Kontent qismiga oʻtish

Xorazmiylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xorazmiylar, xorasmiylar – qadimiy Xorazmda miloddan avvalgi VIII asrdan milodiy XIV asrgacha yashab, sharqiy eroniy tillarga mansub xorazmiy tilida soʻzlashgan xalq.[1] Xorazm xalqining asosini tashkil qiladi va hozirda oʻzbeklar tarkibiga singib ketgan.

Milodiy VI-VII asrdan boshlab Xorazm hududiga shimoldan turkiy qabilalar koʻchib kelishi bilan assimilyatsiya jarayoni boshlanadi va turklashish natijasida XV asrga kelib qadimiy xorazmiy tili oʻlik tilga aylanadi va oʻrnini oʻzbek tilining xorazm shevasi egallaydi[2].

Miloddan avvalgi II asr Xorazm, devoriy rasmlar, Akchaxanqala

Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Axamoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan[3]. Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining tarixini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitaniya tarixi bilan bogʻliq[4]. Mitanni – Shimoliy Mesopotamiya va unga tutash mintaqalar hududida joylashgan qadimgi Hurri davlati (miloddan avvalgi XVII-XIII asrlar). Mitanni poytaxti – Vashshukanni (Xoshkani) Xabur daryosi manbasida joylashgan edi. Ushbu shahar Suriyaning zamonaviy Serekani shahri oʻrnida turgan deb ishoniladi.

Miloddan avvalgi VIII asrda janubdan kelgan Xorazmiylar mahalliy sak-massaget qabilalari bilan aralashgan[5].

Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida xorazmiylarni eroniy xalqlarga oid deya taʼriflagan va oʻz ona tili deb bilgan xorazmiy tilini fors tilidan farqli ekanligini taʼrif etgan[1].

Xorazmiylar Behistun kitobalari, shuningdek, Gerodot, Gekatey Miletlik asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Gerodotning yozishicha, xorazmiylar Amudaryo deltasi (Orol dengizi boʻyida) va hozirgi Xiva vohasi janubida yashaganlar. Miloddan avval 6—5-asrlar boʻsagʻasida „Xorasmiya shahri“ va Xorazmiylar mamlakati haqida miletlik Gekatey xabar beradi. Misrdagi Nil daryosi boʻyidagi miloddan avval 5-asrga oid shahar xarobalaridan topilgan hujjatda Xarchin oʻgʻli Dargman ismli bir xorasmiy sarkardasi tilga olingan, u Ahamoniylar qoʻshinining bosh qoʻmondoni boʻlgan.

Kumush idish, Nana hudosi, 7 asr, Xorazm

Xorazmiylar oʻzlarining jangovarliklari bilan ajralib turganlar. Xorazmiylar Xorazmdan tashqarida, hatto Xazar xoqonligi qoʻshinida ham katta mavqega ega edilar, xoqonlik qoʻshini, asosan, xorazmiylardan tashkil topgan.

Atoqli olim va etnograf Beruniy (973-1048) oʻz asarlarida Xorazm aholisi tomonidan qoʻllangan xorazm oylari va dorivor oʻtlarning nomlarini turkiy tilda keltirgan. Beruniy oʻzining 1000-yillarda Xorazmda yozgan „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida Xorazmning qadimgi aholisini turklar deb ataydi va Xorazm aholisi qoʻllagan hayvonlar tsikliga koʻra yillarning turkiy nomlarini beradi: sichkan, od., qoplon, tushkan, lui, ilon, yunt, Kuy, Pichin, Tagigu, Tunguz. Oʻsha asarida turkiy tilda oy nomlarini beradi: Ulugʻ-oh, Kichik-oh, Birinchi-oh, Ikkinchi-oh, Uchinchi-oh, Turtinchi-oh, Beshinchi-oh, Oltinchi-oh, Yetinchi-oh, Sakkizinchi-oh, tokkujinchi-oh, uninchi-oh. Shuningdek, u xorazmlik sifatida arab va fors tillari unga begona ekanligini taʼkidladi. U ularning mehnatiga egalik qiladi.

Xorazm tili – Sharqiy Eron tillaridan biri, Amudaryoning quyi oqimi aholisi soʻzlashadi. U bilan chambarchas bogʻliq tillar tasdiqlanmagan va toʻgʻridan-toʻgʻri avlodlari yoʻq[6][7]. Xorazm tili hind-evropa tillari oilasining eron guruhining shimoli-sharqiy kichik guruhiga kiradi[8][9][10][11][12][13]. Bir qator tarixiy-fonetik va tarixiy-morfologik belgilariga koʻra, soʻgʻd tiliga yaqin[14].

Xorazm tili hech boʻlmaganda XIII asrga kelib qoʻllanishdan chiqib ketdi, uning oʻrnini asta-sekin turkiy til[8], boshqa bir versiyaga koʻra, turkiy tilning bir qancha dialektlari[14] egalladi. Ibn Battuta XIV asrning birinchi yarmida Xorazm allaqachon turkiyzabon boʻlganligini xabar qiladi[15]. Xorazm poytaxti – Urganch (hozirgi Turkmanistonning Koʻhna-Urganch) shahriga tashrif buyurganidan soʻng u shaharni shunday taʼriflaydi: „Bu turklarning eng buyuk, eng goʻzal, eng katta shahri, goʻzal bozorlari, keng koʻchalari, koʻp binolar va taʼsirchan manzaralar“[16].

Xorazmning 13-14-asr turkiy yozma yodgorliklari yodgorliklarini oʻrganuvchi tadqiqotchilar xorazm turkiy tili turkiy qoraxoniy tiliga bogʻliq boʻlgan, soʻngra XIV asr oxirida oʻz oʻrnini chagʻatoy turkiy tiliga boʻshatgan degan xulosaga keldi. Xorazmiy turkiy tili turkiy qoraxoniylardan turkiy chagʻatoy tiliga oʻtish davri boʻlgani uchun turkiy til tarixida katta ahamiyatga ega[17][18].

Qadimiy xorazmiy tili zamonaviy oʻzbek tilining xorazm shevasidan tubdan farq qiladi. Oʻzbek tilining xorazm lahjasi turkiy tillarning oʻgʻuz guruhiga oid boʻlsa, qadimiy Xorazmiy tilining xususiyati shuki, u sharqiy eroniy tillardan biri boʻlib, hozirda oʻlik til hisoblanadi. Eng yaqin til qadimiy sugʻd tili boʻlib, ikkalasi ham oʻlik til hisoblanadi. Sugʻd tilining avlodi yagnob tili hisoblansa, Xorazmiy tilining avlodi yoʻq[19][20].

  1. 1,0 1,1 C. E. Bosworth, „The Appearance of the Arabs in Central Asia under the Umayyads and the establishment of Islam“, in History of Civilizations of Central Asia, Vol. IV: The Age of Achievement: AD 750 to the End of the Fifteenth Century, Part One: The Historical, Social and Economic Setting, edited by M. S. Asimov and C. E. Bosworth. Multiple History Series. Paris: UNESCO Publishing, 1998. excerpt from page 23:
  2. MacKenzie, D. N. "Khwarazmian Language and Literature, " in E. Yarshater ed. Cambridge History of Iran, Vol. III, Part 2, Cambridge 1983, pp. 1244–1249.
  3. Rapoport Y. A., Kratkiy ocherk istorii Khorezma v drevnosti // Priaralʼye v drevnosti i srednevekovʼye. Moskva: Vostochnaya literatura, 1998,s.29
  4. Tolstova L. S. Drevneyshiye yugo-zapadnyye svyazi v etnogeneze karakalpakov // Sovetskaya etnografiya. № 2. 1971. S.25-30
  5. Pʼyankov I. V., Khorasmii Gekateya Miletskogo // Vestnik drevney istorii, № 2, 1972, s.2-20
  6. „PAMYaTNIKI XORYeZMIYSKOY PISMYeNNOSTI – tema nauchnoy stati po istorii i istoricheskim naukam iz jurnala „Vestnik drevney istorii““. 2020-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
  7. XORYeZMIYSKIY YaZIK • Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya – elektronnaya versiya
  8. 8,0 8,1 D. N. MacKenzie. „CHORASMIA iii. The Chorasmian Language“ (en). Encyclopædia Iranica (1991). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  9. Ronald Eric Emmerick. „Iranian languages“ (en). https://www.britannica.com Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  10. Xorazmiylar in the Great Soviet Encyclopedia, 1969–1978 (Russian)
  11. Andrew Dalby[en], Dictionary of Languages: the definitive reference to more than 400 languages, Columbia University Press, 2004, pg 278.
  12. H. Humbach, "Choresmian, " in R. Schmitt, ed., Compendium Linguarum Iranicarum, Wiesbaden, 1989, pp
  13. Freyman A. A., Xorezmiyskiy yazik, [ch.] 1, M. – L., 1951
  14. 14,0 14,1 Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — M. : Большая российская энциклопедия, 2004—2017.
  15. Ibn Battuta i ego puteshestviya po Sredney Azii. M. Nauka. 1988, s.72-74
  16. Ibn Battuta i ego puteshestviya po Sredney Azii. M. Nauka. 1988, s.58-59
  17. ECKMANN, J. (2011). Harezm, Kıpçak ve Çağatay Türkçesi Üzerine Araştırmalar, Ed. by O. F. SERTKAYA, Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları.
  18. UZUNTAŞ, Hülya. „A text written in Khwarezmian Turkic of 14th century.“ Journal of Old Turkic Studies 2, no. 1 (2018): 84-93.
  19. D. N. MacKenzie. CHORASMIA iii. The Chorasmian Language (inglizcha). Encyclopædia Iranica (1991).
  20. Roland Bielmeier. YAGHNOBI (angl.). Encyclopaedia Iranica (2006)
  • Narody Rossii. Entsiklopediya. Glavnyy redaktor V. I. Tishkov. Moskva: 1994,
  • NARODY SREDNEY AZII I KAZAKHSTANA. T.1. Pod redaktsiyey S. P. Tolstova, T. A. Zhdanko, S. M. Abramzona, N. A. Kislyakova. M., 1962
  • Tolstov S. P. Po sledam drevnekhorezmiyskoy tsivilizatsii. M.-L., 1948
  • Rapoport YU. A., Kratkiy ocherk istorii Khorezma v drevnosti // Priaralʼye v drevnosti i srednevekovʼye. Moskva: Vostochnaya literatura, 1998