Kontent qismiga oʻtish

Xo‘ja Amin jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xoja Amin jome masjidi
Xoja Amin jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Namangan shahri
Joylashuvi Namangan shahri
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Binokorlik 18801
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Xo‘ja Amin jome masjidi — Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan masjid[1].

Xo‘ja Amin jome masjidi Xoʻja Amin maqbarasining shimoliy-gʻarb tomonida joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, Eminxoʻja Parrandaning Qashqar (Shinjon/Sinzyan) ga ketgan nabirasi Yoqubxoʻjaning oʻgʻli Azizxoʻja eshon Xoja Amin maqbarasi yoniga masjid va madrasa bunyod etgan[2]. A.Balayev va K.Pchelnikovlar hisobotlarida esa 1838-yili hovlining janub, sharq tarafiga madrasa va hujralar, 1880-yili hovlining gʻarb tarafida ayvonli masjid qurilgani haqida maʼlumot keltirilgan[3].

Mahalliy maʼlumotlarga koʻra, madrasa dastlab 24 hujra, bir darsxona hamda ayvonli masjiddan tashkil topgan. Majmuaning ushbu qismi meʼmori Sayyid Burhon Eshon toʻra oʻgʻli boʻlgan. Hujralarning 14 tasi janub, 10 tasi sharq tomonda, darsxona, masjid va xonaqoh esa hovlining gʻarb tomonida joylashgan.

Oʻz paytida madrasaning sharq tomonidagi hujralari kirish peshtoqi orqali maqbaraga tutashtirib qurilgan. Dastlabki peshtoq(hozirgi Koʻzagarlik koʻchasiga qaragan) ikki qavatdan iborat boʻlgan. Mazkur peshtoq hamda sharqiy tomondagi hujralardan birortasi bizgacha yetib kelmagan. Hozirda madrasa hujralari va masjidning ayrim qismi saqlanib qolgan, xolos. Janub tarafdagi 13 ta hujra qayta taʼmirlangan[4].

Mazkur jarayon mobaynida masjidning hozirgi darvozasi va hovlining janubiy qismida saqlanib qolgan hujralari oʻrtasida Yevropa va Sharq meʼmorligi sintezi usulida minora qurilgan. Pishiq gʻishtdan qurilgan bu minoraning kvadrat (balandligi — 27 metr) shaklidagi asosi tepasiga anʼanaviy mezana oʻrnatilgan. Minora asosi, mezana qismi turli xil girih naqshlari va sharafalar bilan bezatilgan. Mezana tepasidagi belbogʻda „Kalimayi toyyiba“ ning kufiy xatidagi shakli gʻish terish orqali hosil qilingan.

  1. Uzbekistan Today axborot agentligi, 2015; Ijodiy guruh, 2015. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Namangan — 28-bet. ISBN ISBN 978-9943-4509-8-1. 
  2. Ro'zinov, Rajabova. Namangan viloyati — 28-bet. 
  3. Балаев. Материалы экспедиции — 238-bet. 
  4. Yusupov, Mirzaaliyev. Namangan viloyat me'moriy obidalari — 33-bet.