Xonobodim
Xonobod (1972—91 yillarda Sovetobod) — Andijon viloyatidagi shahar (1972-yildan). Qoradaryoning oʻng sohilida. Transport yoʻli stansiyasi (Xonobod). Viloyatning sharqida joylashgan. Viloyat markazi (Andijon sh.) dan 80 km. Aholisi 35,9 ming kishi (2004).
Qoʻqon xonligi davrida bu hudud "Beshkapa" deb yuritilgan. Mahalliy rivoyatga koʻra, Qoʻqon xonlari X. atrofidagi toʻqayzorlarga kelib shikor uyushtirib dam olishni xush koʻrganlar. Shu bois bu hudud obodonlashtirilgan (shahar nomi shundan). 1969-yil Qoradaryoda Andijon suv ombori qurilishining boshlanishi bilan X.da aholi soni koʻpaydi. Shaharda "Suv qurilish jihozlari", "Andijon GES", "Elektronika", "Tarandubitel" korxonalari, 2 avtokorxona, "XonBugda", "OʻzKOJI", "Andijonkabel" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Aloqa uyi, "Xotira maydoni", Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik, Alisher Navoiy va Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, Fozilmonota ziyoratgoxi, raqs va kulgi maydoni mavjud.
"Andijon suv ombori" muzeyi, 6 kutubxona, 4 kasb-hunar (sanoat, maishiy xizmat, kompyuter, pedagogika) kolleji ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, bolalar poliklinikasi, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar (200 oʻrin) aholiga xizmat koʻrsatadi. Tez tibbiy yordam boʻlimi, Sultonobod, Xidirsha qishloq vrachlik punktlari bor. Shahar hududidan mahalliy ahamiyatdagi Andijon — Xonobod avtotrassasi va Oʻsh — Bishkek xalqaro avtomobil trakti oʻtgan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |