Kontent qismiga oʻtish

Xolis Shohakim Toshkandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xolis Shohakim Toshkandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi adib,tarjimon,shoir

Xolis Shohakim Toshkandiy(arabcha:خليس شوحكيم توشكندي — Xolis Shohakim Toshkandiy(XII-XIII asrlarda yashagan)) — adib,tarjimon va shoir.

Xolis Shohakim Toshkandiy „Yusuf va Zulayho“ nomli dostoni bilan mashhur. O‘tgan asrdan buyon xalq orasida keng tarqalgan bu dostonning bir necha qo‘lyozmalari hozirgacha saqlanib qolgan. Uning baʼzi nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Qo‘lyozmalar Muzeyida mavjud. Muallifning muqaddimasidan maʼlum bo‘lishicha, uning Havoiy degan sayramlik do‘sti nasr bilan „Yusuf va Zulayho“ degan doston yozib, shoir undan shu dostonni sheʼriy qilib bitishni iltimos qilgan. Natijada Xolis Shohakim Toshkandiy dostonni yozishga kirishib, uni nazmga solgan. Bu jarayonda Xolis Shohakim Toshkandiy doston tuzilishini o‘zgartirib o‘z didiga moslab qayta ishlagan. U fol’klordan foydalanib nazm bilan boshqa dostonlar ham yozgan. „Iskandarnoma“, „Vafotnoma“, „Ayyub qissasi“, „Qiyomatnoma“ kabi diniy mavzularda sheʼriy dostonlar yozdi. Uning xalq orasida mashhur boʻlgan qissalardan Mirza Sodiq Munshiy Jondariyning „Daxmai shohon“ („Shohlar maqbarasi“) yozilgan vaqti 1206/1791-yil), muallifi nomaʼlum boʻlgan xalq dostonlaridan „Qissayi Zevarshoh“, „Qissayi Jarir“ kabi qissalarni tarjima qilgan.[1]

  • „Yusuf va Zulayho“
  • „Iskandarnoma“
  • „Vafotnoma“
  • „Ayyub qissasi“
  • „Qiyomatnoma“


  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 656.