Xixvi
Xixvi (/ kʰɪˈxvi /; gruzincha ხიხვი) — Sharqiy Gruziyada, xususan Kaxeti mintaqasida yetishtiriladigan uzum navi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uzumning kelib chiqishi va uning nomining ayni qayerdan paydo boʻlganligi noaniqligicha qolmoqda[1]. Xixvi uzumlari asosan viloyatning sharqiy-janubiy mintaqalarida, Alazani daryosining oʻng qirgʻogʻi yaqinida oʻstiriladi. Shuningdek, Kartlida ham mazkur uzum navi yetishtiriladi[2].
Uzumchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uzumlar yumaloq koʻrinishda boʻlgan katta, uch boʻlakli barglari bilan ajralib turadi. Oʻrtacha kattalikdagi shodasi konussimon, qanotsimon, koʻrinishga ega boʻladi. Uzum donalarining oʻzi esa oʻrtacha uzunlikda, yashil-sariq tusli, poʻsti yupqa boʻladi. Xixvi uzumining kurtaklari odatda aprel oyining birinchi yarmida unib chiqa boshlaydi va sentyabr oyida yetiladi[3].
Vino tayyorlash uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xixvi Yevropa va anʼanaviy gruzin Kvevri metodologiyasida stol va shirin sharob ishlab chiqarish uchun yetishtiriladi. Uzum oʻzining yuqori shakar konsentratsiyasi bilan mashhur. Undan yorqin yashil va quyuq rangga ega boʻlgan yaxshi muvozanatlashgan, nozik taʼmli sharob ishlab chiqariladi.
Xixvi oʻzining yuqori sifati sababli ham maqtovga sazovor boʻlib, boshqa vino tayyorlanadigan uzum navlari bilan ularning yumshoqligi va xushboʻyligini yaxshilash uchun qoʻshimcha sifatida birgalikda foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, u oʻzining quyuq sariq rangi, garmonik taʼmi bilan mashhur Kardanaxi mikro zonasida yaxshi sifatli shirin sharob ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Xixvi vinosi oʻrtacha alkogol darajasi va yumshoq kislotaliligi bilan ajralib turadi. Bu uni bitta navli sharob sifatida mustaqil ishlab chiqarish uchun yoki aralashmaning yuqori konsentratsiyasini oshirish uchun qoʻshimcha sifatida qoʻllanilishiga mos keladi. Potentsialiga qaramay, Xixvi uzumlari va undan tayyorlangan sharob hali ham u qadar koʻp oʻrganilmagan va boshqa sharob turlari singari qadrlanmaydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Khikhvi: the 'unsung hero' grape of Georgia?“ (en-US). Georgian Wine UK. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Khikhvi“ (en-US). Georgian Wine UK. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
- ↑ „ჯიშების მრავალფეროვნება“ (2016-yil 24-dekabr). 2016-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.