Xonobod sihatgohi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Xonobod sihatgohi MCHJ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yilning 2-3 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog'idagi topshirig'iga asosan, Vazirlar Mahkamasining 28.07.2017 yildagi "2017-2019 yillarda Andijon viloyatining Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish" to'g'risidagi № 557-sonli farmoishiga asosan UzAutoMotors aksiyadorlik jamiyati tomonidan qurilib, 2018 yil 11 iyun kuni foydalanishga topshirilgan.
Loyiha budjeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xonobod sihatgohi MCHJ 174 o'ringa mo'ljallangan. Yillik quvvati 6480 kishi. Loyihani umumiy qiymati 70 mlrd. so'm. Loyihaning maqsadi aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish, sog'lomlashtirish hamda tibbiy va ekoturizmni rivojlantirishga mo'ljallangan.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xonobod sihatgohi dengiz sathidan 850 m.balandlikda joylashgan bo'lib, yuqori nafas yo'llari, asab tizimi hamda harakat tayanch organlari tizimi kasalliklarini sog'lomlashtirishga mo'ljallangan.
Hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xonobod sihatgohining hududi 10.5 gektarni egallaydi. Barcha sihatgoh korpuslari park zonasida joylashgan, ko'm-ko'k daraxtlar va gullarga burkangan. Sihatgoh hududi ko'kalamzor ekinlar qayrag'ochlar, teraklar, emanlar, yong'oq daraxtlari, oq akatsiyalar, klyonlar, kashtanlar, archalar, chinorlar, archa butalari, bujun va boshqa daraxtlardan iborat. Davolash binolarida 4 xil turdagi xonalar mavjud, shulardan standart, yarim lyuks hamda, 6 ta appartimentda barcha sharoitlar yaratilgan.