Kontent qismiga oʻtish

Xiva inqilobi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xiva inqilobi
Sanalar 1917—1924-yillar
Urush yeri Xiva xonligi
Natija Kommunistlar gʻalabasi, XXSR tashkil etilishi
Qoʻmondonlar
Mixail Frunze Junaidxon
Kuchlar
Rossiya SFSR
(Yosh Xivaliklar)

XKP

Xiva xonligi

Xiva inqilobi ― 1917-1924 yillarda Xiva xonligida amalga oshirilgan kommunistik inqilob boʻlib, Xivada xonlikning tugatilishiga, Xorazm Xalq Sovet Respublikasining barpo etilishiga olib keldi. Keyinchalik milliy ajralib chiqish yoʻli bilan respublikaning SSSR tarkibiga qoʻshilishi va 1924-yilda Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSRning tashkil etilishi bilan yakunlangan.

1917–1920-yillarda Xiva xonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xiva, Rossiya Muvaqqat hukumati va Oktyabr inqilobi (1917-yillar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1910—1918-yillarda xonlikni Asfandiyorxon boshqargan. 1917-yil fevral inqilobi davrida Nikolay II taxtdan voz kechishi va Rossiyada Muvaqqat hukumatning hokimiyatga kelganidan soʻng xonllikda liberal islohotlar oʻtkazishga bir qancha urunishlar boʻlib oʻtdi. Biroq ushbu urinishlar Asfandiyorxonning konservativ qarashlari tufayli barbod boʻldi. Xonlikda noroziliklar kuchaya boshlaydi, ayniqsa Rossiya Oktyabr inqilobida bolsheviklar tomonidan Xivada progressiv dekretlar nashr etilganidan soʻng yanada kuchaydi. Xiva xonligi mustaqilligini Muvaqqat hukumat, Oktyabr inqilobi va Muvaqqat hukumat tugatilgandan soʻng RSFSR tan oldi.

Xivadagi davlat toʻntarishi (1918)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asfandiyorxon siyosatidan norozilik 1918-yilga kelib ancha kuchaydi va 1918-yil bahorida turkman-yomudlar boshligʻi Junaidxon harbiy davlat toʻntarishi uyushtirdi, Asfandiyorxonni agʻdarib, Xivada hokimiyatni deyarli qarshiliksiz qoʻlga kiritdi. Asfandiyorxon akasi Said Abdullaxon xon etib tayinlandi (1918—1920).[1]

1918–1920-yillarda Xiva xonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Junaidxon diktaturasi va uning agressiv tashqi siyosati xonlikda bir qator magʻlubiyatlarga olib keldi, bu xonlikdagi qarama-qarshilikni yanada kuchaytirdi. 1918-yilda Xivadan tashqarida Xorazm Kompartiyasi tuzildi. Bu 600 nafar aʼzoga ega kichkina partiya edi, biroq keyinchalik partiya (RSFSR yordami bilan) Xivada monarxiyani agʻdargan katta kuchga aylandi.[2] Ushbu davrda Bobooxun Salimov "Yosh xivaliklar" harakatining faollaridan biri edi.

1920–1924-yillarda Xiva

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xiva xonligining tugatilishi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi (1920)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xiva xonligida ichki qarama-qarshiliklar kuchayib, 1919-yil noyabrda Xiva xonligida kommunistlar boshchiligidagi qoʻzgʻolon boshlandi. Biroq, isyonchilarning harbiy kuchi xonlik qoʻshinlarini yengish uchun yetarli emas edi. Qoʻzgʻolonchilarga yordam berish uchun Rossiyadan Qizil Armiya qoʻshinlari yuborildi. 1920-yil fevral oyining boshlarida Junaidxon qoʻshini magʻlubiyatga uchray boshladi. 2-fevralda Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi, 1920-yil 26-aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi RSFSR tarkibiga kirganligi eʼlon qilindi.

Xivadagi inqilob natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inqilob natijasida Xivada monarxiya agʻdarildi (1920), respublika eʼlon qilindi, keyinchalik SSSR tarkibiga kirdi.

  • Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarixining ocherklari, II jild (1917–1963). Toshkent, 1964-yil, 68-bet.
  • Kuzmin S. 2018-yil. 20-asrning birinchi yarmida Ichki Osiyo mamlakatlarida monarxiyalarni yoʻq qilish mexanizmlari. //Sharqda din va jamiyat. 2-son, 188–45-betlar.
  1. „Xorazm quyoshining botishi. Xiva xonligi qulatilganiga yuz yil to‘ldi“ (uz-latn). Daryo.uz (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
  2. „The Russian Revolution and the Khivan Khanate“ (en). Art of Asymmetrical Warfare (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.