘rmon orqali o‘tganligi tufayli qishloqqa katta masjid zarurligini bilar edi.
Masjid hech kimning yordamisiz Tursunqul mingboshi mablag‘i evaziga bunyod etiladi. Masjid atrofidagi pastlik va notekis joylar tuproq bilan to‘ldirilib, qishloqning asosiy ariq o‘zani to‘g‘rilandi, tartibga keltirilib obodonlashtirildi.
Masjid qurilishiga Farg‘onaning Oltiarig‘idan duradgor ustalar taklif qilingan. 1907-yilda qurib bitkazilgan bu diniy maskan Do‘rmon masjidi deb yuritiladi. Do‘rmon masjidi namozgoh sifatida 1907 – 1943-yillar davomida faoliyat yuritgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida kolxoz idorasi va omborxonasi, 1953 – 1965-yillar 7-yillik maktab, so‘ngra 1990-yillargacha boshlang‘ich maktab va qishloq shifokorlik ambulatoriyasi, kutubxona va inkubatoriya sifatida mahalliy aholi uchun xizmat ko‘rsatgan. So‘ngra masjid diniy jamoa ixtiyoriga berildi.
Mustaqillik yillarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990 – 1992-yillar davomida umumiy hashar va homiylar hisobidan to‘liq ta’mirlandi, yangi qo‘shimcha qurilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlarga Xo‘jaobod qishlog‘idan ustalar taklif qilindi. Masjiddagi yangi qilingan naqqoshlik, ganchkorlik san’ati bezaklari, darvozaxona, gumbazlar, yozgi namozgoh usta Abdumannob Tillaqulov chizmalari asosida amalga oshiriladi. 1992-yilda Do‘rmon masjidi mahalla oqsoqollari va namozxonlarning taklifiga asosan “Hazrati Bilol” jome masjidi nomi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 2011-yilda xonaqoh yonidagi eski binolar o‘rniga yozgi namozgoh qurildi.
Masjid hududi nomutanosib to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, mo‘jazgina hovli atrofi turli o‘lchamdagi xonalar bilan o‘ralgan, uch tomoni ko‘cha, g‘arb tomonida esa turarjoy, xonadon mavjud.
Masjid hovlisiga sharqiy tomondan “P” shaklidagi peshtoq orqali kiriladi. Ikki qanotli kirish darvozasi yog‘och o‘ymakorligi bilan sayqallangan va usta Qurbonali ijodiga mansub. Naqshlari o‘simliksimon, o‘rtacha murakkablikda. Eshik tepasidagi mehrobsimon yuza o‘rtasida kvadrat shakldagi ganchli panjara, “Alloh” yozuvi (arabiy), tepada va peshtoqning ikki yonida hoshiyasiman (friz) ko‘rinishdagi moviy va pushti rangli geometrik oltiburchakli naqsh va masjidning nomi bitilgan yozuv bor. Peshtoq va gumbaz tepasida 5 ta kapalak – mezanasiman shakl bor. Gumbaz osti moviy tusdagi o‘simliksimon “madohil – turunj” sir naqqoshi va osma panjarali ganch qandil bilan bezatilgan. Masjidga hozirda Abdulhamid domla Tolipov imomlik qilib kelmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hazrati Bilolo jome masjidi Qaralgan sana=26.10.2024“ (masjid.uz).
- ↑ „Xazrati Bilol jome masjidi ro‘yxatdan sana Qaralgan sana=26.10.2024“ (uzorg.info).
- ↑ „Masjidlar ro‘yxati Qaralgan sana=05.10.2024“ (old.muslim.uz).