Xoliqiy Muhammadjon
Xoliqiy Muhammadjon | |
---|---|
Tavalludi |
1890-yil |
Vafoti |
18-avgust 1938-yil (48 yosh) Buxoro viloyati, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | Oʻqituvchi |
Xoliqiy Muhammadjon (1890-yil, Qoʻqon — 1938-yil 18-noyabr, Buxoro viloyati) — maʼrifatparvar pedagog.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadjon Xoliqiy 1890-yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Dastlab Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil olgan, so‘ngra Buxoro madrasasida o‘qishni davom ettirgan. Buxoroda jadidchilik g‘oyalari bilan tanishgan, mashhur jadidchilar bilan yuzma-yuz suhbat qurgan. 1910-yil oʻz uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni oʻqitgan. Shoir Charxiy shu maktabda oʻqigan. 1913-yildan jadid matbuotida ilm-maʼrifatga doir maqolalarini eʼlon qilgan. „Turkiy alifbo“ darsligi (1916), „Jumhuriyat nima?“ (1917) risolasi muallifi.
1917-yil Qoʻqondagi „Taʼlimi maorif“ („Maorif tarqatish“) jadidlar tashkilotida sarkotib boʻlgan. 1917—1926-yillarda Qoʻqondagi dorilmuallimin (1920-yildan taʼlim-tarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dars bergan. Dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akademiklar T. Zohidov, J. Saidov oʻqigan. 1918—1928-yillarda Qoʻqondagi 11-maktabda oʻqituvchi boʻlgan. 1929—1930-yillarda va 1937-yildan millatchilikda ayblanib, hibsda boʻlgan. Turmada vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |