Xunays ibn Huzofa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xunays ibn Huzofa
Tavalludi
Xunays ibn Huzofa

Vafoti tax. 624 (hijriy 2)
Madina, Hijoz
Turmush oʻrtogʻi Hafsa bint Umar
Otasi Huzofa ibn Qays
Onasi Doida bint Hizyom

Xunays ibn Huzofa (arabcha: خنيس بن حذافة, hijriy 2, milodiy 624-yilda vafot etgan) – sahoba. Paygʻambar Muhammad bilan Madinaga hijrat qilganidan keyin oʻsha yerda vafot etgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xunays ibn Huzofa Makkadagi Quraysh qabilasining Sahm urugʻidan Huzofa ibn Qaysning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Doida bint Hizyom ham Sahm qabilasidan edi[1]. Xunaysning Abdulloh va Qays ismli ikki ukasi boʻlgan[2].

Xunays ibn Huzofa Abu Bakr Siddiqning[3] taʼsiri ostida „Rasululloh sollallohu alayhi vasallam al-Arqam uyiga kirgunga qadar“ erta Islomni qabul qilgan[4].

616-yilda Xunays ikki ukasi, yetti nafar amakivachchalari va yana toʻrt nafar urugʻ aʼzolari bilan Habashistonga hijratga joʻnaydi[5]. 619-yilda fuqarolar himoyasida yoki yashirin tarzda Makkaga qaytganlar orasida edi[6]. Oradan koʻp oʻtmay Hafsa binti Umarga uylanadi[7], oʻsha paytda Xunays oʻn toʻrt yoshga toʻlgan edi[8].

Xalifa Umar 622-yilda Madinaga hijrat qilganida, Xunays va Hafsa unga hamrohlik qiladilar[9]. Avvaliga ular Rifaʼa ibn Abdulmunzirnng huzurida turadilar[10]. Paygʻambar Muhammad har bir musulmonga islomda birodar tutinishni buyurganda, Rifaʼa ibn Abdulmunzir Xunaysni Muhammad ibn Maslamaning kuyovi Abu Abs ibn Jabr[11] bilan birodar qilib qoʻyadi[12].

Xunays ibn Huzofa 624-yilning martida Badr jangida ishtirok etgan Sahm urugʻining yagona aʼzosi edi[13].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xunayz ibn Huzofa 624-yilning avgust oyi oxirida vafot etgan va Baqi’ qabristoniga dafn etilgan. Muhammad uning dafn marosimida shaxsan ishtirok etgan[14].

Xunays ibn Huzofadan avlod qolmagan[15]. Uning bevasi Hafsa keyinchalik Muhammad paygʻambarga turmushga chiqqan[16].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 307. London: Ta-Ha Publishers.
  2. Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 147-148. Oxford: Oxford University Press.
  3. Ibn Ishaq/Guillaume p. 116.
  4. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
  5. Ibn Ishaq/Guillaume pp. 147-148.
  6. Ibn Ishaq/Guillaume p. 168.
  7. Ibn Ishaq/Guillaume p. 218.
  8. Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 56. London: Ta-Ha Publishers.
  9. Ibn Ishaq/Guillaume p. 218.
  10. Ibn Ishaq/Guillaume p. 218. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
  11. Ibn Saad/Bewley vol. 3 pp. 307, 353.
  12. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 352.
  13. Ibn Ishaq/Guillaume p. 329.
  14. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
  15. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.
  16. Ibn Hisham note 918.