Xoʻjam Podshoh ziyoratgohi (Chillaxona, qadamjo yodgorligi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻjam Podshoh ziyoratgohi
Joylashuv Fargʻona, O‘zbekiston
Turi Majmua
Qurila boshlagan XIX asr o'rtalari
Qurilish tamomlangan XX asr 90-yillari
Xarita
Koordinatalari 40.313889°0′0″N 71.834976°0′0″E / 40.31389°N 71.83498°E / 40.31389; 71.83498 G OKoordinatalari: 40.313889°0′0″N 71.834976°0′0″E / 40.31389°N 71.83498°E / 40.31389; 71.83498 G O

Xoʻjam Podshoh ziyoratgohi (Chillaxona, qadamjo yodgorligi) — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XVIII asr. Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Birdamlik“ MFY. Davlat mulki (Fargʻona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

„Xojam Podshoh“ maqbarasi mahalliy aholi tomonidan XIX asr o‘rtalarida qurilgan. U 1940-yillarga qadar mavjud bo‘lgan va o‘sha yillarda olib borilgan sovetlarning dinga qarshi siyosati tufayli buzib tashlangan. Faqat XX asrning 60-yillarida Xojam Podshoh qabrining ustiga kichik qabr qurilgan, 90-yillarda qabr to‘la-to‘kis maqbaraga aylangan.

Ziyoratgoh Ofoqxoʻjaning o‘g‘ilaridan biri Xoja Hasan nomi bilan bog‘liqdir. Xoja Hasan XVIII asrning boshlarida yashagan. Yozma manbalarda u G‘ozi Podshoh va Podshoh Xojam nomi bilan tilga olinadi. Xoja Hasan biroz vaqt Marg‘ilonda yashagan[3].

Ofoqxojaning Abdusamadxoja, Mahdi xoja, Yahyo xoja, Hasan xoja, Qilich Burhoniddin xoja ismli o‘g‘ilari bo‘lgan. Xoja Hasan Farg‘ona vodiysiga bostirib kelgan qalmoqlarga qarshi Quva mavzesi atrofida yuz bergan janglarda ishtirok etadi va dushmanni Farg‘ona zaminidan quvib chiqarishda mahalliy aholiga yaqindan yordam beradi[4]. Xoja Hasan garchand Farg‘onadan olisda Qoratol qishlog‘ida (Tojikiston respublikasi) vafot etsada, keyinchalik mahalliy xalq uning qadamjoylari sharafiga Farg‘onaning Marg‘ilon, Avval, Quva singari hududlarida ziyoratgohlar barpo etganlar.

Arxeolog T.Obolduyeva 1973-yilda Xojam Podshoh tepaligida bir necha kun qazish ishlarini olib borgan. Qazishmalar natijasida bu joy bir necha madaniy qatlamlardan iboratligi aniqlandi. Yuqori madaniy qatlami XI-XIII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Pastki qatlamlarda qizil ingobli sopol idishlar bo‘laklari topilgan. Bu arxeologik yodgorlik 2500 yoshga ega ekanligini koʻrsatadi. Ziyoratgohda shu nomdagi masjid ham mavjud. Farg‘onadagi ochiq terastaning ko‘p ustunli uylari tarzida qurilgan. Shiftdagi ranglar va naqshlar uyg‘unligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Unga o‘yilgan yog‘och ustunlar va figurali bezaklar koʻrk berib turadi. Shiftlar ko‘k boʻyoqda rang-barang islomiy naqshlar bilan bezatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]