Xoja Zulmurod madrasasi
Madrasa | |
Xoja Zulmurod madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Amir Nasrullo |
Binokorlik | 1845-yil—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 22 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Xoja Zulmurod madrasasi — Samarqand madrasasi. Xoja Zulmurod madrasasi 1845-yilda Xoja Zulmurod guzarida, Buxoro amiri Amir Nasrullo davrida bunyod etilgan. Mazkur madrasa pishiq gʻishtdan boʻlib, 30 hujrali qilib bunyod etilgan. Dargohda 1 nafar mudarris 60 nafar talabaga dars oʻtgan. Madrasada 1 nafar imom. 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh, 1 nafar meshkobchi faoliyat koʻrsatgan. N. P. Ostroumov maʼlumotlariga koʻra madrasa hijriy 1261-yil (1845) qurilgan va unda 1 nafar mudarris 22 hujrada 40 nafar talabaga saboq berilganligini yozgan[1]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasaning vaqf hujjatlari mavjud boʻlib, hujjat muqovasiga 1893-yil 19-aprel—1895-yillar deb yozilgan. Madrasa vaqf hujjatida 22 hujra va bitta darsxonadan iborat boʻlgan. Madrasa uchun voqif darvozaxonali va 8 ayvonli choʻpkori 1 saroy, uning gʻarbiy tarafida 2 ta choʻpkori doʻkonni vaqf qiladi. Yana sholifurushlar bozoridagi bitta choʻpkori saroyni toʻlaligicha vaqf qiladi. Saroy 2 ta ayvon va 22 ta choʻpkori hujradan iborat boʻlgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Mazkur vaqf hujjati 1840-yil rasmiylashtirilgan va Buxoro amiri Amir Nasrulloh muhri bilan tasdqilangan. Xoja Zulmurod madrasasining 1882—1884-yillarga oid vaqf hujjatlari ham mavjud. Madrasa uchun Dahbet volosti Darxon oqsoqolligi Yuqori Darxon qishlogʻi 24 tanob yer, Mahalla volosti Sherqoʻrgʻon oqsoqolligi Nagahon qishlogʻida 120 tanob yer, Siyob volosti Xoja Charuh oqsoqolligi Charux qishlogʻida 1 ta tegirmon vaqf qilingan. Mazkur dargohda sovet inqilobiga qadar, talabalarga dars oʻtilgan. Keyinchalik qarovsizlikdan buzilib ketgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoja Zulmurod madrasasi 22 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.